Markaziy cho’zilishga va siqilishga ishlaydigan yog’och konstruksiya elementlarini hisoblash


Download 9.21 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi9.21 Kb.
#1628902
  1   2
Bog'liq
KICHIK KONSTRUKSIYALARI

KICHIK KONSTRUKSIYALARI


Chegaraviy xolat - bu shunday xolatki, bu xolàtda tashqi va ichki kuchlanishlar ta’siri natijasida bo‘lgan konstruksiyalardan foydalanish umuman mumkin emas.
Yog‘och va plastmassa konstruksiyalari ikki chegaraviy xolat bo‘yicha xisoblanadi: yuk ko‘tarish qobilyati bo‘yicha va deformatsiyalanishi bo‘yicha.
Birinchi chegaraviy xolat - eng xavfli xisoblanadi. Birinchi chegaraviy xolatda konstruksiya buzilishi, yoki ustivorligini yo‘qotishi natijasida yuk ko‘tarish kobilyatini yo‘qotadi. Maksimal normal va urinma kuchlanishlar qiymatlari, xisobiy minimal materiallarni xisobiy qarshilik ko‘rsatish qiymatidan ortib ketsa bu xolat ro‘y bermaydi.
Bu shart quyidagi formula ko‘rinishlarda ifodalanadi:
yoki,
bu yerda:  -normal kuchlanish;  - urinma kuchlanish; R - xisobiy qarshilik.
Ikkinchi chegaraviy xolat nisbatan xavfsizroqdir. Bu xolatda konstruksiya normal xolatda foydalanishga yaroqsiz xisoblanadi. Agar maksimal nisbiy egilish ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan ortib ketmasa, bu xolat ro‘y bermaydi. Bu shart formula yordamida quyidagicha ifodalanadi:bu yerda:  -normal kuchlanish
Yog‘och konstruksiyalarini birinchi chegaraviy xolat bo‘yicha xisoblashda xisobiy yuklama, ikkinchi chegaraviy xolat bo‘yicha xisoblashda meyoriy yuklamadan foydalaniladi. Professor texnika fanlari doqtori A. S. Streletskiy ixtiyoriy muxandislik xisobining asosiy tizimini ishlab chiqdi. Bunda sinmaslik va buzilmaslik sharti bajarilishi kerak. Shu tizimga asosan chegaraviy yuklama, konstruksiyani eng kichik yuk ko‘tarish qobiliyatidan kichik bo‘lishi kerak. Ikkinchi chegaraviy xolat bo‘yicha xisoblashda, yog‘ochning elastiklik moduli, tolalari bo‘ylab Еқ10000 МПа, толаларига кўндаланг бўйича эса Е90 қ400 МПа ga tengdir. Siljish moduli, tolalari bo‘ylab va tolalariga ko‘ndalanggi uchun 500МПа ga tengdir.
1. Konstruksiyaga ta’sir qiladigan yuklamalar quyidagilardir:
2. Doimiy yuklamalar - konstruksiya barcha elementlarining xususiy og‘irliklaridan xosil bo‘ladigan yuklamalar.
3. Vaqtinchalik yuklamalar - qor va shamol ta’sirlaridan xosil buladigan yuklamalar.
4. Maxsus yuklamalar - zilzila, portlash, inersiya kuchi va turli dinamik ta’sirlar natijasida xosil bo‘ladigan yuklamalardir.
Birinchi va ikkinchi chegaraviy xolatlar bo‘yicha xisoblashlarda meyoriy va xisobiy yuklamalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Bu xisoblashlar uchun zarur bo‘lgan yuklamalar doimiy, vaqtinchalik va maxsus yuklamalar asosida aniqlanadi.
Doimiy meyoriy yuklamalar elementlarning xajmiy og‘irligi va o‘lchamliklari orqali aniqlanadi.
Vaqtinchalik meyoriy qor va shamol yuklamalari qurilish joyi iqlimiy muxiti xolatiga qarab qurilish meyorlari va qoidalari(kMk) xaritalari yordamida aniqlanadi.

Download 9.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling