Kuchlanish stabilizatori nima va u qanday ishlaydi?
Download 0.69 Mb.
|
Kuchlanish stablizatorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parametrik stablizatorlar
Kuchlanish stabilizatori nima va u qanday ishlaydi? Reja : Kuchlanish stabilizatori nima? Kuchlanish stabilizatorlarining turlari. Elektron aparaturalarning ta’minlash manbalarini loyihalashda ta’minlovchi kuchlanishning stabill bo‘lishi talab qilinadi. Ta’minlovchi kuchlanishning sekin yoki tez tebranishlari (pulsatsiyalar) elektron qurilmaning ish rejimlarini va ko‘rsatgichlarini keskin o‘zgartiradi. Ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi va chastotasining tebranishlari, yuklanishining o‘zgarishi, to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyalari, atrof muhit namligining o‘zgarishlari va hakozolar ta’minlovchi kuchlanish nostabilliklarining sabablari bo‘lishi mumkin. Masalan, 0.1 % aniqlik bilan o‘lchovchi qurilmaning ta’minlovchi kuchlanish nostabilligi 0.01 % dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Parametrik stablizatorlar Kuchlanish stablizatorilarining asosiy ko‘rsatgichlari quyidagilardan iborat: Foydali ish koeffitsiyenti, yuklanishda ajralayotgan quvvatning kirish quvvatiga nisbati. Stablizatsiya koeffitsiyenti, yuklanish qarshiligi o‘zgarmas bo‘lganda stablizator kirishidagi kuchlanish nisbiy o‘zgarishining yuklanishdagi kuchlanish nisbiy o‘zgarishiga nisbati. Chiqish qarshiligi, kirish kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lgan holda yuklanish tokining o‘zgarishi natijasida kuchlanishning qanchaga o‘zgarishini belgilovchi kattalik Elektron apparaturalarni ta’minlovchi kuchlanish stablizatorlarining chiqish qarshiligini mumkin qadar kichik bo‘lishiga harakat qilinadi, aks holda qurilmaning ko‘rsatgichlari o‘zgarib ketadi. Yuqori darajadagi stablizatsiya koeffisiyentiga ega bo‘lgan kuchlanish stabyaizatorlari tarkibida, volt-amper tavsifnomasida kuchlanish tokga kuchsiz bog‘liq bo‘lgan nochiziqli element bo‘lishi lozim. Teshilish sohasida ishlovchi yarim o‘tkazgichli stablitron shunday volt-amper tavsifnomaga ega. 1 – b, rasm). Eng oddiy parametrik kuchlanish stablizatorining sxemasi 1 – a rasmda tasvirlangan. Parametrik deb atalishining sababi shundaki, stabliztorning ko‘rsatgichlari to‘liqligicha stablitronning ko‘rsatgichlari bilan belgilanadi. Sxemadagi kirish kuchlanishining yoki yuklanish tokining o‘zgarishi yuklanishga parallel ulangan stablitron orqali o‘tayotgan tokning o‘zgarishiga olib keladi, undagi kuchlanish deyarli o‘zgarmaydi. Haqiqatdan ham kirish kuchlanishi sxemadagi Rb ballast qarshilik va VD stablitronda taqsimlanadi,ya’ni: bunda stablitron va yuklanish orqali tokning o‘tishi natijasida ballast qarshilikda yuzaga kelgan kuchlanish tushuvi. Stablitron voltamper tavsifnomasi va sohasida stablitrondagi kuchlanish u orqali o‘tayotgan tokka deyarli bog‘liq bo‘lmaganligi sababli kirish kuchlanishining o‘zgarishi rezistordagi kuchlanish o‘zgarishiga taxminan teng bo‘ladi. Bu holda yuklanish toki o‘zgarmas bo‘lganligidan kirish kuchlanishi o‘zgarishini ko‘rinishda yozish mumkin ,ya’ni kirish kuchlanishining o‘zgarishi stablitron tokining qadar o‘zgarishiga olib keladi. 1-rasm. a) Parametrik kuchlanish stablizatorining elektrik prinsipial sxemasi, b) volt-amper tavsifnomasi. Yuklanish qarshiligi o‘zgargan holni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, yuklanish qarshiligi kamayib, u orqali o‘tayotgan tok ortgan bo‘lsin. Kirish kuchlanishi o‘zgarmagan holda kirish toki =const doimiy bo‘lishi lozim, ya’ni yuklanish toki qancha ortsa, stablitron orqali o‘tayotgan tok shunchaga kamayadi. Parametrik kuchlanish stablizatorining chiqish qarshiligi stablitronning volt-amper tavsifnomasidagi ishchi qismining RD differensial qarshiligi bilan aniqlanadi, stablizatorning chiqish kuchlanishi stablitron kuchlanishiga teng Uchiq Ust bo‘lganligidan yuklanish tokining o‘zgarishi esa stablitron orqali o‘tayotgan tokning o‘zgarishiga teng Iyuk Ist bo‘ladi. Parametrik kuchlanish stablizatorining stablizatsiya koeffisiyentini aniqlaymiz. Buning uchun Ust IstRD deb yozib, ifodani hisobga olgan holda uning ifodaga muvofiqligidan stablizatsiya koffisientini aniqlash mumkin Oxirgi ifodadan ko‘rinadiki Rb qarshilikni oshirish bilan stablizatsiya koeffisiyentini oshirish mumkin. Biroq kr yuk st nom yuk Ukr,Uyuk ,Ist.nom ,Iyuk kattaliklarning aniq qiymatlariga ko‘ra ifodaga asosan Rb qarshilikni ifoda bilan aniqlash mumkin, bunda Ist.nom = (Ist.amx/Ist.min)/2 stablitronning nominal toki. Oxirgi ifodaga ko‘ra, Rb qarshilikni oshirish uchun Ukr kuchlanishini oshirish lozim bo‘ladi. Biroq bu Kst stablizatsiya koeffisiyentining kamayishiga olib keladi. Shunga ko‘ra parametrik kuchlanish stablizatorlarining stablizatsiya koeffisiyentini 50 dan oshirib 123 bo‘lmaydi. Stablizatsiya koeffisiyentini stablitronlarni ketma-ket ulash bilan oshirish mumkin. Sxematik jihatidan parametrik kuchlanish stablizatorlari oddiy bo‘lib, ishonchli ishlaydi. Ularning asosiy kamchiligi stablizatsiya koeffisiyetining kichikligi (xususan katta yuklanish toklarida) va chiqish kuchlanishini boshqarish imkoniyatining yo‘qligidir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling