“kriminаlistikа”


Izlarni suratga tushirish


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254448
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari

Izlarni suratga tushirish. 

Qo‘l izlarini suratga olish odatda ikki bosqichda amalga oshiriladi: 

1) qo‘l izlari olingan predmet suratga olinadi. Bu qo‘l izlarining joylashuvini 

ko‘rsatish uchun zarur; 

2)  qo‘l  izlarining  o‘zi.  Barmoqlarning  yakka  izlari  yirik  masshtabli  suratga 

olish  metodida  uzunlashtiruvchi  halqalar  yordamida  suratga  olinadi.  qo‘l  izlarini 

suratga  olishdan  oldin  ularning  ustiga  shu  maqsadlarda  qo‘llaniladigan  biror  bir 

kukun  sepiladi.  Agar  qo‘l  izi  rangsizligi  tufayli  suratga  olinishi  qiyin  bo‘lsa,  izli 

predmet ekspert bo‘limiga jo‘natilishi kerak. 

Sud  fotografiyasi  ish  uchun  daliliy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  moddiy 

obyektlar  va  faktlarni  yozib  qayd  qilish  va  tekshirish  uchun  qo‘llaniladi. 

Fotografiya  usuli  o‘zining  ko‘rgazmali,  aniq  va  tezkorligi  bilan  qayd  etishning 

boshqa metodlaridan birmuncha farq qiladi. 

Tekshirish  uchun  suratga  olish  mutaxassis  tomonidan  laboratoriya 

sharoitlarida  maxsus  tegishli  uslublarga  qo‘llangan  qolda  amalga  oshiriladi.  Aniq 

fototexnika  vositalari  va  uslublarni  tanlab  olish  tekshiriladigan  obyektlar  va 

tekshirish vazifalariga bog’liq. 



29 

 

Turli kriminalistik ekspertizalarni o‘tkazish paytida quyidagi  vazifalarni  hal 



qilishga to‘g’ri kelishi mumkin: 

Kichik  hajmli  obyektning  oddiy  ko‘z  bilan  ko‘rib  bo‘lmaydigan  detallarini 

aniqlash; 

Oddiy  ko‘z  bilan  ilg’ab  bo‘lmaydigan  atrof-muhit  fonidan  salgina  farq 

qiluvchi detallarni aniqlash; 

Oddiy yorug’likda ko‘rib bo‘lmaydigan detallarni aniqlash. 

Bunday masalalar har xil usullarni qo‘llash bilan hal qilinadi. 

Mikro  va  makro  fotografiya  oddiy  usul  bilan  tekshirib  bo‘lmaydigan  o‘rta, 

mayda  izlar  va  boshqa  detallar  maxsus  qisqa  fokusli  obyektiv  yoki  fotokamera 

yoki  fotonasadka  bilan  birlashtirilgan  holda  mikroskop  orqali  aniqlanadi  va  qayd 

qilinadi. 

Videoyozuv  texnikasini  mast  holda  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarni  ushlab 

turishda,  ayniqsa,  yo‘l-transport  hodisalarida  qo‘lga  olinganlar  spirtli  ichimlik 

iste’mol  qilganligini  tekshirishga  rozilik  bermaganda,  ushlab  turilganda  yoki 

hibsga  olinganda  jinoyatchi  jinoyat  izlarini,  ashyoviy  dalillarni,  hujjatlarni  yo‘q 

qilish yoki zarar yetkazish xavfini tug’dirganda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu 

esa  tasvir  sudda  namoyish  etilganda  shaxsning  aybdorligini  tasdiqlovchi  boshqa 

dalillar  qatoridan  joy  olishi  mumkin.  Shuningdek,  videoyozuvni  fosh  qiluvchi 

dalillarni  qayd  etishda,  masalan,  ko‘p  miqdordagi  qurilish  manbalarini  yo‘qotish, 

olib qo‘yish bilan bog’liq tintuv o‘tkazishda qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir. 

Videoyozuvni  shaxsni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  paytida  ham  qo‘llash 

kerak.  Chunki,  ba’zan  shubhali  holatlar  bo‘lishi  mumkin,  videomagnitofon  esa 

tanib  olish  bo‘yicha  xususiyatlarni  sudda  ko‘rsatish  yo‘li  bilan  ularning 

ishonchliligini oshiradi. 

Videoyozuv  hujjat  va  predmetlarni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishda  ham 

foydalidir.  Videoyozuv  texnikasi  hayoti  xavf  ostida  turgan  jabrlanuvchidan 

tushuntirish olishda  yoki kichik  yoshdagi shaxslar so‘roq єilinganda  foyda beradi. 

Videoyozuvni  manfaatdor  shaxslarning  tazyiqi  natijasida  o‘zlarining  dastlabki 

haqiqiy  ko‘rsatuvlarini  o‘zgartirish  mumkin  bo‘lgan  guvohni  (jabrlanuvchini) 



30 

 

so‘roq  qilishda,  shuningdek,  so‘roq  qilishning  noqonuniy  usullari  qo‘llanganligi 



haqidagi  ariza  berish  mumkin  bo‘lganda  va  o‘z  ko‘rsatuvlarini  o‘zgartiradigan 

ayblanuvchini so‘roq qilishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 

Videoyozuv  tergov  eksperimentlari  o‘tkazilganda,  ish  bo‘yicha  haqiqatni 

tiklash va dalillarni mustaѕkamlashda ham beqiyos yordam beradi.  

Ba’zi  hollarda  prokuror,  sud,  advokat  va  tergov  harakatining  boshqa 

ishtirokchilari  videofonogrammani  ko‘rib,  tergov  eksperimentining  muhim 

protsessual  sharoitlariga  rioya  qilingan  yoki  qilinmaganligi,  bayonnomada 

o‘tkazilgan  tajriba  va  uning  natijalari  o‘rtasida  qarama-qarshi  fikrlar  bor  yoki 

yo‘qligi haqida muhokama qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.  

Video yozuv o‘zgaruvchan hollardagi ma’lum obyekt va hodisalarni ko‘rish 

zarurati  tug’ilganda,  ma’lum  shaxsning  hodisalarni  ko‘rishi  zarurati  tug’ilganda, 

ma’lum  shaxsning  aniq  vaqt  oralig’ida  kasbga  xos  bilimlarni  qo‘llash  bilan  biror 

usulda  ma’lum  harakatni  sodir  etish  imkoniyatini  tekshirish  kabi  tergov 

eksperimentlarini o‘tkazishda ko‘proq foydalidir. 

Dalillarni  videoyozuv  texnikasi  yordamida  qayd  etishning  yangi  usuli 

protsessual  me’yorlarga  zid  kelmaydi  va  jinoyat  ishini  tekshirishning  samarasini 

hamda dastlabki tergov materiallarining dalil manbalari bahosini oshiradi. 

Suratga  olish  usullari  –  bu  suratga  olish  joyini,  suratga  olish  masofasini, 

suratga  olish  mazmunini  to’gri  aniqlashnining  qoidalari  va  tavsiyalarning 

majmuasi hisoblanadi. 

Suratga  olishning  usullari,  qoidalari  va  tavsiyalari  suratga  olinishi  kerak 

bo’lgan har bir obyektga alohida yondashishni talab etadi. 

Kriminalistik fotografiyaning vazafilari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

  tadqiqot obyektining umumiy ko’rinishini suratga muhrlash; 

  ekspertizaning  ko’zga  ko’rinmas  va  kam  ko’rinadigan  obyektlarini 

ajratish; 

  identifikatsiya  ekspertizasini  amalga  oshirish  uchun  taqqoslanadigan 

tadqiqot obyektlarini tayyorlash; 

  ekspert xulosasida aks ettirish uchun suratlarni ayirish.   



31 

 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling