Ktq-40,9 “ipak yo’li mobile” mobil ilovasidan foydalangan holda onlayn mikroqarz taqdim etish to’G’risidagi ommaviy oferta
Download 50.74 Kb. Pdf ko'rish
|
227 microloan offer 36 uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
KTQ-40,9%
5.6. MBXK tizimida Onlayn mikroqarz bo’yicha qarzdorlikni grafik bo’yicha yoki muddatidan ilgari so’ndirish imkoniyati taqdim etiladi. Mijoz tomonidan MBXK tizimi interfeysida “Grafik bo’yicha so’ndirish” opsiyasi tanlanganda pul mablag’lari jamg’arma hisobvaraqqa kirim qilinadi va to’lov muddati kelishi bilan jamg’arma hisobvaraqda mavjud bo’lgan summa doirasida, to’lanishi lozim bo’lgan summada Onlayn mikroqarzni so’ndirishga yo’naltiriladi. Bunda grafik bo’yicha so’ndirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - asosiy qarzga hisoblangan foizlar; - asosiy qarz summasi. “Muddatidan ilgari so’ndirish” opsiyasi tanlanganda pul mablag’lari birinchi navbatda to’lov muddati yetib kelmagan amalda hisoblangan foizlarga, to’lovning qolgan qismi esa Onlayn mikroqarz bo’yicha asosiy qarzni so’ndirishga yo’naltiriladi. “Muddatidan ilgari so’ndirish” opsiyasi Mijozda Onlayn mikroqarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik bo’lmaganda mavjud bo’ladi. MBXK tizimi orqali Onlayn mikroqarz so’ndirilganda hisoblangan foizlar grafik bo’yicha to’lovlar muddati kelganda so’ndiriladi. 5.7. Mijoz Bank tomonidan Onlayn mikroqarz bo’yicha to’lovlar dastlabki arizani berishda Mijoz tomonidan ko’rsatilgan uning bank kartasidan, mobil hamyonidan va Bankda ochilgan istalgan hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda yechib olinishiga o’z roziligini bildiradi. 5.8. Onlayn mikroqarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlikni undirish Bank tomonidan asosiy qarz va foizlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik summasini mobil hamyondan, bank kartasidan va Bankda ochilgan istalgan hisobvaraqlardan nizosiz tartibda yechib olish yo’li bilan quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - muddati o’tgan asosiy qarzga hisoblangan foizlar; - muddati o’tgan foizlar; - muddati o’tgan asosiy qarz. VI. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI 6.1. Bank so’ndirilmagan Onlayn kredit bo’yicha mablag’larning qaytarilishini, barcha hisoblangan foiz to’lovlarini va boshqa qo’shimcha talablarni, shuningdek Mijoz tomonidan Bankka yetkazilgan barcha ziyon va zararlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega. 6.2. Neustoykaning to’lanishi taraflarni ularga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan va huquqbuzarlikni bartaraf etishdan ozod etmaydi. 6.3. Mazkur Ommaviy ofertada nazarda tutilmagan Mijoz va Bankning javobgarlik choralari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qo’llaniladi. 6.4. Sug’urta tashkiloti tomonidan Bankka Onlayn mikroqarz bo’yicha Mijozning qarzdorligi bo’yicha sug’urta tovoni to’langanda, sug’urta tashkilotiga Mijozga nisbatan amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq regress tartibda pul mablag’larini qoplashni talab qilish huquqi o’tadi. 6.5. Ushbu shartnomadan yoki u bilan bog'liq holda kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar Taraflar tomonidan o'zaro kelishuvlar yo'li bilan hal qilinadi. Nizolarni o'zaro kelishuvlar yo'li bilan hal qilish imkoni bo'lmagan taqdirda, barcha nizolar Bank yoki Filial joylashgan joydagi vakolatli sudda ko'rib chiqiladi. Download 50.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling