“kriminаlistikа”


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254448
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari

 

 

 

 

Xulosa. 


60 

 

 



Olib  borilgan  tadqiqot  natijalariga  ko’ra  bugun  surishtiruv  va  tergov 

amaliyotida  amalda  qo’llanilayotgan  sud  fotografiyasining  suratga  olish  usullari 

taktik  qoidalariga  surishtiruvchi  yoki  tergovchi  tomonidan  lozim  darajada  amal 

qilinmayotganligi 

kuzatilmoqda. 

Tergov 


ishi 

sifatini 

oshirish 

hamda 


samaradorlikka  erishish  maqsadida  yuqorida  bildirilgan  fikr  va  mulohazalardan 

kelib chiqib, quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

 

Birinchidan,  sud  fotografiyasi  va  video  yozuvidan  tergov  va  ekspertiza 



amaliyotida  foydalanishda  tergovchilar  va  ekspert-kriminalistlar  tomonidan  yo‘l 

qo‘yiladigan  kamchiliklarni  oldini  olish  maqsadida  yosh,  yetarli  malakaga  ega 

bo’lmagan  kadrlarni  malakasini  oshirish  maqsadida  tegishli  organlar  malaka 

oshirish  kurslari  dasturlariga  sud  fotografiyasi  va  videoyozuvi  mavzusini  kiritish 

zarur.  

Ikkinchidan,  bugungi  kunda  information  texnologiyalarning  rivojlanib 

borishi suratga olishning metodlarini takomillashuviga sabab bo’lmoqda. Xususan, 

AQSH,  Angliya,  Rossiya,  Germaniya  va  boshqa  rivojlangan  davlatlar  tergov 

amaliyotida  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  natijalarini  qayd  qilishda  suratga 

olishning  golografik  metodlari  va  vositalaridan  foydalanib  kelinmoqda.  Uning 

afzalligi  hodisa  joyining  asl  holatini  va  tergovchi  uchun  noaniq  bo‘lgan  yoki 

tergovchi  e’tiboridan  chetda  qolgan  jinoyat  ishiga  taaluqli  ashyoviy  dalillarni 

obyektiv qayd qilinishini ta’minlaydi. 

 

Ma’lumki,  bugun  tergov  amaliyotida  jtinoyat  ishini  yuritish  bilan  bog‘liq 



masalalarda  bir  qator  muammolar  mavjud.  Masalan,  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atgan 

tergovchi  kasalligi  yoki  ishdan  bo‘shagani  yoki  rotatsiya  qilingani  munosabati 

bilan  jinoyat  ishi  yurituvini  boshqa  tergovchiga  o‘tkazilishi  tez-tez  kuzatiladi. 

Mazkur  holat  tergovni  olib  borishda  keyinchalik  jinoyatga  oid  ayrim  detallarni 

etishmasligi  yoki  ishni  o‘z  yurituviga  olgan  tergovchida  qo‘shimcha  savollarni 

yuzaga  kelishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qator  muammolarni  yuzaga  kelishiga  sabab 

bo‘ladi.  Yuqoridagi  muammolarni  oldini  olish  maqsadida  bugungi  tergov 

amaliyotida 3D skanerlaridan foydalanish informatsion texnologiyalardan samarali 

foydalanish tergov ishi sifatini oshirishga xizmat qiladi. 



61 

 

Uchinchidan,  sud  va  tergov  amaliyotida  golografiyadan  foydalanish 



tergovchining  ish  samaradorligini  oshiradi.  Kriminalistik  golografiya  tushunchasi 

milliy kriminalistik adabiyotlarda mavjud emas. Shu nuqtai nazardan kriminalistik 

golografiya tushunchasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.  

Kriminalistik  golografiya  –  bu  jinoyatlarni  ochish,  tergov  qilish  va  oldini 

olish  uchun  golografiyaning  qonuniyligini  o‘rganadigan  kriminalistik  fotografiya 

va  video  yozuvning  alohida  sohasidir.  Kriminaslistik  golografiya  jinoyat 

faoliyotiga  tegishli  bo‘lgan  jinoyat  izlarini  va  ashyolarni  obyektiv  tuzatish 

prinsiplari  orqali  iloji  boricha  to‘liqroq  amalga  oshiradi,  shuningdek  dastlabki  va 

sud tergovi jarayonida ularning aniqligi va tiniqligini idrok qilishga yordam beradi. 

To‘rtinchidan,  golografik  metodlardan  foydalanishning  eng  muhim  texnik 

vositasi  hisoblangan  3D  skanerlardan  foydalanishning  huquqiy  asoslarini 

shakllantirish. 

Ushbu  texnik  vositasini  amaliyotga  tadbiq  etishni  huquqiy  jihatdan 

mustahkamlash 

maqsadda 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  136-moddasining  2-qismiga  quyidagi  tahrirda  qo‘shimcha  kiritish 

muvofiq  deb  hisoblaymiz:  “Zarur  hollarda  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud 

ko‘zdan  kechirish  chog’ida  o‘lchov  o‘tkazadi,  fotosuratga,  kinotasvirga, 

videoyozuvga  tushiradi,  3D  skaneridan  foydalangan  holda  hodisa  joyini 




Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling