Kuchlanishi 1000 V dan past elektr motorlar himoyasini hisoblash


Download 42.74 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi42.74 Kb.
#1402532
  1   2
Bog'liq
Amaliy ish-8


Kuchlanishi 1000 V dan past elektr motorlar himoyasini hisoblash
Elektr sistemalarining alohida himoyalarining turini tanlash Elektr uskuna foydalanish qoidalari (ПУЭ) talablariga asosan amalga oshiriladi. Himoyaning sxemasini va hisobiy o‘rnatmalarini tanlash «Rele himoyasi bo‘yicha ustuvor ko‘rsatma» ga mos ravishda amalga oshirishadi.
Himoyaning turini tanlashga nominal kuchlanish, tarmoq konfiguratsiyasi, zaminlagich neytralning rejimi, operativ tok manbasining turi, doimiy xizmat ko‘rsatuvchi personalni mavjudligi yoki yo‘qligi, kommutatsion apparatlarining turi va h.k. ta’sir ko‘rsatadi.
ПУЭ da ko‘rib o‘tilgan barcha holatlarida himoyani oddiy himoya yordamida bajarilishi kerak, agar oddiy himoyalar asosiy talablar: selektivlik, tezkorlik, sezgirlik talablariga javob bermasa uni murakkab himoyasiga almashtirish kerak. Bu holat majburiy tartibda ushbu kurs ishida bajarilishi kerak.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, talabalariga berilgan topshiriqda kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan oddiy tarmoqning qismi berilgan va shuning uchun operativ tok zanjirini ta’minotida ko‘pincha o‘zgaruvchan operativ tok manbalari ishlatiladi.


Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan asinxron elektr dvigatellarining himoyasi
ПУЭ ga asosan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr dvigatellarda quyidagilardan himoyalar o‘rnatiladi:
– ko‘p fazali QT dan:
bir fazali QT dan, agar dvigatel neytrali zaminlangan tarmoqda ishlayotgan bo‘lsa;
– o‘ta yuklanishdan, agar texnologik jarayonda mexanizmlarda o‘ta yuklanish ehtimoli bo‘lsa, yoki o‘ta qiyin ishga tushirish sharoitida, yoki kuchlanish past bo‘lganda o‘z - o‘zidan qo‘shilishning ishga tushish vaqtini cheklash kerak bo‘lsa;
minimal kuchlanishdan, texnalogik jarayon sharoiti, xavfsizlik yoki javobgarligi yuqori bo‘lgan mexanizmlar dvigatellarini muvaffaqiyatli o‘z – o‘zidan ishga tushishi dvigatellarda o‘z – o‘zidan ishga tushishi ruxsat etilmagan bo‘lsa.
Dvigatellarni barcha turdagi QT dan himoyalash uchun saqlagichlar yoki avtomatik uzgichlar (avtomatlar) qo‘llaniladi. Bundan tashqari, avtomatik uzgichlar o‘ta yuklanish va minimal kuchlanishdan himoyani ham amalga oshirishi mumkin. Shularni hisobga olgan holda, bundan tashqari avtomatlar ko‘p marta ishga tushirilishi mumkinligi, javobgarligi katta dvigatellarda va yuklanishda ishlayotgan dvigatellarda avtomatlar o‘rnatiladi. Saqlagichlarni tanlash quyidagi talablardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
, ,
bu yerda Unom.saq, Inom.saq – mos ravishda saqlagichning nominal kuchlanishi va toki; Isaq.o‘chir – saqlagichning chegaraviy o‘chirish toki; Inom.dvig – dvigatelining nominal toki.
Dvigatellar himoyasi uchun saqlagichning eruvchan quymasining nominal toki quyidagi uchta shartdan kattasi tanlanadi:
, , (1)
bu yerda, Ii.t. – dvigatelni ishga tushirish toki; kz – zahira koeffitsiyenti, 1,1–1,25 ga teng deb qabul qilinadi; kyukl.yuklanish koeffitsiyenti, yuklanish vaqti 2 – 5 s (yengil shart) bo‘lsa 2,5 ga, 5 – 10 s va undan yuqori (og‘ir shart) vaqtda 1,6 – 2 ga teng. Past kuchlanishli dvigatellar va tarmoqlarni himoyasida PN–2 turidagi saqlagichlar ishlatiladi. Ularning xarakteristikasi xuddi NPN, NPR turidagi saqlagichlarniki kabi bo‘ladi.



Download 42.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling