Kun tartibi: Har XIL masalalar


Download 15.52 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi15.52 Kb.
#1393426
Bog'liq
2-sonli kengash ko\'chirma 5.3.


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
KENGASHINING 2-SONLI YIG‘ILISH
BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA


Urganch shahar


19. 10. 2022-yil
Qatnashdilar: Kengash a’zolarining
19 nafaridan 19 nafari


KUN TARTIBI:
5. Har xil masalalar.


5.3. “Umumiy filologiya” kafedrasi dotsenti v.b. M.Matquliyeva tomonidan tayyorlangan “Shahriyor epik syujetining ilk manbalari, doston va ertak variantlari” nomli monografiyasini nashrga tavsiya qilish to‘g‘risida.
ESHITILDI:
Kun tartibiga qo‘yilgan har xil masalalar yuzasidan Kengash raisi J.Yarmetov “Umumiy filologiya” kafedrasi dotsenti v.b. M.Matquliyeva tomonidan tayyorlangan “Shahriyor epik syujetining ilk manbalari, doston va ertak variantlari” nomli monografiyasini Kengash a’zolariga muhokama qilish uchun tavsiya qildi.
Filologiya fanlari nomzodi, dotaent A.Atajoniva: Marg‘uba Matqulieavaning Shahriyor” epik syujetining ilk manbalari, uning doston va ertak variantlari” mavzusidagi mazkur monografiyasi “Shahriyor” dostonining genetik asoslarini aniqlash, ularni qiyosiy o‘rganish masalasiga bag‘ishlangan.
Tadqiqotchining asosiy urg‘u berayotgan nuqtasi shuki, syujet dastlab yozma adabiyotda shakllangan. Qissa-doston shaklida qissaxonlar repertuariga o‘tib tobora xalq orasiga tarqala boshlagan. Bu jarayon ancha uzoq davom etgan. Tadqiqotchining ushbu farazlari boy va original misollar vositasida dalillab berilgan. Ayniqsa, uning Zahhok obrazi haqida bildirgan fikrlari va tahliliy xulosalari e'tiborni o‘ziga tortadi. Shuningdek, doston syujeti asosida yaratilgan ertaklarni ham tahlilga torilgan bo‘lib, dastlab O‘rta Osiyoda tarqalgan o‘zbek, turkman fol'kloridagi ertaklar tahlil qilinadi.
PhD U.Xujamurotov: Monografiyada “Shahriyor” dostonining ilk manbalari, genetik asoslari va o‘zbek folkloridagi variantlarining o‘ziga xos xususiyatlari, doston syujetidagi asosiy motivlar tizimining genezisi ertakchilik an'analari bilan aloqadorligiga e'tibor qaratiladi. monografiya filologiya fakul'teti talabalari, magistrantlariga hamda til va adabiyot ilmiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan. Monografiya uchun Xorazm viloyati XTXQTMOH Tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori N.Sobirova, UrDPI Pedagogika fakulteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi A.Atajonovalar taqriz berishgan Monografiya atroflicha muhokama qilingach
QAROR QILINDI

  1. Filologiya va san’at fakulteti “Umumiy filologiya” kafedrasi dotsent v.b. M.Matquliyeva tomonidan nashrga tayyorlangan “Shahriyor” epik syujetining ilk manbalari, uning doston va ertak variantlari” nomli monografiyasini nashrga tavsiya qilish institut Kengashidan so‘ralsin.


Asliga to‘g‘ri
Kotiba M.Axmedova
Download 15.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling