Yelimlоvchi va lаk - bo’yoq mаtеriаllаri
Yelim deb, biriktiralayotgan materiallar bilan mustahkam bog’lanadigan
plyonka hosil qiluvchi polimer eritmalariga aytiladi.
Hozirgi paytda asosan sintetik yelimlar ishlatiladi. Ular tabiiy
(duradgorlik-suyak, albuminlik va boshqa) yelimlardan har tomonlama
ustunlikka ega va metall, shisha, sopol, plastmassa, beton, teri, yog’och, qog’oz,
gazlama va boshqa materiallarni o’zaro bir-biri bilan mustahkam qilib
yopishtira oladi.
Sintetik yelimlar ni poliizobutilen, polivinilxlorid, poliakrilatlar,
perxlorvinillik kabi termoplast polimerlar va fenolforildegidli, karbamidli,
epoksidli kabi termoreaktiv smolalardan qo’shimcha (erituvchi, to’ldiruvchi,
mayinlashtiruvchi, qotiruvchi va boshqa) qo’shib yoki qo’shmasdan olinadi.
Yelimlangan detallar va konstruktsiyalar tayyorlashda foydalanganda
ularning polimer mahsulotlar ekanini va vaqt o’tishi bilan “qarib” o’z
xususiyatlarini yo’qotishi mumkin ekanini unutmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |