Kuchga kirish sanasi


Download 68.42 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi68.42 Kb.
#1417770
Bog'liq
6ec65baf-5e24-4ae8-848d-f487997ce3f3


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.04.2022 yildagi PQ-215-son


Kuchga kirish sanasi
25.04.2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
BIRLAMCHI TIBBIY-SANITARIYA YORDAMINI AHOLIGA YAQINLASHTIRISH VA TIBBIY XIZMATLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda 2022-yil davomida mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev, A. Inoyatov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmoni bilan tasdiqlangan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish jadvaliga muvofiq 2022-yilda 136 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda 2023-yilda yana 140 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
3. Belgilansinki:
oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan takliflariga muvofiq mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda tashkil qilinadi;
hududlarda oilaviy shifokor punktlari tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi;
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytiriladi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun 2022-yil 1-iyundan boshlab qo‘shimcha ustama haqi belgilanadi;
2022-yil 1-maydan boshlab birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan olis masofada joylashgan mahallalarda mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi;
aholining profilaktik tibbiy ko‘riklari, skrining dasturlar va patronaj xizmati faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq va belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, boshqa tashkilotlarning ushbu jarayonga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. 2022-yil 1-iyuldan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi takomillashtirilsin. Bunda, yangilangan “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:
olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalardagi shifokorlarga bo‘lgan talabni mahallalar kesimida aniqlash, shifokorlarni jalb etish va ehtiyojga ko‘ra kelgusida ularga uy-joy ajratish choralarini ko‘rsin.
Vazirlar Mahkamasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangilangan olis va chekka hududlar ro‘yxatini tasdiqlasin.
5. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilsin.
Belgilansinki:
yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlarga o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beriladi;
yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga o‘ziga biriktirilgan aholiga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali beriladi;
yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish tajribasi dastlab 2022-yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish talablari va uning faoliyatini moliyalashtirish tartibini tasdiqlasin hamda amaliyotga joriy qilsin.
6. Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmat turlarini pullik asosda tashkil etishga ruxsat berilsin.
Belgilansinki, pullik xizmatlardan kelib tushgan mablag‘larning 75 foizgacha bo‘lgan qismi tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
7. 2022-yil 1-avgustdan boshlab oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholash bo‘yicha yangi reyting tizimi joriy qilinsin. Bunda:
hududda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, infarkt, insult, qandli diabet, onkologiya kabi kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatkichlar asosiy mezonlar bo‘ladi;
har olti oyda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan tibbiyot xodimlari rag‘batlantiriladi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan tibbiyot muassasasi mukofot va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi;
ushbu tizim 2022-yilda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 11 ta hamda Namangan viloyatining Uychi tumanidagi 12 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalarda, 2023-yildan boshlab bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda har bir hudud aholisining tibbiyot ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholash bo‘yicha yangi reyting tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin.
8. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida hisobot berish tartibi joriy qilinsin.
Belgilansinki:
tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlari mudirlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida;
viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari xalq deputatlari viloyat Kengashlarida hisobot beradi.
9. Sog‘liqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov) 2022-yil 1-oktabrga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi tibbiy jihozlarni xatlovdan o‘tkazsin. Bunda:
nosoz tibbiy jihozlarni aniqlab, ularni soz holatga keltirish yoki yangisiga almashtirish uchun zarur mablag‘larni hisob-kitob qilish;
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan tibbiy jihozlar hisobini va nazoratini yuritish bo‘yicha elektron dastur (platforma)ni 2022-yilda Sirdaryo viloyatida tajriba tariqasida joriy etish hamda tajriba natijalari bo‘yicha 2023-yildan boshqa hududlarga bosqichma-bosqich tatbiq etish choralarini ko‘rsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) xatlov natijasidan kelib chiqib, tibbiy jihozlarni (fizioterapevtik, laborator, tekshiruv va boshqalar) soz holatga keltirish yoki yangilash uchun zarur mablag‘larni ajratish bo‘yicha taklif kiritsin.
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev):
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar davlat tomonidan aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar va beriladigan dori vositalari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi mobil ilovani yaratsin va amaliyotga joriy qilsin;
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarining neyroxirurgiya bo‘limlari negizida yuridik maqomga ega bo‘lmagan hududlararo neyroxirurgik markazlarni tashkil etsin.
11. O‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) ikki oy muddatda “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning Davlat budjeti hisobidan ajratilishini ta’minlasin.
13. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (F. Sharipov) bilan birgalikda har yili 1 000 nafargacha imtiyozga ega bo‘lmagan, uzoq yillar davomida davlat tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan bemor tibbiyot xodimlariga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (F. Sharipov) ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tibbiyot xodimlarini davolashga yuborish tartibini tasdiqlasin.
14. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Sh. Inoyatov, sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari O.R. Fozilkarimov, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori F.R. Sharipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-aprel,
PQ-215-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-son qaroriga
1-ILOVA
Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r

Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish shakli


Bajarish muddati


Moliyalashtirish manbalari


Ijro uchun mas’ullar


I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish


1.


Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari pullik asosda tashkil etiladigan tibbiy xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash.

Bunda, pullik xizmatlardan tushayotgan mablag‘larning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ularning hisobini yuritish va foydalanish ustidan samarali nazorat tizimini yaratish. Zarur xollarda, pullar tushumini monitoring qilish maqsadida maxsus axborot tizimini yaratish.


Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i


2022-yil iyun


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),


Moliya vazirligi


(T. Ishmetov)


2.


Aholining profilaktik tibbiy ko‘riklari, skrining dasturlari va patronaj xizmatini o‘tkazishning yangilangan tartibini belgilash. Bunda:

18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning profilaktik ko‘riklari;


xavf guruhiga mansub aholining skrining ko‘riklari;


alohida e’t�borga molik aholi kontingentlarining uyda ko‘riklari va patronaji tartibi nazarda tutiladi.


Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i


2022-yil iyul


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)


3.


Zamonaviy talab va innovatsion yondashuvlarni inobatga olgan holda, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari binolarini qurish, kommunikatsiyalar bilan ta’minlash, xonalarning joylashuvi, jihozlanishi bo‘yicha maxsus talablar va namunaviy loyihalar ishlab chiqish.

Keyinchalik tibbiyot muassasalari uchun binolar qurish, rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirishda mazkur talablarga rioya qilinishini ta’minlash.


Normativ hujjat


2022-yil iyul


-


Qurilish vazirligi

(B. Zakirov),


Sog‘liqni saqlash vazirligi


(B. Musayev),


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


4.


Bemorlarni kunduzgi shifoxona va uy shifoxona sharoitida davolashning yangilangan mezonlari va tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i


2022-yil avgust


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)


5.


Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari faoliyatini belgilovchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va tizimlashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i


2022-yil sentyabr


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)


6.


Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini tibbiy jihozlar bilan ta’minlash me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i


2022-yil sentyabr


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Fozilkarimov),


Moliya vazirligi


(T. Ishmetov)


7.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tashkiliy tuzilmasi va nizomini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat


2022-yil sentyabr


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov),


Moliya vazirligi


(T. Ishmetov)


II. Tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish


8.


Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda 1 002 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish, infratuzilma yaratish (elektr, suv, oqava suv tizimi, atrofni obodonlashtirish va boshqalar), zarur jihozlar bilan ta’minlash orqali ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar


2022-yil davomida reja-grafik asosida


Mahalliy budjet mablag‘lari


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,


Sog‘liqni saqlash vazirligi


(A. Inoyatov)


9.


276 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tegishli binolarni ajratish, ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar


2022-2023-yillar davomida reja-grafik asosida


Mahalliy budjet mablag‘lari


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi


(A. Inoyatov)


10.

Olis va chekka hududlardagi davolash-profilaktika muassasalarida shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni mahallalar kesimida aniqlash, bo‘sh shifokor ish o‘rinlari ro‘yxatini shakllantirish va muntazam yangilab borish.

Vakant o‘rinlarga talabgorlar bilan shartnomalar tuzish va ish o‘rni bilan ta’minlash, uy-joy ajratish va ustamalar belgilash.


Amaliy chora-tadbirlar


2022-yil 1-iyuldan boshlab


Mahalliy budjet mablag‘lari


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


11.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida fizioterapiya xizmatini qayta tiklash maqsadida:

Amaliy chora-tadbirlar


Respublika va mahalliy budjet mablag‘lari


Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 15-son oilaviy poliklinikasining zamonaviy fizioterapevtik asbob-uskunalar bilan namunaviy tarzda jihozlash va taqdimot o‘tkazish natijalari bo‘yicha barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan o‘tkazish;


2022-yil aprel-may


Sog‘liqni saqlash vazirligi


(A. Inoyatov)


fizioterapevtik asbob-uskunalar bilan jihozlash jadvalini tuzish va tasdiqlash;


fizioterapevtik asbob-uskunalarni xarid qilish va joylarga tarqatish;


oilaviy shifokor punktlarining amaldagi shtat birliklari doirasida fizioterapiya hamshiralari shtatlarini ajratish.


2022–2023-yillar davomida reja-grafik asosida


Sog‘liqni saqlash vazirligi


(O. Fozilkarimov),


Moliya vazirligi


(J. Abruyev)


III. Kasalliklar profilaktikasi, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish


12.

10 million nafar xavf guruhiga mansub aholini yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillarini aniqlash bo‘yicha skrining dasturlari bilan qamrab olish.

Amaliy chora-tadbirlar


2022-yil davomida reja-grafik asosida


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov),


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


13.

Barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarining jihozlanish jadvalini va tibbiy xodimlar vazifalarini belgilash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i


2022-yil iyul


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov),


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Ushbu xonalarda ommaviy targ‘ibot va skrining tadbirlarini o‘tkazish bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha individual maslahat berish tizimini joriy etish.


Amaliy chora-tadbirlar


2022-yil dav�mida reja-grafik asosida


14.

“Tibbiyot brigadasi” tomonidan xonadonlarda salomatlik holatini o‘rganish va kasalliklarning xavf omillaridan kelib chiqib, tegishli maslahat va tavsiyalar berishni yo‘lga qo‘yish, brigadalarni targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar


2022-yil davomida reja-grafik asosida


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)


15.

Davolash-profilaktika muassasalarida qon bilan bevosita ishlaydigan kasb egalari ro‘yxati va gepatit “V”ga qarshi bepul emlash rejasini tuzish va rejani amalga oshirish.

Reja-jadval


Tasdiqlash — 2022-yil may


Bajarish — 2022-yil

davomida

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi


(B. Yusupaliyev)


16.

Barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari, 2 000 dan ziyod ambulator-poliklinika muassasalari mudirlari, 17 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari a’zolari uchun sog‘lom turmush tarzi asoslari va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil etish va o‘tkazish.

Reja-jadval


Tasdiqlash — 2022-yil may


O‘tkazish — 2022-yil davomida

-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)


17.

Sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlari uchun menejment, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, muassasalar faoliyatini tashkillashtirish va tahlil etish yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish masalalari bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish.

Reja-jadval


Tasdiqlash — 2022-yil may


O‘tkazish — 2022-yil davomida

-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)


IV. Amalga oshirilgan ishlardan aholining xabardorligini oshirish va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish


18.

Tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, mahalla fuqarolik yig‘inlarida hisobot berish tartibini ishlab chiqish.

Bunda:

tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari va oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlari mudirlarining mahalla fuqarolar yig‘inlarida;

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida;


viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlarining xalq deputatlari viloyat Kengashlarida hisobot berishi amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.


Qonun loyihasi


2022-yil iyun


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),


Adliya vazirligi


(R. Davletov),


manfaatdor vazirlik va idoralar


19.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi call-markaz tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar


2022-yil may


-


Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Ushbu markazda fuqarolar va tibbiyot xodimlaridan murojaatlarni qabul qilish, ularni hal etish bilan birgalikda, tizimli takliflardan sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda foydalanish yo‘lga qo‘yish.


2022-yil davomida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-son qaroriga


2-ILOVA
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda 2022-yil davomida mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish
JADVALI
T/r

Hudud nomi


2022-yilda tashkil etiladigan tibbiyot punktlari soni


Shu jumladan:


II chorak


III chorak


IV chorak


1.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi

57


40

12


5

2.


Andijon viloyati

10


7

2


1

3.


Buxoro viloyati

122

85

25


12

4.


Jizzax viloyati

61


42

13


6

5.


Qashqadaryo viloyati

95


65

20


10

6.


Navoiy viloyati

109

70

26


13

7.


Namangan viloyati

126

80

32


14

8.


Samarqand viloyati

97


70

17


10

9.


Sirdaryo viloyati

35


23

8


4

10.

Surxondaryo viloyati

160

110

35


15

11.

Toshkent viloyati

39


26

9


4

12.

Farg‘ona viloyati

70


48

15


7

13.

Xorazm viloyati

21


11

7


3

Jami

1 002

677



221


104
Download 68.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling