Kristаllооptikа elеmеntlаri Reja
Download 197.6 Kb.
|
kristallooptika elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reley qonunlari
- Yorug’lik sochilishining qo’llanilishi
- Nazorat savollari
Yorug’likning sochilishi
Muhitga yorug’lik tushganda yorug’likning qaytishi va sinishi bilan birga uning sochilishi ham sodir bo’ladi. Tiniq muhitlarda yorug’likning sochilishi kuzatilmaydi. Yorug’likning to’lqin nazariyasiga asosan bu holda ikkilamchi manbalardan tarqatilgan nurlarning o’zaro interferensiyalanishi natijasida to’lqin intensivligi so’nadi va bu intensivlikning so’nishi o’tuvchi nurlar yo’nalishidan tashqari barcha yo’nalishlarda vujudga keladi. Mandelshtam nazariyasiga ko’ra yangi to’lqin frontining ikkilamchi manbalardan tarqatilgan yorug’liklarning so’nishi uchun manbalarning kogerentligi yetarli bo’lmasdan ular intensivligining tenglik sharti ham bajarilishi lozim. Aks holda, yorug’likning sochilishi kuzatiladi. Yorug’likning sochilishi bir jinsli bo’lmagan muhitlarda ko’proq kuzatiladi. Reley qonunlari Yorug’likning sochilishida quyidagi Reley qonunlari o’rinli bo’ladi: 1. Sochilgan nurlarning intensivligi muhitga tushayotgan yorug’lik chastotasining to’rtinchi darajasiga to’g’ri proporsional bo’lib, to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga teskari proporsional bo’ladi. 2. Sochilgan nurlarning intensivligi muhitga tushayotgan maksimal yorug’lik intensivligining yarmiga to’gri proporsional bo’ladi. bu yerda: -sochilgan nurlar yo’nalishi bilan muhitda to’lqinlar tarqalish tezligining yo’nalishi orasidagi burchak. 3. Agar sochilgan nurlarning yo’nalishi o’tuvchi yorug’liklar yo’nalishi ga teng bo’lsa, sochilgan nurlar to’la qutblangan bo’ladi. Yorug’lik sochilishining qo’llanilishi Tabiatda molekulyar sochilish ham vujudga keladi. Bunday vaqtda molekulalarning tartibsiz harakati natijasida molekulyar zichlikning fluktuatsiyasi hosil bo’ladi, ya’ni muhitning ma’lum bir nuqtalarida zichlikning oshishi, ma’lum bir nuqatlarda esa kamayishi kuzatiladi. Buning natijasida sochilgan nurlarning rangi ko’kimtir rangda bo’ladi. Shu nazariyaga asoslangan holda atmosferadagi havo va dengiz suvlaridan sochilgan nurlar ko’kimtir rangda ekanligi tushuntiriladi. Nazorat savollari Nurlarning sochilishi bilan interferensiya orasida qanday bog’lanish mavjud? Reley qonunlarini izohlang. Tabiati turlicha bo’lgan atmosfera va dengiz suvlarining rangi havo rang ko’rinishida bo’lishida sabab nima? Download 197.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling