Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar
Download 1.63 Mb.
|
Kuchli ijtimoiy siyosat tayyor
Bu yo‘nalishdagi muhim vazifamiz mamlakatimiz urbanizatsiya darajasini 2025 yilga qadar 40 foizga yetkazish, butun aholining, jumladan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bazaviy zaxiralardan foydalanishi uchun qulay iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Aholimizgaolis-olis qishloqlarda ham shahardagidan kam bo‘lmagan yashash sharoitlari yaratish - muhim vazifamizdir. Aholini, eng avvalo, ehtiyojmand va yosh oilalarni arzon va zamonaviy, qulay uy-joy bilan ta’minlash, aholi uchun yashash joyi atrofida ish joylari yaratish, aholining ichimlik suvi, elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini yanada oshirish yo‘lidagi ishlarimizni izchil davom ettiramiz. 10 yil ichida shaharlarda markazlashtirilgan suv va gaz ta’minotini kamida 90 foizga, suv-oqava tizimi bilan ta’minlashni qariyb 70 foizga yetkazamiz.Yangi O‘zbekistonni dunyoning taraqqiy topgan, ijtimoiy-iqtisodiybarqaror o‘sayotgan va inson kapitali yuqori bo‘lgan demokratik davlatlari qatoriga kirishini ta’minlash - barqaror rivojlanish strategiyamizning mazmun va mohiyatini tashkil etadi.Yangi O‘zbekistonni dunyoning taraqqiy topgan, ijtimoiy-iqtisodiybarqaror o‘sayotgan va inson kapitali yuqori bo‘lgan demokratik davlatlari qatoriga kirishini ta’minlash - barqaror rivojlanish strategiyamizning mazmun va mohiyatini tashkil etadi.Bunda aholining to‘liq bandligini ta’minlash va barcha uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish doimiy ravishda diqqat markazimizda bo‘ladi. Bandlik darajasini yangi bosqichga ko‘tarish, real ish haqining barqaror o‘sishiga ko‘maklashuvchi oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik tomorqa xo‘jaligi va xususiy biznesni ko‘llab-quvvatlash hisobiga aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar oilaviy budjeti daromadlarini oshirish borasidagi ishlar ham biz uchun o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.Oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqa xo‘jaligi va xususiy biznes bilan mashg‘ul fuqarolarning zamonaviy mashinalar, uskunalar, xomashyo va materiallar xarid qilishiuchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiramiz.Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling