Kriptovalyutalar bozori reja


Download 132.9 Kb.
bet2/10
Sana09.06.2023
Hajmi132.9 Kb.
#1469958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu.Kriptovalyuta

Bitkoin kriptovalyutasi – bu ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tizimiga asoslangan, o‘zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlar) to‘lovlarni bevosita ishtirokchilar o‘rtasida amalga oshirilishini ta’minlovchi to‘lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, tangalarning haqiqiyligi murakkab matematik algoritmlar asosida tasdiqlanadigan tizim amal qilgan holda ishtirokchilarning har biri ushbu tangalarni emissiya qilishi ham mumkin.
Bitkoin kriptovalyutasi nima o‘zi va u qanday vujudga kelgan? U qaysi davlat yoki tashkilot tomonidan boshqariladi? Unda to‘lovlar qanday amalga oshiriladi? Nima uchun uning qiymati kun sayin ortib bormoqda? Uni qanday sotib olish mumkin, degan savollar bugun, deyarli butun dunyoning yirik sarmoyadorlaridan tortib oddiy aholisigacha qiziqtirayotgani hech kimga sir emas. Ushbu maqolada yuqoridagi barcha savollarga yetarlicha javob berishga harakat qilamiz.
FAKT: Agar Siz 2015 yilda 0.003 kurs bo‘yicha 100 dollarga bitkoin sotib olganingizda bugungi kunga kelib uning qiymati 153 mln. dollardan oshgan bo‘lar edi.
Barcha fikr pul va uning atrofida ekan, yuqoridagi savollarga javob berishdan oldin, avvalo pul va uning turlari haqida qisqacha ma’lumot berish o‘rinli, deb o‘ylaymiz. Pul – biror bir mamlakatning yoki kelishuv asosida bir nechta davlatning tovar va xizmatlar oldi-sotdisi uchun umumiy ekvivalent sifatida qabul qilinadigan valyuta bo‘lib u qog‘oz, metall yoki elektron ko‘rinishda bugungi kun iqtisodiyotida amal qiladi. Valyutaning eng muhim jihatlaridan biri unda emissiya qiluvchi (pul chiqaruvchi) biror bir muassasa (O‘zbekistonda bu Markaziy bank) belgilanadi va tegishli qonunga muvofiq to‘lovlarda belgilangan hududlarda o‘z qiymatida qabul qilinishi qat’iy belgilanadi. Bugungi kundagi pullar fiat pullar (nominal qiymati real qiymatidan katta farq qiladigan pullar) hisoblanib, ularni muomalaga chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlar odatda pul ustida ko‘rsatilgan qiymatdan ancha arzon bo‘ladi (Masalan, AQShda 100 dollarlik kupyurani chiqarish uchun 14 sentlik xarajat ketadi).
Yarim asr oldin pullarning qiymati oltin bilan ta’minlangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, ular mamlakatda yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy yig‘indisi bilan ta’minlanishi belgilangan. Biroq, naqdsiz pullar bilan amalga oshiriladigan har bir tranzaksiya (pul o‘tkazishlari amaliyoti) bevosita biror bir moliya muassasi orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda o‘ziga xos nazorat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xavfsizlik va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun moliyaviy vositachilar (banklar, birjalar va b.) komission haq olib qolishi belgilangan. To‘g‘ri, naqd pul bilan hech qanday haq to‘lamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq bu yirik bitimlarda va uzoqdagi hamkorlar bilan amalga oshiriladigan to‘lovlar uchun juda noqulay hisoblanadi. Ustiga ustak naqd pullarning qalbaki bo‘lib chiqish xavfi ham mavjud.
Yigirma birinchi asr axborot texnologiyalari asri bo‘lgani uchun kompyuter va internet texnologiyalari shiddat bilan rivojlanishi oqibatida to‘lovlarni mukammallashtirish va tobora osonlashtirish ustida bir qancha ishlar olib borildi. An’anaviy to‘lov instrumentlari bo‘lmish mamlakatlar valyutasi bilan bo‘ladigan internet tarmog‘i orqali mamlakatlararo to‘lovlarda bir qancha o‘ziga xos muammolar mavjud edi. Bular:

  • to‘lovni amalga oshirishda albatta banklar tomonidan belgilangan yuqori komission haqni to‘lash;

  • tomonlarning to‘liq rekvizitlari (manzili, hisobraqami, F.I.Sh. va b.) o‘zaro oldi-sotdi qilayotgan shaxslardan tashqari albatta uchinchi tomonga (bank) ma’lum bo‘lishi;

  • to‘lovlarni markazlashgan holda qaysidir tashkilotlar tomonidan boshqarilishi;

  • ayrim holatlarda to‘lovlarni amalga oshirilgach, bekor qilish ham mumkinligi tufayli sotuvchi ham ishonch hosil qilish uchun ko‘proq ma’lumotlar so‘rashi kerak bo‘ladi va boshqa holatlar.

Yuqorida keltirilgan barcha kamchiliklarni yecha oladigan bir tizim sifatida ilk kriptovalyutalar bitkoin vujudga keldi. U 2009 yil 3 yanvarda o‘zini Satoshi Nakamoto deb nomlagan bir yoki bir necha shaxslar tomonidan yaratilgan, biroq uning ishlash tizimi va o‘ziga xos jihatlari haqidagi dastlabki maqola Satoshi Nakamoto muallifligida «Bitkoin – elektron to‘lovlarga teng raqamli tizim» («Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System») sarlavhasi bilan 2008 yil 31 oktyabrda chop etilgan. Satoshi Nakamoto ismi ortida turgan kishi yoki bir guruh insonlarning kim ekanligini aniqlash uchun olib borilgan barcha harakatlar zoe ketgani bois, bugungi kunga kelib shu buyuk bitkoinning haqiqiy yaratuvchisi kim ekani noma’lum hisoblanadi.
Internet rivojlangani sayin odamlar “uzoqdan turib” pul to‘lashiga to‘g‘ri kela boshladi. Pulni qo‘ldan qo‘lga berishni esa umuman iloji yo‘q. Shuning uchun o‘rtakashlarga, ya’ni elektron to‘lov tizimlari, bank yoki kurerga murojaat etishi kerak. Har qanday o‘rtakash bajarayotgan operatsiyasi uchun ulush olib qoladi, chunki tekinga ishlashni hech kim hohlamaydi. O‘tkazilayotgan pul qancha ko‘p bo‘lsa, ulushdagi yo‘qotish ham shunchalik ko‘p. Axborot texnologiyalari rivojlangani sayin odamlar o‘ylanib qolishdi, qanday qilib xarajatlarni kamaytirish va foydali ish koeffitsientini 100%ga oshirgan xolda biznes yuritish mumkin?
Takliflar juda ko‘p edi, lekin hammasi rad etildi, axir oldi-berdidagi ulushlarni olib tashlaganda ham tovlamachilardan qanday himoyalanish – pulni aynan Siz o‘tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin?
Buning yechimi 2009-yil Satoshi Nikamoto matematik xisob-kitoblar natijasida ishlaydigan, yangi to‘lov tizimini ommaga taqdim etganda topildi. To‘lovni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligi bitkoinlar bo‘ldi. Ular maxsus hamyonlarda saqlanib, hamyonlarga pul tushirish va ishlatish mumkin.
Bir bitkoin – hamyon hisobidan pul ketgan yoki unga kelganini aniqlash uchun mutaxassislar barchaga ochiq xolda, bir hamyondan yoki boshqa adresdan qancha bitkoinlar ketgani va kelganini ko‘rsatishni taklif etishdi. Ya’ni, Siz kriptovalyuta tarmog‘iga ulanganingizda, barcha bitkoinlar oldi-sotdisini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, barcha hamyonlar anonimdirlar (egasi kim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun Sizni tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo‘lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.
Xisob-kitoblarni muntazam amalga oshirib borishi kerakligi tufayli, bitkoinga, ma’lumotlar bazasi ishlashi uchun kuchli kompyuterlar kerak. Bunday kuchni olish uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, kerakli quvvatni olish mumkin. Bu kompyuterlar foydalanuvchilar kompyuterlaridir. Ulardan biri Siz bo‘lishingiz ham mumkin, albatta o‘zingiz rozi bo‘lsangiz. Agarda foydalanuvchi, o‘z kompyuteri videokartasi quvvatini bitkoin tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o‘sha bitkoin valyutasining o‘zida mukofot berishadi.

Download 132.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling