Кучайтиргичларда тескари боғланиш


- rasm. Teskari bog‘lanishli kuchaytirgichning blok- sxemasi


Download 45.09 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi45.09 Kb.
#1828788
1   2   3
Bog'liq
1 radio

1- rasm. Teskari bog‘lanishli kuchaytirgichning blok- sxemasi:
Teskari bog‘lanishning barcha turi kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlariga ta’sir etadi, ularni o‘zgartiradi. Ichki va zararli teskari bog‘lanishdan farqli, tashqi teskari bog‘lanish boshqarilish xususiyatiga ega. Shuning uchun u kuchaytirgichga turli maqsadlar, masalan, kuchaytirish stabilligini oshirish, buzilishlarni kamaytirish, o‘tkazish sohasini kengaytirish, kirish va chiqish qarshiligini o‘zgartirish va boshqalar uchun kiritiladi.
Teskari bog‘lanishli kuchaytirgichning asosiy ifodalarini aniqlaylik. Buning uchun kuchlanish bo‘yicha ketma-ket teskari bog‘lanish sxemasidan (1. a- rasm) foydalanamiz. Unda
-teskari bog‘lanishsiz kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti;
teskari bog‘lanish zanjirining uzatish koeffitsiyenti.
Qulaylik uchun kuchaytirgichni kirish qarshiligi cheksiz katta bo‘lgan chiziqli sistema deb hisoblaymiz. U holda sistemaning kirish toki nolga teng bo‘ladi. Signal manbai sof sinusoidal tebranishlar bersin, ya’ni kuchaytirgich kirishiga chastotasi va amplitudasi o‘zgarmas bo‘lgan kuchlanish qo‘yilgan. Ana shu shartlar o‘rinli bo‘lsa, kuchaytirgich va teskari bog‘lanish zanjirining chiqishidagi va kuchlanishlar ham sof garmonik qonun bo‘yicha o‘zgaruvchi kattaliklar bo‘ladi. Sxemada reaktiv elementlar mavjud bo‘lgani uchun bu kuch­lanishlar signal kuchlanish bilan faza farqiga ega.
Ta’rifga binoan ko‘rilayotgan sistemaning kuchay­tirish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:
(1)
Agar ekanini hisobga olsak va (1) ifodani va koeffitsiyentlar orqali ifodalasak, u quyidagi ko‘rinishga keladi:
(2)
Bunda teskari bog‘lanish chuqurligi, ko‘paytma esa, teskari bog‘lanish parametri deb ataladi. U teskari bog‘lanishning tabiati va son miqdorini ifodalovchi kattalikdir.
Demak, (2) ifodadan ko‘rinadiki teskari bog‘lanish zanjiri kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti marta o‘zgartirar ekan.
Umumiy holda va koeffitsiyentlar kompleks kattaliklar bo‘ladi:
va
Agar ularni (2) ifodaga qo‘ysak, sistemaning kuchaytirish koeffitsiyenti
(3)
ko‘rinishga keladi. Unda:
—signal spektri kuchaytirgichdan o‘tgandagi faza siljishi;
—signal spektri teskari bog‘lanish zanjiridan o‘tgandagi faza siljishi;
— natijaviy faza siljishi.
(3) ifodaning moduli
(4)
teskari bog‘lanishli kuchaytirgichning chastotaviy xarakteristakasining tenglamasi bo‘ladi. Uning kattaligi faza sil­jishi bilan baholanadi. Xususiy holda, agar kuchaytirgich­ning kirishiga teskari bog‘lanish zanjiri orkali uzatilayotgan UT kuchlanishning fazasi tashqi signalning UС kuchlanish fazasi bilan mos bo‘lsa, ya’ni bo‘lsa.
(5)
bo‘ladi va teskari bog‘lanish parametrning barcha qiymatlarida
Download 45.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling