Kuch transformatorlari
Download 18.54 Kb.
|
51-m
Kuch transformatorlari .Quvvati 2500 KVA gacha bo’lgan sex transformatorlari. Reja: 1.Kuch transformatorlari 2.Transformatorlarni tanlash. Kuch transformatorlari Kuch transformatori elektr tarmog'ining muhim elementlaridan hisoblanadi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladigan joydan uzoq masofalarda joylashgan iste’molchiga birlamchi kuchlanishni olti marotabadan kam bo’lmagan holda ko’paytirib uzatiladi. Iste’molchi oldida u yana pasaytirilib, iste’molga beriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun transformatorlar xizmat qiladi. Masalan, elektr stansiya shinalardagi 15,75 kV kuchlanish ketma-ket olti kuchlanishli transformatorlar yordamida quyidagi kuchlanishlarga aylantiriladi: 15,75-525 kV ga; 500-242 kV ga; 220-121 kV ga, 115-38,5 kV ga, 35-11 kV ga, 10-0,4 yoki 0,69 kVga. Energiyani ko’p sonli mayda iste’molchilarga taqsimlash transformatorlar sonini ko’paytirishga olib keladi. Har bir pog’onadagi transformatorlar quvvati oldingisining quvvatidan kattaroq qilib olinadi, Shunga ko’ra, barcha transformatorlar quvvati umumiy generator quvvatidan 8-10 marotaba katta bo’ladi, bu munosabat yaqin orada yana ko’payishi mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, elektr stansiyadan uzoqlashgan sari transformatorlar quvvati kamaya boradi va transformatorlar tayyorlash uchun ketadigan materiallar hajmi va energiya isrofi ortib boradi hamda har bir generatoming o’rnatilgan birlik quvvatiga 7-8 karra ko’p transformator quvvati talab etiladi. Yaqin orada bu son 9-10 karraga yetadi. Elektr stansiyaga ornatilgan transformatorlar soni unchalik ko’p bo’lmasligiga qaramay, ular energiya tizimi ishida katta ta’sirga ega. Download 18.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling