Kuchaytirgich kaskadining asosiy parametrlarini hisoblash
Kuchaytirgich kaskadining asosiy parametrlarini hisoblash
Download 0.67 Mb.
|
21 Kuchaytirgich kaskadlarning kuchaytirish sinflari
Kuchaytirgich kaskadining asosiy parametrlarini hisoblashIshchi (dinamik) rejimda, ya’ni transistor-ning chiqish zanjiriga yuklash qarshiligi ulangan bo‘lsa, kirishga esa o‘zgaruvchan signal berilsa, tranzistorning tavsif va parametrlarini sxemaga bog‘lamasdan turib ko‘rib bo‘lmaydi. Umumiy holatda yuklash qarshiligi reaktiv, aralash yoki faqat aktiv (faol) bo‘lishi mumkin. Faqat faol yuklash holatini ko‘rib chiqamiz. Ishchi (dinamik) rejimda ishlayotgan tranzistorning tavsif va parametrlarini ishchi yoki dinamik deyiladi. Tranzistorning ishchi yoki dinamik parametrlari tranzistorni dinamik rejimida tok va kuchlanishlarni kichik o‘zgarishida bog‘laydi. Bunday parametrlari bo‘lib kirish va chiqish qarshiliklari hisoblanadi, ularning miqdorlari signal manbai va yuklanish bilan tranzistorning kelishtirish sharti aniqlaydi va tokni, kuchlanishni va quvvatni kuchaytirish koeffitsiyentlaridir. Bu parametrlarning har biri quyidagicha aniqlanadi: Kirish qarshiligi – bu Ryu=0 bo‘lganida o‘zgaruvchan kirish toki uchun tranzistorning kirish zanjirini qarshiligi: Chiqish qarshiligi – bu Ryu=0 bo‘lganida o‘zgaruvchan chiqish toki uchun tranzistorning chiqish zanjirini qarshiligi: Tok bo‘yicha kuchaytirish dinamik koeffitsiyenti . Quvvat bo‘yicha kuchaytirish dinamik koeffitsiyenti . Kichik sinusoidal signallar kuchaytirilganda ishchi parametrlarini tok va kuchlanish amplitudalari nisbati sifatida aniqlash mumkin. Ishchi sxemaga ulangan tranzistor uchun oqadigan toklar va berilgan kuchlanishlar o‘rtasidagi grafikli bog‘lama dinamikaviy tavsilotlari bilan aniqlanadi. Huddi statik rejimiga o‘xshab, tajriba o‘tkazib olish, yoki kirish va chiqish dinamikaviy tavsilotlarini qurish mumkin. Kuchlanish kuchaytirgichi. 3-rasm. Kuchlanish kuchaytirgichida transiztorning ishlatilishi: (a) oddiy sxema, (b) aralash sxema. Elektron sxemalarda signallar doimiy yoki o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Bunday qurilmalar, masalan mikrofon o’zgaruvchan kuchlanish hosil qiladi, hosil bo’lgan kuchalnish kuchaytirilish zarur. Ba’zi signal manbalari, masalan fototranzistor va ba’zi detektorlar tok manbalari bo’lishi mumkin, bundan tashqari kuchlanishga ham o’zgartiradi. Quvvat kuchaytirgichi Garmonik signallarning quyi chastotali quvvat kuchaytirgichlari istalgan tizimning zaruriy elementi bo’lib hisoblanadi. Bunday kuchaytirgichlarning asosiy parametrlaridan biri quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsientidir. Koeffitsient yuklama qarshiligiga va kirish qarshiligiga bog’liq, shuningdek ta’minot kuchlanishi o’zgarishiga ham bog’liq. Chastota ishchi diapasoni – kuchaytirish koeffitsienti o’zgatmas qoladigan kuchaytirish chastotalar yo’lagi(oralig’i). Transformatorsiz quvvat kuchaytirgichi 4-rasmda ko’rsatilgan. Bunday kuchaytirgichlar uchun yuklamadagi quvvat Pyu=10Vt, yuklama qarshiligi Ryu=8Om, chastota polosasi(yo’lagi, oralig’i) quyi chegarasi fq=250Gs dan yuqori chegarasi fyu=10 000 Gs gacha, garmonikalar koeffisienti Kg=10% |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling