Kristal panjaraning tuzilishi
Download 59.54 Kb.
|
Kristal panjaraning tuzilishi Odatdagi sharoitda moddalar turlicha fizik xossalarga ega va ular har-xil agregat holatda: qattiq, suyuq yoki gaz koTinishda bo‘ladi. Qattiq moddalarni tashkil qiluvchi molekulalar gaz moddalaming tashkil qiluvchi molekulalardan farqli ravishda sochilib ketmaydi, suyuq moddani tashkil qiluvchi molekulalardan farqli ravishda esa siljib modda shaklini o'zgartirmaydi (fizika fanidan o'rgangan bilimlaringizni eslang);. Demak, qattiq modda fazoda ma’lum bir shaklni hosil qilib, o‘z hajmiga ega bo'ladi. Qattiq moddalaming tashqi ko‘rinishi va fizik xossalari moddani tashkil ctuvchi zarrachalar orasidagi kimyoviy bog'la- nishlar tabiatiga bog'liq bo‘ladi. Qat-liq moddalarda shu moddani hosil qiluvchi zarrachalar (ionlar, atomlar, molekulalar) muntazam ravishda joylashadi. Kristallarda shu kristallni hosil qiluvchi zar- rachalami muntazam ravishda joylashuvchi «kristallpanjara»lar deb ataladi. Kristall panjaralar qanday zanachalardan hosil bo'lganiga qarab har xil turlarga bo'linadi. Ionli kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida musbat va manfiy ionlar joylashgan va ular orasida ionli bog‘lanish mavjud bo‘lgan tuzilmalar ionli kristallpanjaralar deyiladi. Masalan, tipik metallaming tuzlari (NaCl, KNO3, CUSO4), ishqorlar (NaOH, KOH. Ca(OH)2) va ba’zi oksidlar. Atom kristall panjaralar. Kristall panjara tugunchalarida alohida atomlar joylashgan va ular orasida kovalent bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar atom kristallpanjaralar deb ataladi. Masalan, olmos, grafit, kremniy, germaniy, borkabi oddiy moddalar. Molekular kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida molekulalar joylashgan tuzilmalar molekulalar kristall panjaralar deyiladi. Masalan, molekular kristall panjara tugunlarida kovalent qutbsiz molekulalar joylashgan oddiy moddalar (qattiq holdagi H2, N2, 02, Cl2, P4, S8), kovalent qutbli bog'lanishli molekulalar (qattiq holdagi H20, HC1, C02, H2S). Metall kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida atomlar va musbat ionlar joylashgan va ular orasida metall bog‘lanish mayjud bo‘lgan tuzilmalar metall kristall panjaralar deyiladi. Masalan, barcha metallar (Na, Ba, Zn, Al, Cu, Au). Xossalari. Ionli kristall panjaralar hosil qiladigan moddalar, masalan, osh tuzi kristallari tugunlarida natriy (Na*) va xlor (CI») ionlari bo'ladi. Bu ikki qarama-qarshi ishorali zaryadlangan ionlar bir-biri bilan ionli bog'lanish tufayli tortishib turadi, Na+ bilan Na+, Cl~ bilan CI» ionlari esa bir-birini itaradi. Natijada Na+ ioni olti tomoni bilan Cl~ ionlari bilan; Cb> ionlari ham olti tomoni bilan Na* ioni bilan bog‘langan bo‘ladi (3.1-rasm). lonlami muntazam joylashuvi oqibatida osh tuzi kristallari kubsimon holatda bo‘ladi. Ionlar bir-biri bilan ionli bog‘lanish vositasi bilan kuchli darajada bog'langan bo'ladi. Oqibatda ionli birikmalar juda qattiq, qiyin suyuqlanuvchan va uchuvchan emas bo‘ladi. Atomli kristall panjaralami hosil qiladigan moddalar, masalan, olmos kristallari tugunlarida uglerod atomlari bo‘ladi. Uglerod atomlari qo‘shni to'rtta uglerod atomi bilan muntazam piramida shaklidagi (tetraedr) kristallami hosil qiladi. Bunda har bir atom qo‘shni atomlar bilan kovalent bog'lanish tufayli tortilib turadi. Molekulalar kristall panjaralarda esa kristallaming tugunlarida molekulalar turadi va bu molekulalar bir-biri bilan molekulalararo tortishuv kuchi bilan tortilib turadi. Molekulalar orasida vujudga keladigan o'zaro tortishuv kuchi ionli bog'lanish va atomlar orasidagi kovalent bog'lanishga nisbatan ancha kuchsiz bo'lganligi tufayli molekular kristall panjara hosil qiluvchi moddalar oson suyuqlanadigan va oson uchuvchan bo'ladi. Masalan, shakar oson suyuqlanadi, yod yoki kamfora oson uchuvchan. Odatdagi sharoitda suyuq yoki gaz holatida bo'Iadigan moddalar sovitilganda qattiq holatga o'tadi. Suv muz holatga, karbonat angidrid «quruq muz» holatiga o'tishini bilasiz. Download 59.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling