Kulachokli mexanizmlar, ularning turlari. Kulachokning faza burchaklari. Kulachokli mexanizmlarning


Download 189.85 Kb.
bet3/3
Sana17.10.2023
Hajmi189.85 Kb.
#1705954
1   2   3
Bog'liq
ODDIY KULACHOKLI MEXANIZMLAR KINEMATIKASI

γ=90o-α.
Harakatlantiruvchi P1 kuchni oʻqlarga proektsiyalab quyidagini hosil qilamiz
Р2  Р1 cos ,
Р3  Р1 sin .
Bu yerda P2 kuch turtkichni koʻtaradigan va P1 kuchning foydali tashkil etuvchisi, P3 kuch turtkichni oʻng tomonga suradigan va P1 kuchning zararli tashkil etuvchisi hisoblanadi.
5-rasmdan koʻrinadiki, bosim burchagi α ni ortishi bilan harakatlantiruvchi P1 kuchning zararli tashkil etuvchisi P3 kuchni ortib borishini va foydali tashkil etuvchi P2 ning kamayib borishini kuzatish mumkin.
Demak, α ni ortib borgan sari kulachokli mexanizmning ishlashi ham yomonlashib borar ekan hamda ma’lum qiymatga yetganda kulachok turtkichni harakatlantira olmay qoladi, ya’ni qadalib qoladi.
Amalda uzatish burchagining minimal qiymati γmin kulachokli mexanizmlarning turlariga koʻra belgilanadi. Masalan, turtkichi ilgarilanma- qaytma harakat qiladigan kulachokli mexanizmlar uchun γmin=50o-60o, turtkichi tebranma harakat qiladigan kulachokli mexanizmlar uchun γmin=40o-45o, uzatish burchagining bundan kichik qiymatlarida turtkichi rolikli boʻlgan kulachokli mexanizmlar qoʻllaniladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kulachokli mexanizmlar yordamida yetaklanuvchi boʻg’inning har qanday murrakablikdagi harakat qonunlarini olish mukmin, lekin bu nazariy jihatdan. Amalda esa, kinematik va dinamik shartlarni qanoatlantiradigan kulachokli mexanizmlar qoʻllaniladi. Turtkichning harakat qonunini kulachokning toʻrtta xarakterli fazalari uchun koʻrib chiqamiz. Kulachokning xarakterli fazalari quyidagilar: koʻtarilish burchagi (fazasi) φk, uzoqlashish burchagi (fazasi) φu, qaytish burchagi (fazasi) φq va yaqinlashish burchagi (fazasi) φya. Koʻtarilish va qaytish fazalarida eng oddiy harakat qonuni s2=s21) chiziqli qonuniyatdir. Burchak φ1 mos ravishda φk, φu, φq va φya lar boʻlishi mumkin (6-rasm).
Demak, turtkich harakatining tezlik analogi har ikki fazada oʻzgarmas ekan. Tezlanish analogi esa shu fazalarda nolga teng boʻladi (Nuqtaning tezlanish analogi – shu nuqtaning aylanish radius-vektoridan umumlashgan koordinataga nisbatan olingan ikkinchi tartibli hosilasidir). a, b, c va d hollarda esa tezlanish analogi cheksiz boʻladi.
6-rasmda keltirilgan grafikdagi a, b, c va d nuqtalarda turtkich qattiq zarbaga uchraydi, ya’ni boʻg’inlarga ta’sir etuvchi kuchlarning qiymati cheksizlikka intiladi. Amalda tezlanish analogi a2 koʻrsatilgan hollarda cheksizlikka teng boʻlmaydi, chunki kulachok bilan turtkich absolyut qattiq emas, balki deformatsiyalanish xususiyatiga egadir. Turtkichi uchli boʻlgan taqdirda ham boʻg’inlarning deformatsiyalanishi sababli kulachokli mexanizmlarning tezlanish analogi cheksiz boʻlmasa ham turtkich bilan kulachok orasida urilish hodisasi roʻy beradi. SHuning uchun koʻtarilish va qaytish fazalarida chiziqli harakat qonunlari qoʻllaniladi. Ularning boshlanishi va oxiri egri chiziqdan iborat boʻlishi lozim. Bunday hollarda, kulachok bilan turtkich toʻg’ri chiziqli harakat qonunidan egri chiziqli harakat qonuniga oʻtayotgan paytda yumshoq zarbaga uchraydi. Bunday amallarni bajarish, kulachokli mexanizmlarni loyihalashda ruxsat etiladi. Oʻtish egri chiziqlari, evolventa, aylana, parabola va boshqa egri chiziqlardan iborat boʻlishi mumkin. Zarba hodisasini bartaraf etish maqsadida, ayrim kulachokli mexanizmlarda qayishqoq elementlardan foydalaniladi.
Kinematika boʻlimida oʻrganganimizdek, turtkichning harakat qonunining siljish s2=s21) grafigini ikki marta differentsiallash natijasida turtkichning tezlik va tezlanish analoglarining diagrammasini hosil qilamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Djuraev A. va boshq. Mexanizm va mashinalar nazariyasi.-T.: O’qtuvchi, 2004

  2. Артоболeвский И.И."Тeория мeханизмов и машин".М.:«Наука»,1988 г.

  3. Frolov K.V. va bosh. " Mashina va mexanizmlar nazariyasi ".T.: «O’qituvchi», 1990 g.

  4. Usmonxojaev X.X. "Mexanizm va mashinalar nazariyasi". T.:

«O’qituvchi»,1981 y.

  1. Кореняко А.В Курсовое проектирование по теории механизмов и машин. М.:Наука, 1975

  2. Karimov R.I, Saliyev A. Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanidan o’quv qo’llanma.T.: ToshDTU,2006

  3. John Uicker, Gordon Pennock, and Joseph Shigley “Theory of Machines and Mechanisms” Publication Date - February 2010

  4. K.J. Waldron, G. L. Kinzel“Kinematics, Dynamics and Design of Machinery”, John Wiley, 2014

Download 189.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling