Kuchkinov muxammadning


Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Download 1 Mb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1504955
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 Interaktiv texnologiyalar asosida informatikani o\'qitish

2.2 Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ishlanmalar yaratish texnologiyasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2010 yil 17 aprel 3/1-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 28 apreldagi 164-sonli buyrug‘iga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot unversitetida 2010 yil 10-14 may kunlari “Oliy o‘quv yurtida ta’lim texnologiyasini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish” mavzusidagi o‘quv seminari tashkil etildi. Bu seminarda ta’lim jarayonini interaktiv texnologiyalar asosida tashkil etish, uning hozirgi kundagi dolzarbligi, ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, samarasi, afzalliklari haqida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasining masofali o‘qitish markazi ham o‘z faoliyati davomida ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilariga “Interaktiv texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalar va masofali o‘qitish”, “Yuksak manaviyatli barkamol shaxs” hamda “Barkamol avlodga yo‘naltirilgan tarbiya texnologiyasi” maxsus kurslari o‘tishmoqda.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida interaktiv texnologiyalardan foydalanib, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, kafolatli natijaga erishish, o‘quv mashg‘ulotlarida qaytar aloqaga tayanish, ta’lim sifati va mazmunini, samaradorligini oshirish davr talabidir.
Ta’lim sohasidagi ta’lim beruvchi har bir o‘quv mashg‘ulotini yaxlit holatda ko‘ra bilishi va uni tasavvur etish uchun o‘quv mashg‘ulot jarayonlari loyhalashtirilib olinishi kerak. O‘quv mashg‘ulotlarni interaktiv metodlardan foydalanib tashkil etish, interaktiv ko‘rgazmali ishlanmalardan foydalanish talaba-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, fikrlash qobiliyatlarini, hozirjavoblilik darajalarini o‘sishiga imkon yaratadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quv mashg‘ulotining rejalashtirilish ko‘zlangan maqsadga va kafolotli natijaga erishishga zamin yaratadi. Ta’lim berish jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyati bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo‘llaniladigan vositalar texnologik xaritada o‘z aksini topadi[27].
Informatika fanining ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida interaktiv metodlarni to‘g‘ri tanlash va undan to‘g‘ri foydalanish o‘tilayotgan mavzuning mazmun-mohiyatini to‘liq ochib berishga xizmat qiladi. Natijada ta’lim beruvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishadi, hamda kelgusidagi ishlarni rejalashtiradi, ya’ni o‘tilgan mashg‘ulotni tahlil qiladi va o‘zgarishlar kiritishni belgilab oladi. O‘quv jarayoni maqsad va vazifaga, mazmunga, amalga oshirish texnologiyasiga, kutiladigan natijalarga va kelgusidagi rejalarga bog‘liqdir. Ta’lim berish jarayonida metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha to‘la axborot beriladi. Shu sababli, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan: ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmalar o‘quvchi-talabalarning muammoli vaziyatlarni hal qilishga bo‘lgan fikrlash qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi[26].
Biz quyida Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmalar yordamida o‘quvchi-talabalarga dars berishning namunaviy ko‘rinishini keltirmoqdamiz. Informatika va axborot texnologiyalar fanida “Internet-global kompyuter tarmog‘i.” mavzusini talabalarga jonli va qiziqali, mulohazalarga boy qilib o‘tish hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Ushbu interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmada mavzuning bayoni, o‘yinlar, test savollari o‘z aksini topgan. Interaktiv ko‘rgazmali-didaktik ishlanma MS Power Point dasturida tayyorlangan. Ishlanma o‘zining yaxshi tartibda tuzilgani bilan talabani zerktirib qo‘ymaydi. Talabani mulohaza yuritishga majbur qiladi, mavzuni mukammal o‘rganishga imkon yaratadi hamda o‘qituvchi (ta’lim beruvchi)ning kafolatli natijaga erishishiga sababchi bo‘ladi.
II BOB. INTERAKTIV TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISH VA INTERAKTIV ISHLANMALAR YARATISH TEXNOLOGIYASI

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling