Xi bob. ÒUrli muhitlarda elektr toki


Download 200.28 Kb.

bet1/3
Sana17.08.2017
Hajmi200.28 Kb.
  1   2   3

258

XI BOB. ÒURLI MUHITLARDA

            ELEKTR  TOKI

Erkin elektronlarining miqdoriga qarab, moddalar o‘tkazgich-

larga, dielektriklarga va yarimo‘tkazgichlarga ajraladi. Butun hajmi

bo‘ylab elektr zaryadini erkin o‘tkazuvchi moddalar o‘tkazgichlar

deyiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: 1) birinchi tur o‘tkazgichlar

(metallar) — ularda zaryad (erkin elektronlar) ko‘chganda kimyoviy

o‘zgarish  ro‘y  bermaydi;  2)  ikkinchi  tur  o‘tkazgichlar  (eritma-

lar)  —  ularda  zaryadning  ko‘chishi  kimyoviy  o‘zgarishlarga  olib

keladi. Erkin elektronlari amalda mavjud bo‘lmagan moddalar (shi-

sha, plastmassalar) dielektriklar deyiladi. Yarimo‘tkazgichlar (ger-

maniy, kremniy va hokazolar) o‘tkazgichlar va dielektriklar orali-

g‘ida bo‘ladi. Biz oldingi bobda elektr toki haqidagi tushuncha va

uning asosiy qonunlari bilan tanishdik. Mulohazalarimizda asosan

birinchi tur o‘tkazgichlar — metallar haqida fikr yuritdik. Ushbu

bobda esa bu mulohazalarimizni yanada chuqurlashtiramiz va shu

bilan birga ikkinchi tur o‘tkazgichlar — eritmalar va gazlarda tok

qonunlari  bilan  tanishamiz.  Ikkinchi  tur  o‘tkazgichlardagi  tok

qonunlarining  texnikadagi  ahamiyati  ularni  chuqur  o‘rganishni

taqozo  etadi.  Keyingi  paytlarda  jadal  rivojlanib,  kundalik  hayo-

timizning ajralmas qismini tashkil etayotgan radiotexnika quril-

malari, elektron hisoblash mashinalarining asosini tashkil etuvchi

yarimo‘tkazgichlardagi elektr tokining tabiatini o‘rganish ayniqsa

muhim ahamiyatga ega.

68-  §.  Metallarda  elektr  toki

M a z m u n i :   metallarda zaryad tashuvchilar; erkin elektronlar.



Metallarda zaryad tashuvchilar. Metallarda zaryad tashuvchi

zarralarning tabiati haqida turli mulohazalar mavjud bo‘lgan. Bun-

day zarralar kristall panjara ionlariga kuchsiz bog‘langan elektron-

lar, degan mulohazani nemis fizigi P.Drude (1863 — 1906) olg‘a

surgan va metallarda elektr o‘tkazuvchanlikning klassik nazariyasini

yaratgan. Uning bu g‘oyasi gollandiyalik fizik X. Lorens tomonidan

rivojlantirilgan va bir qancha tajribalarda o‘z isbotini topgan. Nemis

fizigi K. Rikke (1845 — 1915) 1901- yilda quyidagicha tajriba o‘tkaz-

gan . U uchta bir xil radiusli juda yaxshi silliqlangan Cu, Al, Cu


259

silindrchalarni ustma-ust qo‘yib, ulardan katta miq-

dordagi  zaryadni  (» 3,5 · 10

6

  C)  o‘tkazgan  (120-



rasm).

Agar bordi-yu, zaryad tashuvchi zarralar ionlar

bo‘lganida  edi,  silindrlarda  qo‘shni  metallning

namunalari bo‘lishi kerak edi. Juda nozik tekshiruv-



121- rasm.

120- rasm.

lar ham moddalarning, hattoki zarracha ko‘chishini qayd etmagan.

Demak, zaryad tashuvchilar har ikkala metallga ham xos zarra-

lar  bo‘lishi  kerak.  Bunday  zarralar  esa  1887-  yilda  ingliz  fizigi

J. Òomson (1856 — 1940) tomonidan kashf etilgan elektron bo‘lishi

mumkin.


Metallarda zaryad tashuvchi zarralar elektron ekanligini tasdiq-

lovchi yana bir qancha tajribalar rus fiziklari S.Mandelshtam (1879 —

1944) va N. Papaleksi (1886 — 1947) taklif qilgan g‘oyaga asosan

o‘tkazilgan.

G‘oyaning mazmuni quyidagicha: agar metallda kuchsiz bog‘-

langan zaryad tashuvchilar mavjud bo‘lsa, unda tez harakatlanayot-

gan metall keskin to‘xtatilganda bu zarralar o‘z inersiyalari bilan,

keskin tormozlangan avtobusdagi yo‘lovchilar kabi oldinga ko‘chi-

shi va natijada elektr toki paydo bo‘lishi kerak (121- rasm). O‘tka-

zilgan  ko‘plab  tajribalar  bu  fikrni  to‘la  tasdiqladi  va  metallarda

zaryad  tashuvchi  zarralar  elektronlar  ekanligini    isbotladi.

Erkin elektronlar. Xo‘sh, metallarga erkin elektronlar qayerdan

keladi? Ularning paydo bo‘lishi quyidagicha tushuntiriladi: metallning

kristall panjarasi hosil bo‘lishida atom yadrosi bilan kuchsiz bog‘-

langan elektronlar atomdan uzilib chiqadi va erkin elektronga ay-

lanib  butun  hajm  bo‘ylab  harakatlanishi  mumkin  bo‘lib  qoladi.

Demak, panjara tugunlarida metall ionlari joylashib, ular orasida

go‘yoki  ideal  gazga  o‘xshash  elektron  gaz  hosil  qiluvchi,  erkin

elektronlar betartib harakatda bo‘ladi. Elektronlar o‘z harakatlari

davomida panjaradagi ionlar bilan to‘qnashib turadi va natijada ular

o‘rtasida termodinamik muvozanat vujudga keladi. Hisoblash-

m


260

larning ko‘rsatishicha, Ò =300 K da elektronning o‘rtacha issiqlik

harakatining tezligi <u> = 1,1 · 10

5

 m/s ni tashkil qiladi. Elektron-



larning  elektr  maydon  ta’siridagi  yo‘naltirilgan  harakat  o‘rtacha

tezligi esa <v> = 8 · 10

–4 

m/s atrofida bo‘ladi (60- § ga qarang).



Ya’ni yuqorida qayd etilganidek, elektronlarning yo‘naltirilgan hara-

kat tezligi ularning o‘rtacha issiqlik harakat tezligidan qariyb 10

8

marta kichik. Shuning uchun ham bu tezlik elektr tokining tarqalish



tezligi bo‘lolmaydi. Elektr toki juda uzoq masofalarga bir lahzada-

yoq uzatilishiga sabab, elektr zanjiri ulanishidayoq zanjir bo‘ylab

elektr maydonning yorug‘lik tezligiga teng tezlik (= 3 · 10

8

 m/s)



bilan tarqalishidir.  Natijada butun zanjir bo‘ylab o‘zgarmas elektr

maydon vujudga keladi va elektronlarni batartib harakatga keltira-

di. Shuning uchun ham zanjir ulanishidayoq unda elektr toki vu-

judga keladi.



Sinov  savollari

1. Ikkinchi tur o‘tkazgichlar deb qanday o‘tkazgichlarga aytiladi?

2.  Ikkinchi  tur  o‘tkazgichlarda  elektr  o‘tkazuvchanlikni  o‘rganishning

ahamiyati. 3. Drude nazariyasi. 4. Rikke tajribasi va uning natijasi. 5. Rikke

tajribasidan chiqarilgan xulosa. 6. Mandelshtam va Papaleksi taklifi aso-

sida o‘tkazilgan tajriba va uning natijasi. 7. Metallarda erkin elektron

qayerdan keladi? 8. Nima uchun elektronning yo‘naltirilgan harakat tez-

ligi  elektr  tokining  tezligi  bo‘lolmaydi?



        69-  §.  Chiqish  ishi

M a z m u n i :  chiqish ishi; chiqish ishi mavjudligining sabab-

lari; potensial to‘siq; energiyaning elektron-volt birligi.

Chiqish ishi. Oldingi mavzuda bayon etilganidek, metallardagi

erkin elektronlar odatdagi temperaturalarda ham ma’lum issiqlik

harakat  tezligi  <u> = 1,1 · 10

5

m/s  ga  va  kinetik  energiya



E

k

m

u

=

»



×

<

>

-



2

21

2



5 5 10

,

 J ga ega bo‘ladi. Lekin ular metallni tark



etolmaydi. Demak, ularni metallda tutib turadigan qandaydir kuch

bo‘lishi  kerak.  Elektron  metallni  tark  etishi  uchun  bu  kuchning

qarshiligini yengishi, ya’ni unga qarshi ish bajarishi zarur. Elektron-

ni  metalldan  ajratib,  vakuumga  chiqarish  uchun  bajarish  kerak

bo‘lgan ish  chiqish    ishi  deyiladi.

Chiqish ishi mavjudligining sabablari. Chiqish ishi mavjudligi-

ning asosiy sabablari quyidagilardir:



261

1) agar elektron biror sababga ko‘ra metallni tark etsa, uning

o‘rnida ortiqcha musbat zaryad vujudga keladi va u Kulon qonuniga

muvofiq elektronni o‘ziga tortadi (122- rasm);

2)  ba’zi elektronlar  metallni tark  etib,  undan atom  kattalik-

laridek masofaga uzoqlashadi va metall sirtida «elektronlar bulutini»

hosil qiladi. Bu bulut panjaradagi musbat ionlarning tashqi qatlami

bilan birga qo‘sh qavatli elektr qatlamini hosil qiladi. U go‘yoki

zaryadlangan  yassi  kondensatorga  o‘xshab,  maydoni  qoplamalari

orasida mujassamlashgan bo‘ladi va tashqi fazoda elektr maydoni

hosil qilmaydi. Elektron bu — qo‘sh qavatli qatlamdan o‘tishi uchun

ma’lum ish bajarishi kerak (123- rasm).



Potensial to‘siq. Demak, elektron metalldan chiqishida metall

sirti va elektron buluti orasida vujudga keladigan Dj potensial to‘siq-

dan o‘tishi kerak. Bu to‘siq elektronlarning metalldan uchib chiqish

jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Chunki elektron metalldan uzilib chi-

qishida  shu  to‘siqni  yengish  uchun  ma’lum  ish  bajarishi  zarur.

Chiqish ishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



· Dj.                       

(69.1)


Agar elektronning kinetik energiyasi

=

>



2

2

k



m

E

A

v

                     

(69.2)

shartni bajarsa, elektron metallni tark etadi, aks holda tark etol-



maydi.

i

A

e

u

D =


=

j

 potensial ionlashtiruvchi potensial deyiladi.



Energiyaning elektron-volt birligi. Odatda chiqish ishi elektron-

voltlarda  (eV)  hisoblanadi.  1  eV  —  elektronning  1  V  potensial



farqini o‘tishda oladigan energiyasi:

122- rasm.

123- rasm.

262

19

19



19

J

C



1 eV 1V 1, 6 10

C 1, 6 10

C 1, 6 10

J

.



-

-

-



=

×

×



=

×

× =



×

Xona temperaturasida metallarni tark etish uchun yetarli ener-

giyaga ega bo‘ladigan elektronlarning soni juda kam bo‘lib, ular ham

metallarning tabiatiga bog‘liq. Xona temperaturasida (» 300 K)

elektronning energiyasi:

23

21



J

1,38 10


300 K 4,15 10

0, 026 eV

.

kT

-

-



=

×

=



×

=

×



K

J

Ba’zi metallar uchun elektronlarning chiqish ishlari quyidagi



jadvalda keltirilgan

7-j a d v a l

Metall

А, eV

Мetall


А, eV

       Aluminiy

       Volfram

       Litiy

       Mis

3,7


4,5

2,3


4,3

       Platina

       Rux

       Seziy

6,3

4,0


1,8

Sinov  savollari

1. Elektronning metalldagi issiqlik harakat kinetik energiyasi qan-

cha? 2. Elektron nima uchun metallni tark etolmaydi? 3. Chiqish ishi

deb qanday ishga aytiladi? 4. Chiqish ishi mavjudligining birinchi sababi

nima? 5. Chiqish ishi mavjudligining ikkinchi sababi nima? 6. Potensial

to‘siq  qanday  hosil  bo‘ladi?  7.  Potensial  to‘siqning  balandligi  nimaga

teng? 8. Elektronning metalldan chiqish ishi qanday aniqlanadi? 9. Qan-

day shart bajarilganda elektron metallni tark etishi mumkin?  10. 1 eV

deb qanday energiyaga aytiladi? 11. 1 eV necha joulga teng? 12. Xona

temperaturasida elektronning energiyasi necha eV bo‘ladi?



70- §.  Emissiya  hodisalari  va  ularning

qo‘llanilishi

M a z m u n i :  elektron emissiyasi; termoelektron emissiya; va-

kuumli diod; diodning volt-amper xarakteristikasi; vakuumli triod;

elektron-nurli trubka.



Elektron  emissiyasi.  Agar  metallardagi  elektronlarga  chiqish

ishini  bajara  oladigan  energiya  berilsa,  elektronlarning  bir  qismi

metallni tark etishi mumkin. Elektronlarni bunday chiqarish hodisasi

elektron emissiyasi deyiladi. Elektronlarga energiya berish usuliga


263

qarab:  termoelektron,  foto-

elektron, avtoelektron emissiya

hodisalari mavjud.



Òermoelektron  emissiya.

Òermoelektron emissiya — bu

qizitilgan metallning elektron-

lar chiqarishidir. Metallardagi

erkin elektronlarning konsen-

tratsiyasi juda katta bo‘lib, hat-

toki o‘rtacha temperaturalarda

ham  chiqish  ishini  bajarib,

metallni tark etadigan elekt-

ronlar mavjud bo‘ladi. Òem-

peratura ko‘tarilishi bilan esa

124- rasm.

kinetik energiyasi chiqish ishidan kattaroq bo‘lgan elektronlarning

soni ortadi va termoelektron emissiya hodisasi sezilarli bo‘lib qoladi.

Òermoelektron  emissiya  hodisasining  qonunlarini  ikki  elektrodli

lampa — vakuumli diod yordamida o‘rganish mumkin.

Vakuumli diod. Vakuumli diod — katod K va anod A elektrod-

lardan  iborat,  havosi  so‘rib  olingan  ballondir.  Katod  elektr  toki

yordamida  qizitiladigan  bo‘lib,  qiyin  eriydigan  metalldan  (misol

uchun volframdan) yasalgan metall simdan iborat bo‘ladi. Anod esa

katodni o‘rab turadigan metall silindr shaklida bo‘ladi (124- a rasm).

Agar diod  rasmdagidek zanjirga  ulanib, katod  qizdirilsa va  anod

manbaning musbat, katod manfiy qutblariga ulansa, zanjirda tok

vujudga keladi. Agar batareya B ning qutblarini o‘zgartirsak, katodni

qanchalik qizitishimizdan qat’iy nazar, zanjirda tok bo‘lmaydi. De-

mak, katod manfiy zaryadlangan zarralar — elektronlarni chiqaradi.



Diodning  volt-amper  xarakteristikasi.  Endi  katodning  tem-

peraturasini o‘zgarmas qilib saqlab, anod toki I

a

 va kuchlanishi U



a

larning bog‘liqlik grafigini, ya’ni diodning volt-amper xarakteris-

tikasini tuzamiz (125- rasm).

a)

b)

Katod


Anod

125- rasm.

to‘y


to‘y

to‘y


to‘y

I

2

I

1


264

Ma’lum bo‘lishicha, u chiziqli emas ekan va demak, vakuumli

diod uchun Om qonuni bajarilmaydi. Dastlab kuchlanish ortishi

bilan tok sekin ortadi. Bu paytda manfiy zaryadli elektron bulut

katoddan uchib chiqqan elektronlarning harakatiga to‘sqinlik qiladi

va itarish kuchi ta’sirida elektronlarning bir qismi katodga qaytsa,

bir qismi anodga yetadi.

Anod  kuchlanishi    ortishi  bilan  elektron  bulutining  zichligi

kamayadi va tok kuchi ortadi. Kuchlanishning ma’lum U

a

U



to‘y

qiymatida katoddan uchib chiqadigan elektronlarning barchasi anodga

yetib  boradi  va  tok  kuchi  o‘zining  maksimal  qiymatiga  erishib,

kuchlanishning yanada ortishi tok kuchini o‘zgartira olmaydi. Òok

kuchining bu qiymatiga to‘yinish toki I

to‘y


 deyiladi. Agar katodning

temperaturasi o‘zgarsa, to‘yinish tokining qiymati ham o‘zgaradi.

Agar  batareyaning  qutblari  almashtirib  ulansa,  zanjirda  tok

bo‘lmaydi. Demak, diodlar bir tomonlama tok o‘tkazish xususiyatiga

ega. Shuning uchun ham ular to‘g‘rilagich sifatida ishlatiladi.

Vakuumli triod. Lampadagi tokni boshqarish uchun unga bitta,

ikkita  yoki  bir  nechta  to‘r  deb  ataluvchi  qo‘shimcha  elektrodlar

kiritiladi (126- rasm). Odatda, to‘r-sim spiral ko‘rinishida bo‘lib,

anod va katod o‘rtasida o‘rnatiladi (126- a rasm). Òo‘r katod yaqinida

shunday joylashtiriladiki, undagi potensialning kichkina o‘zgarishi

ham anod tokining o‘zgarishiga olib keladi.

Agar  to‘rning  potensiali  katodga  nisbatan  nolga  teng  bo‘lsa,

triod xuddi dioddek ishlaydi. Òo‘rning potensiali musbat bo‘lganda

elektron bulutning zichligi kichik va demak, tok katta bo‘ladi. Òo‘r-

ning manfiy potensialida esa katoddagi elektron bulutning zichligi

ortadi, tok esa kamayadi. Òo‘r potensialining  manfiyligi ortishi bilan

tok kamaya boradi va manfiy potensialning ma’lum qiymatida nolga

teng  bo‘ladi.  Òo‘rning  anod  toki  nolga  teng  bo‘ladigan  manfiy

qiymati yopish kuchlanishi deyiladi. Yopish kuchlanishi anod kuch-



126- rasm.

To‘r


Anod

Katod


a)

b)

265

lanishiga bog‘liq. U

a

  qancha katta bo‘lsa, yopish kuchlanishi ham



shuncha katta bo‘ladi. Demak, to‘r kuchlanishini o‘zgartirish bilan

zanjirdagi  anod  tokini  boshqarish  mumkin,  shuning  uchun  ham

to‘rni boshqaruvchi deyiladi.

Elektron  lampalar  turli  radiotexnik  qurilmalarda,  jumladan,

kuchaytirgichlarda, generatorlarda keng qo‘llaniladi.

Elektron-nurli trubka. Elektron- nurli trubkaning tuzilishi 127-

rasmda ko‘rsatilgan. U vakuumli shisha ballon L dan iborat bo‘lib,

ichida elektronlarni chiqaruvchi qizigan katod K dan iborat «elek-

tron to‘r»  va D

1

D



2

 diafragmali anodlar joylashtirilgan. Katod va

anod o‘rtasidagi U potensiallar farqi elektronlarni katta tezlikkacha

tezlashtirish va ingichka dasta hosil qilish imkonini beradi. Elektron

dasta fluoressensiyalangan E ekranga tushganda  yorug‘, nurlanuvchi

nuqta  vujudga  keladi.  Elektron  nurlar  dastasi  bir-biriga  perpen-

dikular  joylashgan  ikkita  C

1

  va  C



2

  plastinalar  juftligi  yordamida

boshqariladi. C

1

 plastinalar maydoni nurni gorizontal, C



2

 plastinalar

maydoni esa vertikal yo‘nalishda boshqaradi. C

va C



2

 plastinalarga

beriladigan  kuchlanishga  qarab,  ekrandagi  nurli  dog‘  o‘z  joyida

turishi, to‘g‘ri chiziq yoki sinusoida hosil qilib harakatlanishi mumkin.

Elektron-nurli trubka ossillograf deyiluvchi qurilmaning va televizor-

ning asosini tashkil qiladi.



Sinov  savollari

1.  Elektron  emissiyasi  deb  qanday  hodisaga  aytiladi?  2.  Òermo-

elektron  emissiya  deb-chi?  3.  Temperaturaning  ortishi  termoelektron

hodisaga qanday ta’sir qiladi? 4. Vakuumli diod qanday tuzilgan? 5. Anod

va katod manbaning qanday qutblariga ulanadi va nima uchun?  6. Ka-

tod nima uchun qizdiriladi? 7. Elektronlar qaysi elektroddan chiqadi?

8. Diodning volt-amper xarakteristikasi nima? 9. Volt-amper xarakte-

ristikasining chiziqli emasligini tushuntiring. 10. Òo‘yinish toki deb qan-

day  tokka  aytiladi?  11.  Agar  manbaning  qutblari  almashtirib  ulansa,

127- rasm.


266

diodli zanjirda tok bo‘ladimi? 12. Diodlar qayerda ishlatiladi? 13. Va-

kuumli  triod deb qanday qurilmaga aytiladi? 14. Òriodda to‘rning vazifasi

nimadan iborat? 15. Yopish kuchlanishi deb qanday kuchlanishga ayti-

ladi? 16. Òriodlar qayerda ishlatiladi? 17. Elektron-nurli  trubka qanday

tuzilgan? 18. Elektron-nurli trubka qayerda ishlatiladi? 19. Elektron nurlar

dastasi qanday  hosil qilinadi? 20. Elektron nurlar dastasi qanday bosh-

qariladi?



71-  §.  Elektrolitlarda  elektr  toki.  Elektrolitik

                  dissotsiatsiya.  Elektroliz

M a z m u n i :   elektrolitlarda elektr toki; elektrolitik dissotsiat-

siya; dissotsiatsiyalanish darajasi; elektroliz.

Elektrolitlarda elektr toki. Distillangan suv elektr tokini o‘t-

kazmaydi. Agar unga ozroq tuz qo‘shilsa, elektr tokini o‘tkazuv-

chiga aylanadi. Demak, ba’zi moddalarning suvdagi eritmasi elektr

tokini o‘tkazish xususiyatiga, ya’ni zaryad tashuvchi zarralarga ega

bo‘lib qolar ekan. Erituvchida eriganda ionlarga ajraladigan mod-

dalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarda zaryad tashuvchi zarralar

ionlar bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday o‘tkazuvchanlikka ionli

o‘tkazuvchanlik deyiladi. Ionlarning vujudga kelishiga sabab, elekt-

rolit eriganda uning molekulalari erituvchi molekulalarining elektr

maydoni ta’sirida musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishi-

dir.  Elektrolitdagi  ionlarning  tashqi    maydon  ta’siridagi    batartib



harakati    elektrolitlarda  elektr  toki  deyiladi.

Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektrolit eriganda molekulalarining

musbat  va  manfiy  zaryadlangan  ionlarga  ajralishi  elektrolitik

dissotsiatsiya deyiladi. Natijada eritmada musbat ionlar (kationlar)

va manfiy ionlar (anionlar) hosil bo‘ladi. Odatda kationlar metallar

va vodorodning ionlari, anionlar esa kislota qoldiqlari va gidroksil

gruppalar bo‘ladi.

Dissotsiatsiya jarayoni quyidagicha yoziladi:

HCl


H

Cl

NaOH



Na

OH

ZnCl



Zn

Cl

+



-

+

-



+

-

+



+

+

,



,

.

2



2

O‘ng  tomonga yo‘nalgan strelka dissotsiatsiyani, chap tomonga

yo‘nalgan strelka esa — rekombinatsiyani, ya’ni turli ismli zaryad-

langan ionlar birlashib, neytral molekulalar hosil qilishini ko‘rsatadi.



Dissotsiatsiyalanish darajasi. Moddalarning dissotsiatsiyalanishi-

ni xarakterlash maqsadida dissotsiatsiyalanish darajasi tushunchasi

kiritiladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi a deb ionlarga dissotsiatsiya-

®

¬



®

¬

®



¬

267

langan molekulalar soni n

0

 ning moddadagi molekulalarning umu-



miy soni n ga nisbatiga aytiladi:

0

.



n

n

a=

                       



(71.1)

a  ning  qiymatiga  qarab,  moddalar  kuchli  (a » 1)  va  kuchsiz  (a

nolga yaqin) elektrolitlarga bo‘linadi. Kuchli elektrolitlarga tuzlar,

ba’zi  organik  kislotalar  va  ularning  asoslari  kirsa,  kuchsizlarga

minerallar kiradi.

Dissotsiatsiyalanish darajasi, shuningdek, erituvchining tabia-

tiga, temperaturasiga, bosimga va boshqa faktorlarga ham bog‘liq

bo‘ladi. Ayniqsa, u erituvchining dielektrik singdiruvchanligiga bog‘-

liq. Dielektrik singdiruvchanlik qancha katta bo‘lsa, molekula tashkil

qilgan ionlarning o‘zaro ta’sir kuchlari shuncha kichik bo‘ladi va

Kulon qonuniga muvofiq, ichki molekular aloqalarni uzish shuncha

oson bo‘ladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi, shuningdek, eritmaning

konsentratsiyasi va temperaturasiga bog‘liq. Òemperatura ortishi bi-

lan molekulalarning kinetik energiyasi ortadi, bu esa molekulalar-

ning o‘zaro to‘qnashib ionlashish ehtimolini orttiradi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling