Кучайтиргичларда тескари боғланиш


Download 45.09 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi45.09 Kb.
#1828788
  1   2   3
Bog'liq
1 radio


15-Mavzu: Kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish
Режа:

  1. Teskari bog‘lanish turlari

  2. Ketma-ket va parallel teskari bog‘lanish sxemalari

  3. Teskari bog‘lanish zanjirining uzatish koeffitsenti

  4. Musbat va manfiy teskari bog‘lanish

  5. Teskari bog‘lanish sistemalarni lazerlarni yaratilishidagi ahamiyati. Teskari bog‘lanish sistemalarni lazerlarni yaratilishidagi o‘rni



Biz yuqorida ko‘rgan kuchaytirgichlarda kirish signali mustaqil kattalik deb qaraldi. Haqiqatda esa, kuchaytirgich chiqishidagi signalning bir qismi uning kirishiga qayta uzatiladi va kirish signalini o‘zgartiradi.
Kuchayib chiqqan signal energiyasining biror qismini uning kirishiga qayta uzatilish jarayoni kuchaytir­gichlarda teskari bog‘lanish deb ataladi. Energiya uzatishni ta’minlovchi zanjir esa, teskari bog‘lanish zanjiri deyiladi.
Teskari bog‘lanish zanjiri kuchaytirgich bilan birga teskari bog‘lanish halqasi deb ataladigan berk konturni tashkil etadi. Agar kuchaytirgichda teskari bog‘lanish zanjiri bitta bo‘lsa, bir halqali teskari bog‘lanish deb, agar ko‘p bo‘lsa, ko‘p halqali teskari bog‘ lanish deb ataladi.
Teskari bog‘lanish uch turga - ichki, tashki va zararli (parazit) teskari bog‘lanishga bo‘linadi. Ichki tes­kari bog‘lanish barcha kuchaytiruvchi elementlarda mavjud bo‘ladi va ularning fizik xossalari bilan ifodalanadi. Tashqi teskari bog‘lanish maxsus elektr zanjirlari yordamida kuchaytirgichning tarkibiga kiritiladi. Zararli teskari bog‘lanish kuchaytirgichning kirish va chiqish zanjirlari orasida mavjud bo‘ladigai zararli sig‘im, induktivlik va boshqa bog‘lanishlar hisobiga hosil bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, zararli teskari bog‘lanish ham ichki teskari bog‘lanish kabi barcha kuchaytirgichlarda mavjud bo‘lib, kuchaytirgichning xususiyatlarini kutilmagan holda o‘zgartib turadi. Kuchaytirgichni hisoblashda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha shunday za­rarli ta’sirlarni oldindan hisobga olish juda qiyin.
Teskari bog‘lanish jarayonining mohiyatini va xusu­siyatlarini aniqlash uchun tashqi teskari bog‘lanish bi­lan tanishaylik.
Teskari bog‘lanish zanjirining kuchaytirgich chiqish zanjiriga ulanish usuliga qarab teskari bog‘lanish tok yoki kuchlanish bo‘yicha bo‘ladi. Agar teskari bog‘lanish kuchlanishi kuchaytirgichning chiqish kuchlanishiga (nagruzkadagi kuchlanish tushuviga) mutanosib bo‘lsa, bunday teskari bog‘lanish kuchlanish bo‘yicha teskari bog‘lanish deb, agar u nagruzkadan o‘tuvchi tokka, ya’ni chiqish tokiga mutanosib bo‘lsa, tok bo‘yicha teskari bog‘lanish deb yuritiladi.
Agar teskari bog‘lanish kuchlanishi bir vaqtda ikki tashkil etuvchiga — chiqish kuchlanishi va nagruzkadagi tokka mutanosib bo‘lsa, bunday teskari bog‘lanish aralash yoki ko‘priksimon teskari bog‘lanish deb ataladi. Bundan tashqari, teskari bog‘lanish ketma-ket va pa­rallel bo‘lishi mumkin. Ketma-ket teskari bog‘lanishda teskari bog‘lanish zanjiri kuchaytirgichning kirish zanjiri bilan ketma-ket ulangan bo‘lsa, parallel teskari bog‘lanishda u parallel ulanadi. Shunga ko‘ra teskari bog‘lanishli kuchaytirgichning sxemasi to‘rt xil sodda turga ajratilishi mumkin:

  1. Kuchlanish bo‘yicha ketma-ket teskari bog‘lanishli kuchaytirgich.

  2. Tok bo‘yicha ketma-ket teskari bog‘lanishli kuchay­tirgich.

  3. Kuchlanish bo‘yicha parallel teskari bog‘lanishli kuchaytirgich.

  4. Ток бўйича параллель тескари боғланишли кучай­тиргич.

Ularning tarkibiy sxemalari 1-rasmda tasvirlab berilgan.


Download 45.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling