Mavzu: Kuchaytirgich kaskadlarning kuchaytirish sinflari
Reja:
Kirish
Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari.
Koʻp kaskadli kuchaytirgichlar va ularning sinflari
Magnitli bir va ikki taktli kuchaytirgichlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Krish
Kuchaytirgich (texnikada) - kuchlanish, quvvat va boshqalarni uzatadigan yordamchi manba energiyasidan foydalanib kuchaytiradigan qurilma. Foydalaniladigan energiya turiga qarab elektr, magnit, gidravlik, pnevmatik va mexaniq K.lar boʻladi. Bu turdagi qurilmalarning oʻzgartgichlardan farqi, K.da chiqayotgan va kirayotgan signallar orasidagi aloqa uzluksiz va bir xil ishorali boʻladi. Elektromagnit toʻlqin energiyasini oshiradigan, elektr impulyelarini kuchaytiradigan, asosiy mexanizmning taʼsir ku-chini oshiradigan K.lar bor. K. avtomatika, telemexaniqa, hisoblash va oʻlchash texnikasi, radioelektronika va aloqadagi qurilmalarning, shuningdek, ish mashinalari (elektroenergetika, mashinasozlik, transportdagi) yuritmalarining asosiy elementlaridan biri (yana qarang Dielektrik kuchaytirgich, Ibikon, Impulslar texnikasi, Kvant generator, Kvant kuchaytirgich).
Doimiy tok kuchaytirgichlari(DTK) – vaqt bo’yicha juda sekin o’zgaradigan signallarni kuchaytirish uchun mo’ljallangan kuchaytirgichlardir. Shuning uchun doimiy tok kuchaytirgichlari 1-rasmda ko’rsatilgan ko’rinishdagi amplituda-chastota xarakteristikaga ega.
.
Bunday kuchaytirgichni yuklama, signal manbasi va kaskadlar orasidagi aloqa bevosita bo’lishi zarur, ya’ni kuchaytirgich kaskadlarining moslashtirish elementlari sifatida reaktiv elementlar(transformatorlar va kondensatorlar) qo’llanilmasligi mumkin, bu f=0 bo’lganda Ku=0 bo’lgan amplituda-chastota xarakteristikani ta’minlaydi. DTK ni ikki kaskadli kuchaytirgich misolida ko’ramiz.
Kuchaytirgich sxemasida qo’shni kaskadlar tranzistorlarining kollektor va bazalari bevosita ulangan. Kuchaytirgichning kirish zanjiriga kirish signali manbasi bilan kirish kompensatsiyalovchi kuchlanish Ekomp manbai ketma-ket ulangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |