Hujjatlarni suratga olish. Daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlardan
nusxa olish uchun amalga oshiriladi. Bunda hujjat butunlay yo qisman olinishi
mumkin (undagi muhr, shtamp, imzo, matnning qismi). Izlarni va ashyoviy
dalillarni suratga olish bo‘yicha daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni aks
ettirish uchun foydalaniladi. Bunga oyoq, qo‘l, transport vositalarining izlari,
buzish qurollari va ularning izlari, jinoyat izlari va boshqa obyektlar kiradi.
Ashyoviy dalillarni suratga tushirishda ham ularning umumiy ko‘rinishi, ham
tergov jarayonida o‘rganilishi zarur bo‘lgan alohida tashqi belgilari tushiriladi.
Ashyoviy dalillar, turli izlar, jinoyat qurollari dastlab ular topilgan joyda suratga
olinadi. Markazli suratga olish nafaqat ashyoviy dalilni (pistolet, buzish qurollari
va hokazo), balki uning atrofidagi predmetlarni aks ettirishning imkonini beradi.
So‘ng u detalli suratga olish usulida suratga tushiriladi. Bunda masshtabli chizg’ich
qo‘llanilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |