Kun shiori: “Sen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekistonim!” Darsning maqsadi


Koronavirus (7-slayddan-11-slaydgacha)


Download 0.55 Mb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#268635
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Men nechun sevaman O’zbekistonni

Koronavirus (7-slayddan-11-slaydgacha) : Koronaviruslar – 40 ga yaqin turdagi viruslarni o‘z ichiga olgan. Bu viruslar faqat hayvon, qush singari ayrim organizmlarnigina zararlay oladi. Yangi turdagi koronavirusning ham deyarli barcha turi qushlar va sut emizuvchi hayvonlardagina kasallik keltirib chiqaradi. Ammo hozirgi koronavirus o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib, odamni ham zararlay oladigan xususiyatga ega bo‘lgan.

2019-yil koronavirus infeksiyasi (COVID-19) — ya’ni og’ir o’tkir nafas olish sindromi koronavirusi  keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Kasallik ilk marotaba 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi va global miqyosda tarqalib, 2019–2020-yillardagi koronavirus pandemiyasini keltirib chiqardi. Kasallik yuqori harorat, yo’tal hamda nafas olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar mushaklar og’rishi, balg’am ajralishi hamda tomoq og’rishi kuzatiladi. Virus yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kelsada, ayrim bemorlarda kasallik og’ir pnevmoniya hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi. Diagnoz qo’yilgan holatlar orasida o’limlar ko’rsatkichi o’rtacha 3,4 foizni tashkil qiladi. 20 yoshga to’lmaganlar orasida bu ko’rsatkich 0,2 foizni, 80 yoshdan o’tganlar orasida 15 foizni tashkil qiladi.

Yurtimizda ham koronavirusni oldini olish bo’yicha Prezidentimizning 2020-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. 

Dunyoning 160 ga yaqin davlatiga kirib borgan koronavirus O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi. 2020 yil 15 mart kuni soat 06:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Frantsiya Respublikasida bo’lib qaytgan 1 nafar O’zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to’liq amalga oshirilmoqda.

O'z kindik qoni to'kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g'urur va iftixori yuksak bo'ladi. Bu dunyoda har bir odam to'q va badavlat hayot kechirish, el-yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli-joyli qilish, ularning baxt-u kamolini ko'rish orzusi bilan yashaydi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning pirovard maqsadi - odamlarimizning ana shunday orzu-umidlarini ro'yobga chiqarish, xalqimizga har tomonlama munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iborat ekani haqida takroran gapirishning hojati yo'q, deb o'ylayman.

Bu maqsadga erishish uchun yurtimizda barcha asoslar — tabiiy boyliklar, unumdor yer, katta iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma'naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi, bu diyorda ana shu farovon hayotni o'z kuchi, o'z aql-zakovati bilan barpo etishga qodir bo'lgan mehnatsevar va iste'dodli xalq yashaydi.



Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g'oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo'yish, ularni yangi bosqichga ko'tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat.

Buyuk eding buyuk bo’lib qol.

Seni kutar baxtli istiqbol,

Yuksaklarni quchganingda ham.

Sharqda mash’al, suyuk bo’lib qol,
Jahon uzra noming yoyilsin.

Qardoshlaring qatori to’liq,

Dushmanlaring ko’zi o’yilsin.

O’zing mening jonu jahonim,

Ona yurtim – O’zbekistonim.
Porlayversin ko’kda quyoshing,

Omon bo’lsin shu aziz boshing.

Tinchlik, mehnat bo’lsin shioring,

Yuz minglardan oshganda yoshing.

Gulla, yashna, iqboling kulsin,

Xirmonlaring hosilga to’lsin.

Shu muqaddas, go’zal zaminga,

Faqat fayzu-barokat kelsin.

Balqir mening davru-davronim,

Ona yurtim – O’zbekistonim

Komil Sindarov


Bugungi kunda mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha muhim 5 ta tashabbus asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda, yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash.







Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling