Kuchlanishlar va toklar rezonansi


Download 223.41 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi223.41 Kb.
#1756825
1   2   3   4
Bog'liq
Kuchlanishlar va toklar rezonansi

15.1-rasm.

Shuning uchun, cho‘lg‘amda qo‘shimcha energiya zanjirni ta’minlovchi manbadan ham kelib qo‘shiladi. Zanjirni ta’minlayotgan manba, shuningdek r qarshilik tomonidan yutilayotgan aktiv energiyani ham qoplaydi.
15.1–b rasmdagi sxemada esa vaqtning t1 qiymatidan t2 qiymatiga oralig‘i kursatilgan. Ushbu vaqt tok kamayib boradi va cho‘lg‘am magnit maydonida to‘plangan energiya qisman kondensatorga oqib o‘tadi, uni zaryadlaydi va qisman esa, aktiv r qarshilikli qismda (bo‘lakda) issiqlik energiyasiga aylanib sarf bo‘ladi. Vaqtning ushbu oralig‘ida tok xali ham yetarli darajada katta qiymatga ega bo‘lgani sababli i2  r quvvat ham ancha katta qiymatga egadir. Demak, manba zanjirga energiyani o‘zatadi va r qarshilikli qismdagi energiya sarflarini qisman qoplaydi.
t2 vaqt momenti (lahzasi) shunisi bilan diqqatga sazovorki, bu vaqtda i2 r kattalik shu darajada kichraygan bo‘ladiki, cho‘lg‘amdagi energiya kamayishining tezligi kondensatorga o‘tayotgan va r aktiv qarshilikli qismga o‘tayotgan energiyaning ortish tezligini belgilaydi. Kursatilgan vaqt oralig‘ida butun zanjirning ulanish qismalaridagi quvvat miqdori nolga teng (R = 0).
Nihoyat 15.1–v rasmdagi holat vaqtning t2 da t3 qiymatigacha oralig‘iga mos bo‘lib, ushbu vaqt davomida tok t2 momenti (lahzasi) dagi qiymatidan t3 moment (lahza) ga kelib nolgacha pasayadi. Ushbu vaqt oralig‘ida energiya cho‘lg‘amdan kondensatorga, r aktiv qarshilikli qismga va zanjir qismalariga ulangan manbaga qaytib o‘tishi davom etadi. Kursatilgan vaqt oralig‘i uchun R < 0.
0 ≤ t ≤ t3 vaqt oralig‘i tok tebranish davrining yarmiga teng (t=T/2) va ushbu davrda energiyaning bir marta to‘liq tebranishi tugallanadi, shuning uchun oniy quvvatning tebranish davri toknikiga nisbatan ikki marta kichikdir. Tokning o‘zgarish davrining ikkinchi yarmida ko‘rib o‘tilgan energetik jarayon yana bir bor takrorlanadi, faqatgina bunda tok va barcha kuchlanishlarning haqiqiy yo‘nalishlari qarama – qarshi yo‘nalishga o‘zgaradi. (15.1–v rasm).




    1. Download 223.41 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling