314
Glossariy
Singoniya – o‘xshash burchakli demakdir. Simmetriya ko‘rinishlarining
o‘xshashligiga qarab ajratilgan guruhlari. Singoniyalar: triklin, monoklin, rombik,
trigonal, tetragonal, geksagonal, kubik.
Triklin – tri – uch va klin – qiyshiq degan so‘zlardan tashkil topgan, chunki
bu singoniya kristallarining elementar yacheykasi parallelopipedlarida
qirralar
orasidagi burchaklarining uchtasi ham to‘g‘ri emas. (90º ga teng emas.)
Monoklin – mono-bir. Elementar yacheykasi qirralari orasidagi burchakning
ikkitasi to‘g‘ri (90º li), uchinchisi esa 90º ga teng emas.
Kristall – (qadimiy grek tilida “muz” demakdir) Tabiiy yoki sun’iy yo‘l
bilan olingan kimyoviy birikma va kimyoviy
elementlarning hammasi
kristallangan.
Amorf – shaklsiz degan ma’noni bildiradi. Amorf
moddalar ichki qonuniy
tuzilishga ega bo‘lmaydi.
Simmetriya – qadimiy grek tilida ten – o‘xshash demakdir.
Kristallning
shaklini tekshirish – o‘rganishda, ularni bir-biridan farq qilishda ko‘zga
yaqqol
ko‘rinadigan belgilardan biri ulardagi simmetrik tuzilishdir.
Agar ikki shaklning
biri – ikkinchisiga o‘xshash va teng mos kelar ekan, ular o‘zaro simmetrik shakllar
bo‘ladi.
Monoedr – faqat birgina yondan iborat sodda shakl.
Diedr –
ikkita bir-biriga teng, o‘xshash, o‘zaro
kesishadigan yonlardan
iborat sodda shakl.
Pinakoid – ikkita
bir-biriga teng, o‘xshash, parallel yonlardan tashkil topgan
sodda shakl (pinaks – grekcha so‘z bo‘lib, taxta demakdir).
Do'stlaringiz bilan baham: