7
1.Yillik xalqalari yaxshi ko’rinadigan va ozuqa yo’llari xalqa bo’ylab
joylashgan daraxtlarga eman (dub), shumtol (yasen), elma (ilm), bujun (vyaz)
kabilar kiradi.
Eman daraxtining po’stlog’i yuqori qismida oynavand va silliq, pastida
esa to’q kulrang, dag’al va qalin bo’lib, katta-katta yorilgan bo’ladi.
Yog’ochligi mag’izlik bo’lib, mag’iz rangi sarg’ish-jigarrang yoki to’qroq –
qo’ng’ir bo’ladi. Po’stloq osti qismi esa nisbatan yupqa och sariq rangda,
mag’izdan yaqqol ajralib turadi. Yog’ochining mustahkamligi va qattiqligi
yuqori, chirishga chidamli, egila oladigan, teksturasi chiroyli, duradgorlik va
mebelg’sozlikda, faner va parket ishlab chiqarishda, vagon, kema va
mashinasozlikda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: