“kriminаlistikа”
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
43
foydalanishning shart-sharoitlari. Hozirgi kunda jamiyatning demokratik taraqqiyot yo‘liga o‘tish evolyusiyasi jarayonida jamiyatning barcha sohalarini axborotlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki ijtimoiy sohalarni tegishli axborotlar bilan etarlicha ta’minlash sivilizatsiyani barqaror rivojlanishining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi 1 . Rivojlangan davlatlarning axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tajribalarini inobatga olgan holda aytish mumkinki, zamonaviy davlatchilik va iqtisodiy sohalarga kompyuter texnologiyalarini jadal suratlar bilan joriy etilishi, juda samarali va ijobiy natijalar bilan birga, “kompyuter jinoyatchiligi” kabi salbiy holatlarni ham keltirib chiqarmoqda 25 . Ilmiy-texnik taraqqiyot natijalaridan kriminalistik va sud-ekspertizalari sohasida foydlanish ikki tomonlama ahamiyatga ega. Bir tomondan, tergov va ekspert-kriminalistika xizmatlarining xodimlari ashyoviy dalillarni tadqiq etish borasida yangi ilmiy va texnik imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Ikkinchi tomondan, ilmiy-texnik rivojlanish natijalaridan jinoyatchilar ham “samarali” foydalanadilar. Natijada, ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi turdagi jinoyatlar, bu kabi jinoyatlarni sodir etish va ularni yashirish usullarini vujudga keladi. Hozirgi kunda kompyuter jinoyatchiligi kabi muammo ob’ektiv voqelikka aylangan hamda kompyuter texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar muammolari huquqiy tusdagi chora-tadbirlarning o‘zi bilangina bartaraf etilmaydi 26 . SHu
boisdan, ichki ishlar idoralari faoliyatiga kompyuter texnikasi va texnologiyalari sohasidagi, ya’ni kibernetika sohasidagi ilg‘or yutuqlarni jadallik bilan joriy etish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, an’anaviy (oq-qora va rangli) fotografik mahsulotlarning asosiy iste’molchisi sifatida tibbiyot (rentgenografiya), geodeziya (aerofotosuratga
25 А.А.Сафонов, С.М.Колотушкин, А.В.Кочубей. Компьютерные технологии в криминалистической фотографии: теоретические и прикладные вопросы. Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С.140. 26 Шапочкин В. И., Козлов М. О., Тарасов В. П. Компьютерные технологии в криминалистической фотографии: учеб.–метод, пособие. – Волгоград, 2006. 44
olish), mayishiy xizmat sohasi (hujjatlar uchun fotosuratga tushirish) sohalari saqlanib qolgan edi. SHuningdek, ushbu fotografiya mahsulotlariga ehtiyoj huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida mavjud edi. Ammo, oq-qora va rangli fotografiya hamda videoyozuvga bo‘lgan ehtiyoj saqlanib qolganligiga qaramasdan, ushbu muateriallarni ishlab chiqish butun dunyoda oxirg o‘n yillikda olti martaga kamaydi. Natijada, tergov harakatlari va ekspertizalar o‘tkazish jarayonini qayd etishda tayyorlanadigan fotojadvallarning hajmi ham kamayib ketdi. Ekspert-kriminalistika xizmatlarida mavjud bo‘lgan fotosuratlar tayyorlashga mo‘ljallangan asbob-uskuna va jihozlar ma’naviy va texnik jihatdan eskirib ketdi, ularni yangi turdagi texnikalar bilan almashtirish esa quyidagi sabablarga ko‘ra maqsadga muvofiq emas:
korxonalar O‘zbekiston hududidan tashqarida qolib ketdi va ushbu korxonalar o‘z mahsulotlari hajmini keskin kamaytirib yubordilar;
ishlab chiqarish sohalari faoliyatini kompyuterlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi texnik rivojlanish davriga o‘tdi 27 . Hozirgi kunda, kompyuter texnologiyalari asosida ma’lumotlarni qayd etishning yangi texnik
vositalarini tayyorlash imkoni yuzaga
keldi. Kompyuterlardan foydalanish ommaviylashib ketdi, informatika va kompyuter texnologiyalari asoslarini o‘qitish oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, hatto maktab ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylandi. Ichki ishlar idoralari ham ushbu jarayonda o‘z o‘rniga ega. Masalan, kompyuterlar tergov organlari uchun nafaqat matn tayyorlash uchun vosita emas, balki jinoyatlarni ochish va tergov qilishning barcha bosqichlarida samarali foydalanilmoqda.
27 А.А.Сафонов, С.М.Колотушкин, А.В.Кочубей. Компьютерные технологии в криминалистической фотографии: теоретические и прикладные вопросы. Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С.140.; . 45
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikaa erishgan dastlabki yillardan boshlab ichki ishlar idoralarining faoliyatida, personal kompyuterlar asosida «SONDA», «PAPILON», «ASIL» va boshqa turdagi avtomatlashtirilgan dasturiy tizimlar keng foydalanilmoqda. Ushbu tizimlarning zamonaviy imkoniyatlari zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish hisobiga juda yuqori va O‘zbekiston Respublikasi IIVning talablariga mos keladi. Kompyuter bazalaridan foydalanish amaliyotga tatbiq etilib, ushbu faoliyatda mavjud bo‘lgan muammolar ilmiy-amaliy adabiyotlarda o‘rganilib borilishiga qaramasdan, kerakli fototasvirlarni olish uchun ilmiy-texnik vositalar bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish va ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish hozircha tergov va ekspertlik amaliyoti uchun yangilik hisoblanadi. Bu kabi yangiliklar sirasiga tasviriy ma’lumotlarni noan’anaviy, ya’ni raqamli fotografiya yordamida hosil qilish imkonini beradigan raqamli foto, video kameralardan foydalanish hisoblanadi. SHahar va tuman IIB EKBlarining ish faoliyati uchun namunaviy kompyuter majmui quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim: 1. An’anaviy kriminalistik vazifalarni bajarish uchun zarur fotografik vositalar, «SB-2», «Ularus», «Ularus-2» kabi fotouskunalar, «MBS-10» va «MSK- 1» rusumli mikroskoplar. 2. Tadqiqot ob’ektlarni maxsus sharoitlarda qayd etish va iadqiq qilish uchun yordamchi vositalar (yorug‘lik vositalari, ultrabinafsha va infraqizil yoritgichlar). 3. “Pentium-Z” protsessorli, 633 MHz chastotali, tezkor xotirasi kamida 64 Mbayt bo‘lgan, vinchesteri kamida 2,5 Gbayt, operativ xotirasi kamida 2 Mbayt bo‘lgan hamda “Windows-98” operatsion tizimli kompyuter. Dasturiy ta’minoti: “Asus Live 3000” kiritish qurilmali boshqaruv dasturi, “Adobe Photoshop” grafik muharriri, raqamli fotokameradan tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun “PhotoEnhancer SE” dasturi, “Word” mant muharriri. 4. Ajratish qobiliyati 1 dyuymga 800 dan 2400 nuqtagacha bo‘lgan planshet (yassi ob’ektlar bilan ishlash maqsadida). 5. Ajratish qobiliyati 1 dyuymga 1200 nuqtadan ko‘p bo‘lgan lazerli
46
printerlar. 7. Tasvirni komyuter xotirasiga kiritish imkoni bo‘lgan raqamli foto- va videokameralar. Kriminalistik fotografiya va videoyozuvda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tashkiliy tavsiyalar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligida turli tergov harakatlarining bayonnomalari, ularning ilovalari va ekspert xulosalarining rasmiylashtirishdagi ko‘rgazmali ilovalarni, dalillarni qayd etishning tartibi belgilab berilgan. Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksining 91-moddasida: “Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qo‘llanishga ko‘maklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin..... Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan izohlovchi matn bo‘lishi lozim....” deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatidan ma’lumki, tergov harakatlarining bayonnomalar va ekspert xulosalarining ko‘rgazmali ilovalari – fotojadvallar ekspert-kriminalistika xizmatining muhri va ushbu fotojadvalni tayyorlagan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. An’anaviy fotografiyani “raqamli fotografiya” bilan almashishi yuqorida ta’kidlangan qulayliklar bilan birga, bir qator huquqiy muammolarni ham keltrib chiqaradi, bu asosan raqamli fotografik metodlar yordamida qayd etilgan ma’lumotlarni haqiqiyligiga tegishlidir. Raqamli fotografiya yordamida qayd etilgan tasvirlar kompyuter texniklaari yordamida tayyorlagani va kompyuter
47
texnologiyalarining imkoniyatlar chegaralanmaganligi bois, ushbu olingan tasvirlar qalbakilashtirilishi mumkn deb hisoblanadi. Masalan, ...... viloyati IIB EKB xodimlaridan ushbu masala bo‘ycha fikrlari so‘ralganida, raqamli fotografiya metodlari yordamida olingan tasvirlardan voz kechish bo‘yicha holatlarning 40 % da quyidagilar ma’lum bo‘ldi: – kompyuter texnikasiga ishonmaslik; – ushbu tasvirlarning haqiqiyligini aniqlashni qiyinligi. Ushbu muammoni bartaraf etish
maqsadida, tergov
harakatlari bayonnomalahiga yoki ekspert xulosasining ko‘rgazmali ilovasi sifatida raqamli fotografiya metodlari yordamida tayyorlangan fotojadvallardan foydalanish jarayonini huquqiy jihatlarini tahlil qilaylik. Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli normalarida ekspertiza o‘tkazish uchun asoslar va ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi tartibi belgilab qo‘yilgan (JPKning 172- va 173-moddalari). JPKning 172-moddasida “Ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi» deb ko‘rsatilgan. JPKning 173-moddasida esa “Basharti, ish bo‘yicha: 1) o‘limning sababini, etkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini; 2) jinsiy aloqada bo‘lganlikni, homiladorlik holatini va homilani sun’iy yo‘l bilan tushirish belgilarini; 3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda hujjatlar bo‘lmasa yoki hujjatlar shubha tug‘dirsa; 4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning g‘ayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda o‘z harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy
48
javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida ko‘rsatuvlar berish hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini; 5) jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va so‘roq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chog‘ida o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini; 6) tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyovandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini; 7) giyovandlik vositalari va ularning turlari mavjudligini; 8)
pul belgilari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa
hujjatlar qalbakilashtirilganligini; 9) portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur bo‘lganda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish shart. Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qo‘llash zarur bo‘lsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish shart” deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yilda qabul qilingan “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunida hamda ekspertiza xulosasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan narsalar belgilab berilgan: “Sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tekshirishlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha sud eksperti yoxud sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir sud eksperti imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. Xulosada: sud ekspertizasi o‘tkazilgan sana va joy; sud ekspertizasini o‘tkazish asosi; sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) to‘g‘risida ma’lumotlar; sud eksperti (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan 49
tashkilot haqida ma’lumotlar; sud ekspertining bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; sud ekspertining oldiga qo‘yilgan savollar; sud ekspertiga taqdim etilgan tekshirish ob’ektlari va ish materiallari; sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar; qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar sud ekspertlari komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va sud ekspertining tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar ko‘rsatilishi lozim. Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin”
28 .
Ekspertiza o‘tkazishni boshlashdan oldin ekspert, xulosa berishdan bosh tortish yoki bila turib yolgon xulosa berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238,240-moddalari bilan javobgarlikka tortilish haqida ogoxlantirilganligi haqida tilxat beradi va bu tilxat ekspert xulosasi bilan birgalikda ekspertiza tayinlagan shaxs (tergovchi, sud’ya)ga taqdim etiladi. Ushbu tilxatni berib va ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda, ekspert qonunga asoslangan holda, xolis xulosa berish maqsadida, har qanday ilmiy-texnik vositalar, metod va metodikalardan foydlanishga haqli. Ekspertning yuqorida ta’kidlangan tilxati, ekspert –ulosasining kirish yoki tadqiqot qismigagina emas, balki tadqiqot jarayonida olingan ko‘rgazmali ilova – xulosasining fotojadvaliga ham tegishlidir.
28 Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 1 июндаги «Суд экспертизаси тўғрисида»ги қонуни, 23-модда / Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2010. – 22–сон. – 173–м. 50
Ekspertiza tadqiqotlari natijalarini qalbakilashtirish bo‘yicha fikr yuritilganda, ko‘pincha aynan xulsaning ko‘rgazmali ilovasi – fotojadvallarni tayyorlash bo‘yicha masalalar inobatga olinadi. Ta’kidlash joizki, ekspert xulosasini qalbakilashtirish imkoniyatlari kengroq qaralishi lozim. Masalan, tadqiqot ob’ektlarining almashtirib qo‘yilishi, tadqiqotlarning to‘liq o‘tkazilmasligi kabi imkoniyatlar ham mavjud. Ammo, ekspert xulosasining haqiqiyligiga shubha tug‘ilganda, birinchi navbatda fotojadvallar inobatga olinadi. Aytish mumkinki, ba’zida ekspertiza tadqiqotlari jarayonida olingan tasvirlar tadqiqot ob’ektining ko‘z bilan idrok etiladigan ko‘rinishiga mos kelmasligi mumkin. Masalan, bu kabi tasvirlar ultrabinafsha, infraqizil yoki rentgen nurlarida fotosuratga olish metodlari yordamida olinishi mumkin.
Kompyuter vositalari yordamida tayyorlangan ko‘rgazmali ilovalardagi ma’lumotlarning ishonchsizligini bartara etish uchun, ushbu kompyuter vositalarini qo‘llashning huquqiy asoslarini va tashkiliy tusdagi tavsiyalar ishlab chiqilishi lozim. CHunki surishtiruv, tergov va sud organlariga shunday materiallar taqdim etilishi lozim-ki, ular protsessual jihatdan rasmiylashtirilgan hamda ko‘rgazmali ilovalardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash imkoni bo‘lishi kerak. SHu boisdan, tergov harakatlarining texnik-kriminalistik ta’minotida kompyuter texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi va taklif etilmoqda: 1. Kriminalistik ma’lumotlarni qayd etishda raqamli vositalarni qo‘llash jinoyat-protsessua qonunchiligi normalari bilan mustaxkamlab qo‘yilishi lozim. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 91- moddasining birinchi bandiga quyidagi tahrirda qo‘shimchalar kiritilishi lozim: “Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda, stenografiya, Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling