2.
|
2.1.Fanning mazmuni
Ushbu fan zamonaviy elektr energiya bilan ta`minlashda ishlatiladigan to`g`rilagich sxemalarni, o`zgartirgich va invertor sxemalarini yaratish, ularni yaratishda va ishlatilishi yuzaga keladigan muammolar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishda avtomatlashtirilgan elektromexanik tizimlarning ahamiyati masalalarni qamrab oladi. Kuch elektronikasi qurilmalarida kechadigan fizik jarayonlarni mohiyatini tushunishda talabalarga zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Kuch elektronikasi” o`quv fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 4-semestrda o`qitilishi maqsadga muvofiq. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina va mexanizmlar nazariyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; boshqarish sistemalarining elementlari va kurilmalari va x-k.) fanlaridan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi. Mazkur fan boshqa mutaxassislik fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o`z rivojida aniq yo`nalishdagi mutaxassislik fanlar uchun zamin bo`lib hizmat qiladi.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, yuqori kuchlanish elektronkiasida kechadigan fizik jarayonlarga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo`yicha talabalarni bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba:
zamonaviy elektr energiya bilan ta`minlashda ishlatiladigan yuqori kuchlanish elektronikasi qurilmalari to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi;
kuch elektronikasi qurilmalarining asosiy elementlari, qurilmalar, qonuniyatlar, ularda kechadigan fizik va elektr jarayonlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
talaba zamonaviy elektr energiya bilan ta`minlashda ishlatiladigan qurilmalarning fizik va elektr jarayonlarini tahlil qilishda mos usullarni qo`llash, yuzaga keladigan muammolar bo`yicha yechimlar qabul qilish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
|
|