Kulachokli mexanizmlar, ularning turlari. Kulachokning faza burchaklari. Kulachokli mexanizmlarning
Download 189.85 Kb.
|
ODDIY KULACHOKLI MEXANIZMLAR KINEMATIKASI
ODDIY KULACHOKLI MEXANIZMLAR KINEMATIKASI.Reja:Kulachokli mexanizmlar, ularning turlari. Kulachokning faza burchaklari. Kulachokli mexanizmlarning tahlili, bosim va uzatish burchaklari. Turtkichning harakat qonunini tanlash. Foydalanılgan adabiyotlar. Kulachokli mexanizmlar, ularning turlari. Kulachokli mexanizmlar yordamida yetaklanuvchi boʻg’inning istalgan murakkablikdagi harakat qonunini olish mumkin. Masalan, ish jarayonida turtkichning ma’lum vaqt davomida toʻxtab-toʻxtab harakatlanishi. Kulachokli mexanizmlar hozirda rivojlanayotgan avtomat va yarim avtomatlashgan mashinalarda turli funktsiyalarni boshqarish, ishchi qismlarni ishga tushirish, toʻxtatish, oldindan belgilab qoʻyilgan vazifalarni inson ishtirokisiz bajarish imkonini beradi. Kulachokli mexanizm, asosan yetaklanuvchi boʻg’inlarining siljish masofasi kichik boʻlgan harakatlarni amalga oshirishda qoʻllaniladi. Kulachokli mexanizmlarning quyidagi kamchiliklari mavjud. Ya’ni, katta solishtirma bosim mavjudligi va kulachokning yuzasining tez yeyilishi. SHuning uchun, kulachokni tayyorlashda yuqori sifatli materiallar talab etiladi. Bundan tashqari ayrim hollarda, kulachok bilan turtkich kinematik juftlik hosil qilishi uchun, prujina yordamida qoʻshimcha kuch berish talab etiladi.Turlanishi boʻyicha kulachokli mexanizmlar, fazoviy va tekis boʻladi. Fazoviy kulachokli mexanizmlarda kulachoklar odatda, oʻyiqchalari boʻlgan tsilindrsimon shaklda boʻlib, oʻyiqchalarida turtkichning roliklari harakatlanadi (1 a-rasm).Tekis kulachokli mexanizmlarning kulachoklari ilgarilanma (1 b-rasm) yoki aylanma (1 v-rasm) harakatni amalga oshiradi. Kulachoklari aylanma harakat qiladigan tekis kulachokli mexanizmlar texnikalarda keng qoʻllaniladi. SHuning uchun, quyida tekis kulachokli mexanizmlar bilan tanishib chiqamiz.
1-rasm.
Kulachoklari aylanma harakat qiladigan tekis kulachokli mexanizmlarning boʻg’inlarining tuzilishi va harakat turiga koʻra klassifikatsiyasini tuzib chiqamiz (2-rasm). Yuqorida keltirilgan guruhlardagi kulachokli mexanizmlarni yetaklanuvchi boʻg’inining tuzilishiga koʻra uch turga boʻlinadi: 1) oʻtkir uchli; 2) rolikli; 3) tekis. Turtkichlari ilgarilanma harakat qiladigan kulachokli mexanizmlarni oʻzi ham ikki turga boʻlinadi: markaziy (aksial) va markaziy boʻlmagan (dezaksal). Markaziy kulachokli mexanizmlar deb, turtkich harakat yoʻnalishining oʻqi kulachokning aylanish oʻqi markazidan oʻtadigan mexanizmga aytiladi. Markaziy boʻlmagan kulachokli mexanizmlar deb, turtkich harakat yoʻnalishining oʻqi kulachokning aylanish oʻqi markazidan biror-bir ye masofadan oʻtadigan mexanizmga aytiladi. Bunda ye masofa desaksial masofa deyiladi. 3-rasm. Kulachokli mexanizmlarda kulachokning profili turli egri chiziqlardan iborat boʻladi. Kulachok profillarining turlicha boʻlishiga qaramay, ular umumiy parametrlarga ega boʻladi. 4-rasmda profili toʻrtta yoydan iborat boʻlgan kulachok keltirilgan. Bu yoylar quyidagilar, ya’ni markazi O1 boʻlgan AB yoy, markazi O2 boʻlgan AC yoy, markazi O1 boʻlgan CD yoy va markazi Oʹ2 boʻlgan DB yoy. Kulachok asosiy oʻlchamlari sanaladi. Kulachokning asosiy oʻlchamlari quyidagilardir. 4-rasm. Download 189.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling