Kuchning nuqtaga va o`qqa nisbatan momenti


Juft kuch. Juft kuchning momenti


Download 305 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi305 Kb.
#1502290
1   2   3
Bog'liq
Kuchning nuqtaga nisbatan momenti.Juft kuch

Juft kuch. Juft kuchning momenti.

Yo`nalishlari qarama qarshi, son qiymatlari o`zaro teng va tasir chiziqlari parallel bo`lgan ikkita kuch, juft kuch (yoki juft) deyiladi.


Bunday kuchlarni qo`shib bo`lmaydi, yani ularning teng tasir etuvchisi bo`lmaydi, bunday kuchlar sistemasi shundayligicha saqlanib qolinadi va ularni juft kuchlar deyiladi.
Juftning momenti deb, juftlarni tashkil etuvchi kuchlarning birortasining modulini, jftning elkasiga ko`paytmasiga aytiladi (shakl). Juftning elkasi deb shu kuchlarning tasir chiziqlari orasidagi eng qisqa masofaga aytiladi.


(4.7)

bu erda d - juftning elkasi.


Juft kuch momenti ham vektor qiymat, va u vektor moment, juft joylashgan tekkislikka perpendikulyar ravishda yo`nalgan bo`lib, uning uchidan qaraganimizda, juft kuch jismni soat strelkasiga teskari yo`nalishda aylantirayotganligini ko`rishimiz zarur, aks holda u manfiy ishora bilan belgilanadi (4.5 b shakl ).

4.5 a) shakl. 4.5 b) shakl.
Juftning momentini asosiy xususiyati shundaki, uni ixtiyoriy olingan nuqtalarga nisbatan momentlari bir biriga teng bo`ladi, shuning uchun juftning momentini qaysi nuqtaga nisbatan olinayotganligi belgilanmaydi (yuqoridagi formulaga etibor bering), yani



Buni isbot qilaylik (4.5 b shaklga qarang). Buning uchun O markazdan F1 va F2 kuchlar qo`yilgan A va V nuqtalarga radius vektorlar o`tkazaylik, va har bir kuchning vektor momentini alohida - alohida aniqlab, ularni qo`shaylik, yani





Lekin (shaklga qarang) bo`lgani uchun, buni yuqoridagi tenglamaga qo`yib, ixchamlashtirsak, quyidagini olamiz,





ekanligini etiborga olsak
ni hosil qilamiz, yani A va V nuqtalarning radius vektorlari yuqoridagi formulada umuman ishtirok etishmayabdilar, shularni etiborga olsak,



ni yozamiz, yani juftning momenti hamma nuqtalar uchun birxil son qiymatga ega ekanligini aniqladik.


Ekvivalent juftlar. Mexanikada juda ko`p hollarda ekvivalent juftlardan keng foydalaniladi. Ekvivalent juftlar deb shunday (ikki xil kuchlardan tashkil topgan) juftlarga aytiladiki, ular bir tekislikda joylashgan bo`lib, juftlarni tashkil etuvchi kuchlarning modullari turlicha bo`lib, ularning elkalari ham tegishli ravishda boshqacha bo`ladi, lekin ularning momentlari, ham son qiymati jihatdan, ham yo`nalishi jihatdan birxil bo`lishlari shart.


Agar biz shunday bitta juftni boshqa, yani moduli va yo`nalishi birxil bo`lgan boshqa juft bilan almashtirsak jismning avvalgi holati o`zgarmaydi. Bu qoidani isbot qilish juda oson, shuning uchun uni bu erda keltirmaymiz.
Masalan, bitta juft elkasi h - ga teng bo`lgan kuchlardan iborat bo`lsin, ikkinchisi esa, elkasi d - ga teng bo`lgan kuchlardan iborat bo`lib, ikkala juft ham bir tekislikda yoki parallel tekisliklarda joylashgan bo`lishsin. U holda agar, quyidagi tenglik o`rinli bo`lsa, yani

bu juftlar ekvivalent juftlar deyiladi, va ularni bemalol bir birlari bilan almashtirish mumkin.


Xulosa

Jismlar nafaqat ilgarilama harakatda bo`lishi, ko`p hollarda aylanma harakatda ham bo`lishi mumkinligi, va ularni shunday harakatini chekllovchi shartlar bilan tanishtiriladi. Kuchlarning turli nuqtalarga va o`qlarga nisbatan momenti nima, u qanday hisoblanishi haqida so`z yuritiladi. Juft kuch nima, ularning momentlari qanday hisoblanadi, ularni momentlarini qanday qo`shish haqidagi qoidalar bayon qilinadi. SHu va shunga o`xshash savollarga javob beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. Sulaymonov. Mashina detallari. T., «O‘qituvchi», 1981.
2. T.P. Pashidov. Nazariy mexanika asoslari. T., «0‘qituvchi», 1990.
3. A. Mansurov. Materiallar qarshiligi. T., «O‘qituvchi», 1993.
4. S.A. Yo‘Idoshbekov. Materiallar qarshiligi. T., «O‘qituvchi», 1995.
5. Y. Yoqubov. Nazariy mexanika. T., «O‘qituvchi», 1997.
6. S.A. Yo ‘Idoshbekov. Mexanizm va mashinalar nazariyasi. T., «0‘qituvchi», 2001.
7. G.Sh. Zokirov. Mexanizm va mashinalar nazariyasi. T., «O‘qituvchi», 2002.
8. N.S. Bibutov. Materiallar qarshiligi asoslari. T., «Minhoj», 2003.
9. A. Jo ‘raev va boshq. Mexanizm va mashinalar nazariyasi. T., «0‘qituvchi», 2004.
10. B.K. Muhamedsaidov va boshq. Mashina detallari. Elektron darslik. T
Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling