Kristallanish


Download 42.51 Kb.
bet3/3
Sana22.12.2022
Hajmi42.51 Kb.
#1043672
1   2   3
Bog'liq
Kristallanish jarayoni

Kristallarning ko‘payishi
Agar kristallarning paydo bo‘lishi va ko‘payishi bir-biriga bog‘liq bo‘lmasa, so‘nggisi tabiiy paydo bo‘lmaslik sharoitida kichik kristallarga ega qotishmani tarqatish yo‘li bilan o‘rganilishi mumkin. O‘sish tezligi o‘lchangan bo‘lishi mumkin. O‘sish tezligi va harorat o‘rtasidagi nisbat 9.1 rasmda ko‘rsatilgan. Shuningdek sovutishning optimal darajasi namoyon bo‘lib, haroratning maksimal o‘sishi qoidaga ko‘ra nukleatsiya maksimal haroratiga qaraganda yuqori bo‘ladi . Kristallarning teskari o‘sish shakli yana kinetik molekulalar bilan tushuntiriladi. Qotishmaning quyi nuqtasidagi haroratda molekulalar juda yuqori energiyaga kristal panjaraga qolish uchun ega bo‘ladi. Harorat pasayganda katta miqdordagi molekulalar saqlanadi va o‘sish tezligi oshadi.
Bir komponentli qotishlmalardagi kristallar ko‘payishi uchun kristal sirtidagi molekulalar panjarada to‘g‘ri holatda bo‘lishi va kinetik energiyaning yo‘qotilishi mos tarzda yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Energiyadagi bu o‘zgarishlar kristallanish issiqligi shaklida namoyon bo‘ladi va bu qotishma hajmida kuzatilishi kerak. Kristallarning o‘sish tezligi issiqlik o‘zgarish tezligi va sirtda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga ta’sir qiladi. Tizimlarni aralashtirish suyuqlik qatlamlari issiqlik qarshiligini kamaytirish hisobidan issiqlik uzatishni oshiradi.
Ko‘p komponentli qotishma va eritmalarda yon suyuqlik qatlamlari yo‘qladi va konsentratsiya gradienti belgilanadi. Molekulalarning diffuziyasi keyingi bo‘limda muhokama qilinadi.
Yuqorida keltirilganlar ayrim tayyorlangan eritmalar xususiyatini belgilaydi. CHang va boshqa erimaydigan moddaalar kristallanish markazi sifatida chiqib nukleatsiya tezligini oshiradi. Eriydigan aralashmalar kristallar paydo bo‘lishi va o‘sishi sur’atlarini oshirish va kamaytirishi mumkin. Aralashmalar shuningdek kristallanadigan metrial shakliga ta’sir qiladi.


XULOSA
Texnik va zargarlik maqsadlarida sunʼiy kristallar hosil qilish Kristallanish jarayoniga asoslangan, jumladan, sunʼiy kvars olish eng koʻp olinadigan kristallardan hisoblanadi. Sintetik kvars tabiiy kichik kristallardan, unchalik maydalanib ketmagan daryo qumlaridan olinadi. Qum xom ashyosi maxsus idishga solinadi va ustiga soda eritmasi quyiladi. Idish ogʻzi qopqoq bilan yopiladi. Uning ichki tomonidan tabiiy yoki sintetik kristallardan tayyorlangan yupqa qatlamlar osib qoʻyiladi. Idish ichida yuqori t-ralar va bosim ostida qumning toʻyingan eritmasi (kremnezem) hosil boʻladi. Ana shu eritmadan asta-sekin yangi-yangi kvars kristallari qatlamlari (SiO2) hosil boʻlaveradi. Bunday jarayon Oʻrta Osiyo xalqlari (ayniqsa, oʻzbeklar) orasida novvot tayyorlashda keng foydalanib kelivadi.
Hoz. kunda juda koʻp turdagi sunʼiy kristallar (korund, karborund, kriolit, fianit, slyudalar) olinadi. Yuqoridagi usul asosida eritmalardan zarur qismlarini ajratib olishda xdm foydalaniladi. Mas, silvinit (KClNaCl) aralashmasidan kaliy xlorid ajratib olinib, aralashma sovitilganda qoladi. Sanoatda kaliyli oʻgʻitlar olish ham shu jarayonda ishlab chiqariladi.
Suvning Kristallanish atmosfera hodisalari va tuprokllunoslikda muhim oʻrin egallaydi. Kristallanish tufayli minerallar hosil boʻladi. Kristallanishdan yarimoʻtkazgich, optik, pyezoelektr va b. materiallarni olishda, shuningdek, metallurgiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoatida (moddalarni tozalashda, tuz, qand, novvot, turli dorilar ishlab chiqarishda) foydalaniladi
Download 42.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling