Kriptovalyutalar bozori
Download 17.33 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-mavzu.Blokcheyn texnologiyalar
KRIPTOVALYUTALAR BOZORI Kriptografiya va kriptovalyutalar haqida tushuncha Soʻnggi yillarda kriptovalyutalar moliya bozorida shiddat bilan rivojlanayotgan asosiy tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda. Kriptovalyutalar – shunday toʻlov vositasiki, bunday toʻlov tizimining egasi ham, ichkaridan yoki tashqaridan biror boshqaruvchisi mavjud emas. Bunday tizimning asosiy xususiyati ham bevosta markazlashtirilmagan tartibda ekanligidadir. Kriptovalyutalarni bir tomondan oʻziga xos gʻoyaga asoslangan pullarning yangi koʻrinishi sifatida, ikkinchi tomondan esa nima bilan savdo qilishlariga ahamiyat bermay, faqatgina foyda olishni koʻzlovchi spekulyantlar uchun juda qiziqarli boʻlgan urfdagi, oʻzgaruvchan (volatil) moliyaviy aktivlardan biri sifatida aniq farqlab olishimiz lozim. Insonlarning dunyo haqidagi qarashlarini yuqori tezlikda kechuvchi jarayonlar qanchalik oʻzgartirmaydi deysiz-a? Koʻpincha insonlar, huddi baliq qarmoqqa bogʻlangan yaltiroq xoʻrakka talpinganidek, urfdagi hodisa ortidan kelajak uchun barcha narsalari bilan risk qilishga tayyor boʻlishadi. Ayniqsa, bunda ularning ham fikrlari koʻp boʻlsa. Kriptovalyutalar – raqamli yoki virtual valyuta hisoblanib, ularda xavfsizlik uchun kriptografiya (grekcha soʻz, maxfiy belgilar bilan yozilgan xat)dan foydalaniladi. Kirptografiya – bu ma’lumotni koʻzda tutilmagan foydalanuvchilardan himoyalash yoʻlida, axb orotni oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan gʻoya va usullar yigʻindisidir. Tarixiy jihatdan, kriptografiya maxfiy ma’lumotlar, asosan, maxfiy xizmat va razvedka idoralari tomonidan maxfiy ma’lumotlardan himoya qilish uchun ishlatilgan. Ushbu sohadagi olimlarning koʻpchiligi, har qanday hukumat yoki bank kabi boshqa vositachilar bilan bogʻlanmagan avtonom raqamli valyutaning oʻzi yashaydigan maxfiylik va erkinlik tufayli foydali va qulay deb hisoblaydilar. Bunday tizimda pulni boshqa joyga oʻtkazilishi, mahalliy va xalqaro miqyosdagi hududlar davlat tartib-qoidalarini chetlab oʻtgan holda osonlik va tezda amalga oshirilishi mumkin. AQSHda kriptografiya asoschisi Horst Fietsel tomonidan “Dighital Enscryption Standard” (DES) ning 1975-yil 17-martda Federal Reyestriga kiritilishi bilan qabul qilinadi. Ushbu tizim xavfsizlik xususiyati tufayli kriptovalyutalarini soxtalashtirish murakkab hisoblanadi. Kriptovalyutaning alohida xususiyatlaridan biri uning muomilaga kiritilish jarayonidir. Ya’ni, u hech qanday markaziy hokimiyat tomonidan berilmaydi va uni davlat aralashuvi yoki manipulyatsiyasidan holi hisoblanadi. Oʻz oʻrnida Kriptovalyutalarda ham kamchiliklar ham mavjud. Shuningdek, ularning moliya bozoridagi dastlabki rivojlanish bosqichlari, xavfxatarlari, imkoniyatlari va ularning kelajakdagi holati kriptovalyutalar bozorini alohida jihatini asoslaydi. Kriptografik pullarning kelajagini bashorat qilish oson emas, chunki rasmiy tuzilmalar sohasida ayniqsa juda koʻp ishlar qilinishi kerak. Shu bilan birga, banklar va boshqa moliya institutlari kelajakda moliyaviy bitimlar uchun alternativ sifatida kriptovalyutalarni koʻra olishi kerak. Soʻnggi yillarda jahon moliya bozorida katta oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Shuningdek, valyuta instrumentlari sifatida ishlatiladigan vositalarni, savdo operatsiyalarini iloji boricha osonlashtirsh va qulaylashtrirish, bozor ehtiyojlariga mos ravishda oʻzgarishlarini va rivojlanishni talab etmoqda. Tovar ayriboshlanishi uchun foydalaniladigan vositalar pul deb ataladi. Pul - bu oʻzaro kelishuv vositasi boʻlib, bozorning barcha ishtirokchilari buni amalga oshirishda ishtirok etadilar. Insoniyat va jamiyat, iqtisodiy munosabatlar, bozorlar tobora rivojlanib borishi sababli, murakkab tovar almashinuvi vositalariga ehtiyoj paydo boʻldi. S hu munosabat bilan, shifrlangan valyutalarning joriy etilishi xalqaro toʻlov tizimini bir necha yil avval tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada kengayishiga sabab boʻlmoqda. Blokcheyn texnologiyalar – kriptovalyutalarni asosini tashkil etuvchi texnologiyalar boʻlib, moliya bozorini taraqqiy etishini yangi bosqichga olib chiquvchi, raqamli innovatsion texnologiyalar boʻlgan, kriptografik tizim orqali himoyalangan va kiberxavfsizlikning yuqori darajasiga ega texnologiyalardir. Tranzaksiyalar bloklarda qayd etiladi, har bir blok oʻzidan oldingi blok bilan bogʻlanadi va natijada bloklar zanjiri hosil boʻladi. Hosil boʻlgan bloklar zanjiri esa “Blokcheyn” (Blokchain) deb ataladi. Blokcheyn texnologiyalarning xususiyati ularning markazlashmaganligi va taqsimlanganligidir (B, C, 1-rasm) va aynan shu xususiyati bilan an’anaviy markazlashgan (A, 1-rasm)toʻlov tizimlaridan farqlanadi. Blokcheyn texnologiyalarni yaratuvchi va ularni yangilab borish bilan shugʻullanuvchilar maynerlar deb ataladi. Maynerlar (Miners) buning uchun mukofotga ega boʻladilar. Hozirgi kunda Mayning (Mining) bilan shugʻullanuvchilar soni keskin ortmoqda. Mayning bu kriptovalyutani murakkab matematik formulalar orqali yaratish (qazib olish)dir. Buning natijasida ular mukofot (Bitkoyn)ga ega boʻladilar. Ma’lumotlarga koʻra, Moskvada oxirgi 2017 yilda videokartalar sotuvi 3 marta koʻpayib, bozordagi talab taklifdan ortib ketishi kuzatilgan. Moskva axborot texnologiyalar departamenti ma’lumotlariga koʻra 2017 yilning 1 kvartalida videokartalar oʻrtacha 9300 rublda baholangan, bu esa 2016 yil IV choragiga nisbatan 6%ga arzon boʻlsa, shu yilning I choragiga nisbatan esa 9%ga qimmatroqdir. “Yandeks Market” ma’lumotlariga koʻra Rossiyada videokartalar narxi 2017 yil yanvar oyida oʻrtacha 13997 rublni, may oyida esa 17 040 rublni tashkil etgan. “Marveldistributsiya” kompaniyasi departamenti direktori A. Kirichevskiy soʻzlariga koʻra, joriy davrda videokartalarga boʻlgan talab keskin koʻtarilib, bunday holat oxirgi 10 yilda kuzatilmaganligini hamda buning natijasida 200-600$ narxdagi yuqori unumdorlikka ega kartalar defitsiti yuzaga chiqayotganligini va ularni sotib olish navbati 3–4 oyga choʻzilayotganligini ta’kidlab oʻtdi. Bunday koʻrsatkichning boisi mayning bilan shugʻullanuvchilarning sonini keskin ortganligidir. Bunda ularga kuchli kompyuterlar kerak boʻladi. Mayning bilan shugʻullanuvchilarni yuzaga chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar haqida ogohlantirish befoyda, ular baribir buni inobatga olishmaydi. Xuddi XVII asrda shu kabi dalillarni inobatga olmasdan “tulip” lola oʻsimligi piyozlari bilan oldi-sotdi qilishga qattiq kirishgan gollandlar kabi. A. Markazlashgan B. Markazlashmagan S. Taqsimlangan16.1-rasm. Global toʻlov tizim sxemalari Kriptovalyutalar mustaqil tizim hisoblanib, ular mutlaq avtonom va hech kimning yordamiga muhtoj emas, ya’ni bir markazlashgan tizim orqali boshqarilmaydi va shu xususiyati bilan an’anaviy toʻlov tizimlaridan farq qiladi. 15.1- rasmda an’anaviy toʻlov texnologiyalari (A) va blokcheyn texnologiyalarning (B, S) global tizim sxemasi tasvirlangan. Markazlashgan toʻlov tizimida tizim Markaziy bank tomonidan tijorat banklari orqali boshqariladi. Unda Markaziy bankning asosiy roli toʻlovlarning haqqoniyligi va xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Markazlashmagan yoki taqsimlangan tizimda esa bunday markaziy boʻgʻinga ehtiyoj yoʻq. Chunki toʻlovlar boʻyicha ma’lumotlar tizimning barcha ishtirokchilarida mavjud boʻlib, ular oshkora hisoblanadi va tizim ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanadi. Download 17.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling