Kriptovalyutalar bozori reja
Unda ICO nima? U haqda ham tez-tez eshitish mumkin
Download 132.9 Kb.
|
5-mavzu.Kriptovalyuta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriptovalyutalar moliyaviy piramidani eslatayotgandek
Unda ICO nima? U haqda ham tez-tez eshitish mumkin
Attraksionlar parkini tasavvur qiling. Uning kirish qismida park emblemasi tushirilgan jetonni xarid qilasiz va turli ko‘ngilochar o‘yinlar va attraksionlar uchun u bilan to‘lov qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli loyihalar (masalan, ma’lumotlarni saqlashga ixtisoslashganlar) ham ana shunday jetonlar chiqaradi. Ular tanga yoki token deb ataladi. Xaridor ana shunday token xarid qilib, uni yordamida loyihaning biror xizmati, aytaylik, ma’lumotlar bazasidagi o‘z saqlash joyi hajmini oshirish uchun to‘lovni amalga oshiradi. Agar bunday loyiha ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi. Blokcheyn-loyihalar tokenlar chiqarganda, ularni odamlar xarid qila olishi uchun bozorga joylashtiradi. Kriptovalyutalar moliyaviy piramidani eslatayotgandek. Shunday tuyulishi mumkin. Moliyaviy piramidalarning bosh maqsadi – uning yaratuvchisini yangi ishtirokchilar kiritgan mablag‘lar hisobidan boyitishdir. Bunday piramidalarning aktivlari tashqi bozorda hech kimga kerak emas, ular foydalanishda hech qanday afzalliklarda ega emas, hech qanday muammoni hal qilmaydi. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq holatda esa hammasi aksincha — ular moliyaviy bozorning katta muammosini hal qiladi, ularning aylanmasi qulay va ishtirokchilar uchun manfaatli bo‘lib, bu ularni xarid qilishga real talabni yuzaga keltiradi. Biroq ertaga bozor texnologik jihatdan yanada mukammal va qulay nimanidir ixtiro qilsa, yirik o‘yinchilar va investorlar bitkoinga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi mumkin. Bu esa kursning tushib ketishi va kapitalning boshqa qulayroq vositaga o‘tib ketishiga olib kelishi mumkin. 2016 yil boshidan 2017 yil boshiga qadar, kriptovalyuta bozorining umumiy kapitalizatsiyasi 10 mlrd. AQSh dollaridan 30 mlrd. AQSh dollarigacha o‘sdi. 2017 yil oxiriga kelib kapitallashuv 20 barobar ortib, 600 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Shubhasiz, 2017 yilni kriptovalyutalar uchun (kapitallashuv o‘sishi) rekord yil deb atash mumkin. 2017 yilning yanvar oyining boshidan 18 mlrd. xajmdan dekabrning oxiriga qadar 600 mlrd.ga o‘sishini sezirarli o‘sish sifati ko‘rish mumkin. 2018 yilning birinchi haftasi bundan-da katta tebranuvchanlikni ko‘rsatdi, ya’ni kapitalizatsiya darajasi 900 mlrd. AQSh dollaridan oshdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, salkam 1 trln. dollar. Shuni ta’kidlash lozimki, hamma narsa bir-biriga nisbatda bilinadi. Misol qilib, Jahon iqtisodiyotining umumiy kapitalizatsiyasi 2018 yil salkam 70 trln. deb olsak, bugungi kunda jahon iqtisodiyotida raqamli texnologiyalarning rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlarni, ya’ni fizik jihatdan mavjud bo‘lmagan nomonetar aktivlarni oshishiga olib kelmoqda. Masalan, 1975 yilda Amerikaning yirik korporatsiyalarining nomoddiy aktivlari 17%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 84%dan oshdi. Aniqroq tushuntiradigan bo‘lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘z o‘rinlarini almashtirishtirishdi. Ekspertlarning fikricha, 2018 yildan boshlab yirik banklarning qariyb 15% dan ortig‘i o‘zlarining ish faoliyatida Blockchain texnologiyasidan foydalanishni boshlab yuborishdi. Bunga sabab qilib, Blockchain texnologiyasining nisbatan endigina yaratilganiga qaramasdan, uning mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy o‘zgarishlarni qamrab olgani moliya bozorlari ishtirokchilari orasida ulkan qiziqish uyg‘otganini ko‘rsatish mumkin. Blockchain texnologiyasi moliya bozorining ko‘pgina tarmoqlarini raqobatbardoshligini va yuqori salohiyatini oshirish imkoniyatini namoyish etadi. Kelajakda moliya bozorida Blockchain texnologiyasini joriy qilishga eng jozibador tarmoq bo‘lib investitsion banking va moliyaviy tranzaksiyalarni boshqarish hisoblanadi. Blockchain texnologiyasini keng qo‘llash mumkin bo‘lgan tarmoqlarga banklarning chakana operatsiyalarini, sug‘urta, ko‘chmas mulkka investitsiyalar va faktoringni misol qilib keltirish mumkin. Shu bilan birga, Blockchain texnologiyasini moliya bozorlarini rivojlantirishdagi mavjud barcha muammolarning yechimi sifatida qarash noto‘g‘ridir. Hozirgi vaqtda Blockchain texnologiyasidan moliya bozorlarida foydalanishni tartibga solishning huquqiy asoslari oxirigacha to‘liq ishlab chiqilmagan va bu borada nihoyasiga yetmagan, o‘zini yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar turibdi. Bitkoin va boshqa kriptovalyutalar qiymati oshishining asosiy sababi bozorga yirik o‘yinchilarning kirib kelishidadir. Investitsiya jamg‘armalari, xalqaro korporatsiyalar, milliarderlar va hatto ba’zi davlatlar ham bir qator valyuta va texnologik blokcheynlarni qo‘llab-quvvatlashi va foydalanishni boshlashi haqida ma’lum qildi. Bu esa investorlar va kriptovalyuta sohiblarida ishonch uyg‘otadi. Bitkoin va uning tarixi haqida yuqorida tushuncha oldingiz, endi uni afzallik va kamchiliklari haqida gaplashamiz. Yana shuni aytib o‘tish joizki, hozirgi vaqtda bitkoin valyutasi kursi juda baland ekanligi tufayli, xisob-kitoblar bitkoinning kichik bir ulushida olib boriladi, oldi berdilarda ko‘pincha “satoshi” ishlatiladi, uning qiymati esa 0.00000001 Bitkoinga teng. Download 132.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling