Kuchlanish stabilizatori nima va u qanday ishlaydi?


Integral mikrosxemali kuchlanish stablizatorlari


Download 0.69 Mb.
bet3/4
Sana25.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1230180
1   2   3   4
Bog'liq
Kuchlanish stablizatorlari

Integral mikrosxemali kuchlanish stablizatorlari
Hozirgi vaqtda operatsion kuchytirgichlar asosida tuzilgan kuchlanish stabizatorlari keng qo‘llanilmoqda. Kuchaytiruvchi element sifatida operatsion kuchaytigichdan foydalanilgan ketma-ket tipdagi kompensatsion kuchlanish stablizatorining sxemasi 5.17-rasmda tasvirlangan. Chiqish kuchlanisi

ifoda bilan aniqlanadi va Ryuk qarshiligi o‘zgarganda ham chiqish kuchlanishi doimiy qoladi. Teskari bog‘lanish zanjiridagi R2 qarshilikni o‘zgartirish bilan sxemaning chiqishidagi kuchlanishni o‘zgatirish mumkun. Parametrik kuchlanish stablizatori R1 rezistor va DV stablitrondan tashkil topgan bo‘lib, uning vositasida UT tayanch kuchlanishi hosil qilinadi. Hozirgi vaqtda integral mikrosxema shaklidagi kuchlanish stablizatorlari keng ishlab chiqilmoqda. Bunday mikrosxemalar yuklanish bo‘yicha katta toklardan va chiqishda yuz berishi mumkin bo‘lgan qisqa tutashuvlardan himoyalangan bo‘ladi. Tayanch kuchlanishi manbai sifatida maydonli tranzistor va stablitrondan iborat parametrik kuchlanish stablizatoridan foydalanish mumkin, bu vaqtda maydonli tranzistor ballast qarshilik vazifasini bajaradi.

5.17-rasm. Operatsion kuchaytigichdan foydalanilgan ketma-ket tipdagi kompensatsion kuchlanish stablizatorining sxemasi.
Integral mikrosxemali stablizatorlarda boshqaruv elementi sifatida ikki va undan ortiq alohida tranzistorlardan iborat tarkibiy tranzistorlarni qo‘llash mumkin, ularning soni stablizatorga qo‘yiladigan talablar asosida belgilanadi. Integral mikrosxemali stablizatorlarda kuchaytiruvchi element sifatida operatsion kuchytigichlardan yoki ba’zi hollarda differensial kuchaytirgichlardan foydalanish mumkin. Chiqishda musbat 6 V stabillashtirilgan kuchlanishni hosil qiluvchi gibridli 275 EH6A integral stablizatorning ulanish sxemasi 5.18-rasmda tasvirlangan. Sxemadagi Rcheg rezistor qisqa tutashuvdan himoya zanjiriga ulangan bo‘lib, chiqishni qisqa tutashuvdan himoyalsh vazifasini bajaradi.

5.18-rasm. gibridli 275 EH6A integral stablizatorning ulanish sxemasi.
Chegaralovchi qarshilikning qiymati yuklanishning Iyuk.ruxs ruxsat etilgan tokiga bog‘liq bo‘lib,

ifoda bilan aniqlanadi, bunda Ube =0,5…0,7 V. Stablizatorning o‘z-o‘zidan uyg‘onishini C1, C2 kondensatorlar yordamida bartaraf qilish mumkin va ular stablizatorni amalda qo‘llashda tanlanadi. Chiqish kuchlanishini tashqi qarshiliklar vositasida boshqarish mumkin. Shu turkumdagi integral mikrosxemalardan manfiy kuchlanishni stabillashtirsh maqsadida foydalanish mumkin. Bunda stablizator tarkibidagi tranzistor musbat kuchlanishni satablillashtiruvchi mikrosxemalardagi tranzistorlarning o‘tkazuvchanlikka teskari tipi bilan 132 farq qiladi. Manfiy 12 V kuchlanishni stabillashtiruvchi 275 EH12 rusumli integral stablizatorning ulanish sxemasi 5.19-rasmda tasvirlangan. Yarim o‘tkazgichli gibritli mikrosxemalarda tuzilgan kuchlanish stablizatoriga nisbatan yarim o‘tkazgichli mikrosxemalar asosida tuzulgan stablizatorlar bir qator afzalliklarga ega. Bunday stablizatorlar yuqori darajadagi stablizatsiya koeffisiyentiga ega, chiqish bo‘yicha qisqa tutashuvlardan himoyalangan, foydalanishga qulay va tashqi elementlarni kam talab qiladi.

5.19-rasm. 275 EH12 rusumli integral stablizatorning ulanish sxemasi.
Yarim o‘tkazgichli 142 EH1 integral mikrosxemali stablizatorning ulanish sxemasi 5.20-rasmda tasvirlangan. Sxemadagi R1 tashqi rezistor yuklanish qarshiligini qisqa tutashuvdan himoya qilish maqsadida ulangan. Sxemadagi C1 kondensator yuklanish va kirish kuchlanishi impulsli o‘zgarganda nominal rejimni va chiqish kuchlanishini o‘rnatish vaqtini belgilaydi va real hollarda uning sig‘mi 10^3 pF ni tashkil qiladi.

5.20-rasm. Yarim o‘tkazgichli 142 EH1 integral mikrosxemali stablizatorning ulanish sxemasi.
Sxemadagi C2 kondensator kirish kuchlanishi va yuklanish qarshiligi impulsli o‘zgarganda chiqish kuchlanishidagi o‘zgarishlarni (tashlashni) kamaytiradi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling