Kuchlanish u ta’sirida dielektrik ichida bir-biriga bog‘langan elektr zaryadlarning tartibga kelinishi qutblanish
Download 106.48 Kb.
|
1-Amaliy
1-Аmaliy mashg‘ulot Dielektrikning qutblanishi Dielektrikning asоsiy xususiyatlaridan biri, uning tashqi elektr maydоni ta`sirida qutblanishidir.Kuchlanish U ta’sirida dielektrik ichida bir-biriga bog‘langan elektr zaryadlarning tartibga kelinishi qutblanish deyiladi. Agar kondensatorga o‘zgarmas U berilsa, uning elektrodlarida qarama-qarshi zaryadlar paydo bo‘lib, dielektrikda elektr maydonni xosil qiladi. Elektr maydoni ta’sirida atomdagi elektronlar o‘zlarining yadrolariga nisbatan siljiydilar. Natijada elektronlar musbat zaryadlar bilan bog‘lanib, juft zaryadlar xosil qiladilar. Bir-biridan 1 masofada joylashgan bunday juft zaryadlar elektr bikr dipollar deyiladi. Dipolning elektr momenti ( ) siljigan elektronlarning zaryadi q va ularning yadrolariga nisbatan masofalari (1) ko‘paytmasiga teng: Е -1
-2 ℓ Birligi: , 1-elektron qobiq, 1Д (дебай)=3,333.10-30 Кл.м 2- elektr maydon ta’sirida siljigan elektr qobiq. Demak, elektr maydoni ta’sirida dielektriklardagi atomlar dipollarga aylanadi. Dipollar esa, atomlardagi elektronlarning siljigani natijasida paydo bo‘ladi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, dielektrikning qutblanganligi yoki qutblanmaganligi uning agregat xolatiga bog‘liq emas. Buning ma’nosi shundan iboratki, dielektrik gazsimon, suyuq yoki qattiq xolatlarda bo‘lmasin, u qutblangan yoki qutblanmagan bo‘lishi mumkin. Turli xil moddalarning molekulalaridagi zaryadlarning fazoviy joylashuvi xar xil bo‘lishi mumkin. Agar molekulalarning barcha musbat va manfiy zaryadlarini bitta umumiy musbat va bitta umumiy manfiy zaryad bilan almashtirsak, mos ravishda musbat va manfiy zaryadlarning og‘irlik markazlarida joylashgan mazkur zaryadlar fazoda bir-biriga mos tushishi yoki tushmasligi mumkin. Agar dielektrik molekulalarning zaryadlari bir-biriga mos tushsa (ya’ni ularning og‘irlik markazlari simmetrik joylashgan bo‘lsa), bunday molekulalar qutblanmagan va bunday molekulalardan tashkil topgan dielektriklar qutblanmagan dielektriklar deyiladi. Masalan, bir atomli molekulalar (geliy (Не), Neon (Ne),Kripton (Кг),Ksenon (Хе)) va ikki atomli gomeoqutbli bog‘lanishli molekulalar (vodorod (Н2), Kislorod (О2), Hlor (Сl2), Azot (N2) Etilen (С2Н4)) lar qutbsizdir. Qutbsiz bog‘lanishli dielektriklarga Parafin, Ftorplast, Poliizobutilen,Eksapon, neftli izoluatsiya moyi va b. kiradi. Tetraform (ССl4), Benzol (С6Н6), Toluol(С7Н8),Oltingugutr, Olmos ham qutbsiz dielektriklar xisoblanadi. Qutbsiz molekulalarda dipol yelkasi 1=0 bo‘lgani uchun molekulaning dipol momenti =0 bo‘ladi. Agar dielektrikdagi molekulalarning og‘irlik markazlari nosimmetrik joylashgan bo‘lsa, bunday molekulalar qutblangan va ulardan tashkil topgan dielektriklar qutblangan dielektriklar deyiladi. Masalan, ammiak (N, H3), Xloroform (CHCl3) Suv, Natriy xlor (NaCl), Xlorli metilen (CH3Cl),PVX (ПВХ), Tsellyuloza va uning maxsulotlari, fenolformaldegid va enoksid katronlari qutblangan dielektriklar xisoblanadi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, ion bog‘lanishli molekulalar qutbli bog‘lanishlar qatoriga kiradi. Qutbli mоlekulaning elektr mоmenti 10-30 klm atrоfida, qutbsiz mоlekulaniki esa 0 bo‘ladi. Dielektrikda qutblanish asоsan ikki turga: elektr maydоni ta`sirida juda tez sоdir bo‘ladigan (elektrоn, iоn) va sekin sоdir bo‘ladigan, ya`ni sekin o‘sib va sekin pasayadigan (relaksatsiya) qutblanishlarga bo‘linadi. Download 106.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling