Kuch transformatorlariga qoyiladigan asosiy talablar. Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarilayotgan kuch transformatorlari ishonchlilik, tejamlilik, chidamlilik va boshqa muhim jihatlari bilan jahon bozorida yuksak raqobatbardosh bolishi zarur. Shu sababli mazkur transformatorlarga quyidagi asosiy talablar qoyiladi: a) ishlab chiqarishda va ishlatishda tejamli bolishi; b) ishlatishda ishonchliligi; c) isroflar standartda belgilangan meyordan oshmasligi; d) parallel ulash shartlarini qanoatlantirishi; e) meyordan ortiqcha qizib ketmasligi; f) kuchlanishni rostlashga imkon berishi; g) transformatorni ishlatish jarayonida ayrim sabablarga kora sodir boladigan qisqa muddatli ota kuchlanishlarga va kam muddatli qisqa tutashuvdagi ancha katta bolgan toklar tasiriga bardosh berishi zarur.
Transformatorning nominal kattaliklari. Transformatorlar standart talablariga mos holda texnik shartlar boyicha tayyorlanadi va elektr energiyani ozgartirish boyicha malum vazifalarni bajarish uchun belgilanadi. Bu sharoitlardagi transformatorning ishi nominal kattaliklar bilan xarakterlanadi va ular elektr jihozlari kataloglarida hamda transformatorga mahkamlangan pasport taxtachada quyidagilar korsatilgan boladi:
Transformatorning tola nominal quvvati VA yoki kVA da korsatiladi:
a) bir fazali ikki chulgamli uchun S1N U1NI1N ;
b) uch fazali ikki chulgamli uchun S1NU1NI1N= 3U1NfI1Nf.
Transformatorlarda FIK juda ham katta bolganligidan ikki chulgamli transformatorda birlamchi (S1N) va ikkilamchi (S2N) chulgam nominal quvatlari taxminan bir xil boladi, yani: S1N S2N.
Nominal kuchlanish deganda har bitta chulgamning liniya kuchlanishi tushuniladi. Ikkilamchi chulgamning nominal kuchlanishi uchun U2NU2(0) qabul qilinadi. Transformatorning nominal toklari deganda quvvati S1S2SN va kuchlanishlari (U1N va U2N) boyicha hisoblangan 1-2-chulgamlarning liniya qiymatlari tushuniladi. Bulardan tashqari: 1) nominal chastota, fN; 2) fazalar soni, m; 3) chulgamlarning ulanish sxemasi va guruhi; 4) qisqa tutashuv kuchlanishi, uq.t., (%); 5) transformatorning tipi; 6) standart nomeri; 7) sovitish usuli va boshqa ayrim malumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |