“kriminаlistikа”


 Tergov harakatlarini o’tkazishda raqamli fotoapparat qo’llashning


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254448
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari

2.1. Tergov harakatlarini o’tkazishda raqamli fotoapparat qo’llashning 

protsessual taktik va texnik aspektlari. 

 

Raqamli  fotografiya  –    olingan  suratlarni  elektromagnitlar  bilan 



fotokimyoviy 

jarayonda 

almashtirib 

kriminalistik 

obyektlarni 

ekranga 


chiqarishning bir usuli.

18

 



 

Raqamli  fotografiya  jarayoni  raqamli  suratlarni  olish,  ularni  tahrir  qilish  va 

qattiq jismda aks ettirishni o’z ichiga oladi. Shu maqsadda maxsus texnik vositalar 

ishlab  chiqilgan.  Bu  raqamli  kiritish  qurilmalari,  chiqarish  va  tasvirni  saqlash 

qurilmalarini  o’z  ichiga  oladi.  Suratlarni  tahrir  qilish  grafik  muharrirlari  dasturiy 

ta’minoti yordamida amalga oshiriladi. 

 

Ma’lumki, 



kriminalistik 

fotografiya 

metodlari 

tekshiruvchi 

va 

mustahkamlovchi  turlarga  bo’linadi.  Birinchisi  maxsus  turdagi  vositalardan 



foydalanmagan  holda  ko’zga  ko’rinuvchi  obyektlarni  qayd  etish  uchun  xizmat 

qiladi.    Ikkinchisi  –  har  doimgi  sharoitlarda  ham  ko’zga  ko’rinmaydigan 

obyektlarni  rangli  va  yaqqol tasvirlash uchun  xizmat qiladi. Ekspert-kriminalistlar 

uchun har ikkalasi ham juda muhim hisoblanadi.  

 

Raqamli  foto-  yoki  videokameralardan  foydalanish  suratlarni  tahrir 



qilishning  yangi  imkoniyatlarini  ochib  beradi.  Bunda  fotografik  tadqiqotlar  qisqa 

vaqt  ichida  amalga  oshiriladi,  buning  yordamida  fotosuratlarga  ishlov  berish  va 

ularni  tanlash  tezligi  oshadi.  Shu  bilan  birga  an’anaviy  kriminalistikada  raqamli 

kameralarda  qo’llaniladigan  maxsus  qo’shimcha  vositalardan  foydalanish 

imkoniyati mavjud emas.  

Raqamli kamera (digital camera) raqamli qurilmalarga (digital input device) 

tegishli  va  yarim  sifatli  va  rangli  suratlarni  olish  uchun  qo’llaniladi.  An’anaviy 

fotografiyadan farqli ravishda raqamli fotografiyada rang qabul qiluvchi vazifasini 

chizg’ich yoki PZS matritsa o’taydi. 

PZS  matritsa  –  bu  o’zida  ko’plab  aniq  maqsadga  yo’naltirilgan  qabul 

qiluvchi 

retseptrlarni 

mujassamlashtirgan 

yorug’likni 

elektr 

to’lqinlarga 

                                                             

18

 Криминалистика: Учебник / под ред. Балашов Д.Н., Балашов Н.М., Маликов С.В.  — М.: ИНФРА-М,  



2005. С. 41; 


32 

 

almashtiruvchi  mikrosxema.  Keyinchalik  bu  to’lqinlar  kompyuterda  ishlov  berish 



va chop etish bilan suratga aylanadi. 

Raqamli  qurilmalarga  raqamli  fotoapparatlardan  tashqari  skanerlar  ham 

kiradi.    Tekis  obyektlarni,  masalar  hujjatlarni  olish  uchun  planshetli  skanerlardan 

foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Katta  hajmdagi  obyektlarni  chiqarish  uchun 

raqamli fotokameralar va mo’ljalli skanerlardan foydalanish ma’qul 

Raqamli  fotografiya  kriminalistik  ekspertizada  suratlarni  tasvirlash  uchun 

juda  qulay.  Raqamli  fotografiyada  qo’llaniladigan  qurilmalar  yordamida    yuqori 

kattalikdagi  raqamli tasvirni olish mumkin. Olingan ushbu tasvir grafik muharriri 

yordamida 

qayta 


ishlangandan 

keyin 


bevosita 

ekspertning 

xulosasida 

joylashtirilishi  yoki  alohida  fotojadval  shaklida  chop  qilinishi  mumkin.  Ikkinchi 

holatda  maxsus qog’oz tashuvchilar  va printer   yordamida   tasvirning sifati tabiiy 

holda o’sishi mumkin. 

Raqamli  texnologiya  sud  fotografiyasining  tergov  imkoniyatlarini  oshiradi. 

Kompyuter  texnikasidan  ishlov  berishda  foydalanish  ko’rinmaydigan  va  kam 

ko’rinadigan  izlarni  ochiq-oydin  ko’rinib  turadigan  izlarga  aylantiradi,  bundan 

tashqari  hujjatlarni  dastlabki  holiga  qaytarish  va  o’zgartirishning  asosiy  usuli 

hisoblanadi.  Ushbu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  grafik  muharriridan  katta 

hajmdagi filtrlardan foydalanish talab etiladi. 

 

Zamonaviy raqamli sud fotografiyasi o’z ichiga quyidagi majmualarni olishi 



kerak: 

 

1. Tasvirni olishga yordam beradigan qurilmalar: 



 

- raqamli fotoapparat; 

 

- skaner;  



 

- spektrli videokomparator; 

 

- raqamli kichik foto uskuna. 



 

2.  Suratlarni  tahrir  qilish  va  tashqi  muhitda  tasvirlash  imkonini  beradigan 

qurilmalar (kompakt diskda): 

 

-  shaxsiy  kompyuter  yoki  noutbook  (shuningdek  planshet  kompyuterdan 



ham foydalanish ham mumkin). 


33 

 

 



3. Kompyuterning dasturiy ta’minoti: 

 

- grafik muharriri; 



 

- dasturiy ta’minotning boshqaruvchisi; 

 

- matn muharriri. 



 

4.  Foto  tasvirlarni  qog’oz  tashuvchida  aks  ettirish  uchun  qurilma  –  printer 

(shuningdek har xil turdagi printerlardan foydalanish mumkin, suratlarni chiqarish 

uchun va ekspertning xulosasini chiqarish uchun alohida-alohida printerlar. 

 

Ekspertiza amaliyotini tahlil qilish ekspert-kriminalistlar tomonidan raqamli 



fotosuratlarni  kriminalistik  ekspertiza  jarayonida  ishlab  chiqishda  zamonaviy 

grafik muharrirlaridan foydalanishni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: 

 

1. Suratlarni tizimli tahrir qilish: 



 

- suratlarni chiziqli o’lchamlarini o’zgartirish;  

 

- ramkalash; 



 

-  gorizontal va vertikal jihatdan kerakli darajada o’zgartirish; 

 

- kollajlash; 



 

- suratni fondan ajratish. 

 

2. Tasvirni idrok qilish sifatini oshirish: 



 

- yetarli bo’lmagan va ko’payib ketgan yorug’lik va kontrasni tuzatish; 

 

- rangini tuzatish; 



 

- o’tkirligini ko’tarish; 

 

- grafik muharririda filtrli algoritmlardan foydalanish. 



 

3. Tasvir fayllarini boshqa grafik formatlariga aylantirish. 

 

Yaqin  kunlargacha  raqamli  fotografiyada  rasm  negativlarining  bo’lmasligi 



qalbaki  suratlarni  tayyorlash  mumkinligi  bahsli  mavzu  hisoblanar  edi.  Hozirgi 

paytda  raqamli  fotografiyada  “raqamli  negativlar”  ning  mavjudligi  raqamli 

tasvirlarni  RAW  formatida  namoyish  qilish  imkoniyatini  beradi.  Raqamli 

fotografiyada  RAW  formati  fotoapparatdan  tasvirlarni  qayta  ishlamay  turib  olish 

imkoniyatini  beradi.  Ushbu  format  raqamli  fototasvirlarni  o’zgarmasdan 

chiqarilishini  ta’minlaydi.  Ushbu  holat  RAW  formatidagi  fototasvirlarni  sud 

jarayonida  dalil  sifatida  baholash  uchun  taqdim  etish  imkonini  yaratadi.  Ushbu 



34 

 

turdagi  savollarni  hal  etish  uchun  JPG  formatida  maxsus  dasturlar  majmuasi 



yaratilgan  edi.  Bularga  masalan,  “Veripic”,  “Veridata”  larni  kiritish  mumkin. 

Ushbu  dasturlardan  ekspert  bo’limlarida  foydalanish  uchun  bir  necha  ming 

dollarlar sarflanar edi. Ammo bepul RAW formati ushbu vazifalarni bajarish uchun 

xizmat qiladi. 

 

Eksperimentlar  natijalari  raqamli  fototexnikadan  foydalanish  ekspert 



tadqiqotlarini  amalga  oshirishda    ultrabinafsha  nurlari  yordamida  ultrabinafsha 

qatlamida,  shuningdek  infraqizil  nurlardan  ham  foydalanish  imkoniyatini 

ta’minlaydi. 

 

Zamonaviy  texnika  va  dasturlash  vositalari  raqamli  fotografiyada  ekspert 



tadqiqotlarida  tekshiruvchi  va  mustahkamlovchi  metodlardan  birga  va  teng 

foydalanish  imkonini  beradi.  Aynan  quyidagi  metodlar:  raqamli  tekshiruvchi 

suratga olish, ayniqsa, raqamli reproduksion suratga olish, bundan tashqari raqamli 

masshtabli suratga olish, mikro- va makro suratga olish. 

 

Bundan 


tashqari 

ekspert-kriminalistlarga 

texnika 

vositalarining 

imkoniyatlarini  oshirish  uchun  qo’shimcha  kompyuter  dasturlari  ta’minotini 

tavsiya  etish  mumkin.  Bunday  dastur  sifatida  Breeze  Systems  kompaniyasi 

tomonidan  yaratilgan  “DSL  Remote  Pro”  dasturini  misob  qilishimiz  mumkin. 

Ushbu  dastur  yordamida  bir  necha  raqamli  fotoapparatlarning  xotirasidan 

o’chirilgan  fototasvirlarni  tiklash  mumkin.  Bu  esa  jinoyatlarni  ochish  jarayonida 

surishtiruv, tergov va sudda foydalanilishi mumkin bo’lgan daliliy ahamiyatga ega 

bo’lgan  fotosuratlarni  arzimagan  xato  yoki  ataylab  o’chirib  yuborilgan  taqdirda 

qayta tiklash imkonini yaratadi. 

 

Sud  fotografiyasi  va  video  yozuvining  takomillashtirish  bo’yicha  Rossiya 



Federatsiyasi qonunchiligini va amaliyotini o’rganish bir qator ijobiy natijalar olish 

imkoiyatini  yaratdi.  119  ta  ekspert-kriminalistlarni,  shuningdek  324  ta  ekspert 

xulosasini o’rganib chiqish natijasi Rossiya Federatsiyasining Ichki ishlar Vazirligi 

tizimidagi ekspert-kriminalistika bo’linmalarida “an’anaviy” fotografiya o’rniga va 

ekspert  kriminalistika  tadqiqotlarini  olib  borishda  raqamli  fotografiyadan 



35 

 

foydalanilayotganligi aniqlandi.



19

 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling