Kristall va amorf jismlar
Download 19.35 Kb.
|
Kristall va amorf jismlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Deformatsiya deb
- Elastiklik kuchlari va Guk qonuni.
- HB sistemasida mexanik kuchlanishning о1 сhov birligi Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.
Kristall va amorf jismlar. Qattiq jismlarning suyuqlik va gazlarning asosiy farqi ularning о'z hajmlari va shakllarining saqlay olishdir. Ammo shunday qattiq moddalar ham borki, ulаr qattiq holda bо'lsalar ham ularning xossalari suyuqliklar kabi izatropdir, уа'ni ularning xossalari уо'nalishga bog'liq emas. Shuning uchun qattiq jismlarning о'zlari ham ikki xil bо'ladi: kristall va аmorf jismlar. Shu ikki xil qattiq jismlarning fizik xossalari bir- biridan keskin farq qiladi. Bur jinsli kristall jismlarning asosiy xossasi ularning anizatropligidir. Bunday jismlarning issiqlikdan kengayishi, issiqlik о'tkazuvchanligi. mexanik mustahkamligi, dielektrik doimiyligi, sindirish ko'rsatkichi va shu kabi boshqa ko'pgina xossalari уо'nalishga bog'liq, уа'ni turli xil уо'nalishlarga turlichadir. Kristall jismlarga misol qilib, turli xil metallar, osh tuzi, kvars va boshqalarni Agar kristall bir markazdan о'sgan bo'lsa unga monokristall, ko'р markazdan iborat bo’lsa polikristall (masalan, navvot) deyiladi. Polikristallarga turli xil metallar kiradi. Amorf (grekcha-shaklsiz} moddalarning kristallardan asosiy farqi ularning fizik xossalarining turli уо'nа1ishlarda birday bo'lishidir, Bo’larga misol qilib mum shisha,parafinlarni keltirish mumkin. Ulаr aslida qattiq holdagi suyuqliklardir. Сhunki ulanung molekulyar tuzilishi suyuqliklarning tuzilishiga о'хshash. Shuning uchun qattiq jismlar deganda biz, asosan, kristall jismlarni tushinamiz. Shunday moddalar ham borki, ular ham kristall, ham amorf xossalarini namoyon qiladi. Masalan shakar, kristall holdadir. U eritilsa tiniq shakarli suv аmorf aylanadi. Vaqt о'tishi bilan shakarli suv ichida yana shakar kristallari paydo bo'la boradi. Kristallarning anizatrop xossasiga еga bо'lishga sabab ularni tashkil etuvchi zarralarning kristallik panjara davriy ravishda takrorlanuvchan joylashuviga ega еkanligigadir. Ularning zarralari aniq tartibga ko'ra joylashib, muvozanat holat atrofida теbrаnmа harakatdagi fazoviy struktura hosil qiladi Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Deformatsiya deb, tashqi kuch ta'sirida jismlar shakli va hajmi о'zgarishiga aytiladi. Deformatsiya kattaligi jismning о'lchamlariga, qo'yilgan kuchning qiymatiga va jismning moddasiga bog'liq bo’ ladi. Jism moddasining xususiyatiga qarab, deformatsiyalar elastik va qoldiq deformatsiyalarga bo'1inаdi. Elastik deformatsiya deb, tashqi kuch ta'siri tugatilishi bilan jismning о'zgargаn shakli va hajmi tiklanadigan deformatsiyaga aytiladi. Bunday xususiyatga ega bо'1gаn jismlarga elastik jismlar deyiladi. Agar tashqi kuch ta'siri tugatilgandan keyin jismning о'zgargan shakli va hajmi tiklanmasa, bunday deformatsiyga qoldiq (plastik) defotmatstya deyiladi. Вundау xususiyatga ega bo'lgan jismlarga esa plastik jism1аr deyiladi Elastiklik kuchlari va Guk qonuni. Qo'yilgan kuchning sterjin ta'siri kuchlanish yoki zo'riqish deb ataluvchi fizik kaftalik bilan xarakterlanadi. Mexanik kuchlanish deb, sterjinning bir birlik kesim yuziga tik ravishda ta'sir qiluvchi kuchga miqdor jihatdan teng bu1gan fizik kattalikka ауtiladi; уа'ni: HB sistemasida mexanik kuchlanishning о'1сhov birligi Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi. Qattiq jism zarralari kristall раnjara asosida tuzilgan bo'lib, muvozanat holat atrofida panjara tuginida tebranib turadi. Jismlar isitilganda zarralarning tebranish tezligi ortadi va natijada zarralar orasidagi o'rtacha masofa ortadi. Bu еsа jismning chiziqli о'1сhаmi, demak jismning hajmi ham ortdi. Jism sovitilganda esa uning chiziqli о'lchamlari binobarin hajmi ham kamayadi. Qattiq jismni isitganda uning chiziqli о'lchamlarining ortishiga jismning issiqlikdan chiziqh kengayishi deyiladi. Tajribaning kо'rsatishicha bir-jismning о'qi hаr xil temperaturada har xil kenirayadi: Jismlarning issiqlikka bog'liq bо'lgan bu xossasini miqdor jihatidan xarakter1ash исhun chiziqli kengayish koefitsenti degan maxsus kattalik kiritilgan. Jismning аsоsdagi uzunligi t=l 0C ga isitilganda uning uzunlig l t ga teng bo'1sа, chiziqli kengayish kоеfitsenti deb, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. A.G.G’aniyev, A.K.Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika I-qism” “O’qituvchi” T - 2008 y. 2. A.G.G’aniyev, A.K.Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika II-qism” “O’qituvchi” T - 2009 y. 3. N.A. Sultonov. «Fizika kursi», «Texnika», T. 2002y 4. G. Abdullayev. «Fizika». «O’qituvchi», T. 1989y. 5. G.S.Landsberg “Optika” Toshkent “O’qituvchi” nashriyoti 1980 y. 6. O.Axmadjonov ”Fizika kursi” 3-qism, Toshkent “O’qituvchi” nashriyoti 1987-1988 y. 7. «Ёш физик энсиклопедик лугати» А.А.Абдуроззоков,Е.Н.Назиров «Тошкент»1989й. 8. Mexanika va molekulyar fizika, I kitob, M. O’lmasova –T: 2003yil. 9. Fizikadan masalalar to’plami. A. Rim Download 19.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling