Kun tartibi kafedra o’qituvchilari tomonidan o’tkazilgan ochiq darslar tahlili eshitildi


Download 17.89 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi17.89 Kb.
#1323491
Bog'liq
10.12 2022 очиқ дарс Bayonnoma


A.Qodiriy nomli Jizzax DPU “Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi” kafedrasi
uslubiy kengash yig’ilishi


BAYONNOMASIDAN KO’CHIRMA


12.12.2022.yil Qatnashdi: Kafedra prof-o’qituvchilari


KUN TARTIBI
1.Kafedra o’qituvchilari tomonidan o’tkazilgan ochiq darslar tahlili


EShITILDI:
10.12.2022 (1-smena:11.30) kafedra o’qituvchisi Vaxobov Ulug’bekning “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 3-bosqich (320-20) guruh talabalariga “Oila ma’naviyati” fanidan “Oiladagi tarbiyaning dolzarb muammolari, o’zaro yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzusidagi ochiq ma’ruzasi (nazariy)da tahlilchi sifatida ishtirok etgan kafedra katta o’qituvchisi N.Mansur so’zga chiqdi.
1. N.Mansur quyidagi fikrlarni bildirdi:1.Dars o’z vaqtida boshlandi talabalar darsga tayyorgarlik ko’rishgan mavzu reja darsning mazmuni va maqsadi ochib berildi 2.Proyektor nautbuk ekran va boshqa texnik vositalar bor. 3. Nazariy bilmlarni va asosiy tushunchalar o’qituvchi tomonidan yetkazib berildi 4.Mavzuni hayotiy misollar orqali batafsil yetkazib berildi. 5.Taxlillar aosida savollar va javoblar asosida taxlil qilindi muammolar va vaziyatlar yechimi aytib o’tildi O’qituvchi Vaxobov Ulug’bek tomonidan talaba yoshlar faol qatnashishiga turtki berildi. Deyarli mavzuga yondashishdi; 6.Nutqi ravon, lekin nutq tezligi yuqori talabaga mavzuni tushuntirishda nutq tezligi pand berishi mumkin yani talaba ayrim so’zlarni ilg’amay qolishi mumkin. 7.Uyga vazifa sifatida topshiriqlar berildi. N.Mansur ochiq darsni 8 ball bilan baholash mumkinligini aytib so’zini yakunladi (tahlil varaqasi ilova qilinadi).
2.Ochiq ma’ruza yuzasidan kafedra o’qituvchisi S.Normatov so’zga chiqdi. Dastlab, ma’ruzachi dars yuzasidan fikrlarini bildirdi: 1.Tashkiliy qismning to’g’ri tashkil etildi; 2.Dars mavzusiga oid jihozlar (kompyuter, proyektor, ko’rgazmali qurollar) ta’minlangan; 3.O’qituvchi Nazariy bilimlarni chuqur egallagan, mavzuni yoritishda xorijiy, xalqaro va mahalliy manbalarga tayangan mavzu mohiyatini yoritib bera oldi; 4.Nazariy bilimlar talabalarning amaliy ko’nikmalarini mutaxassisligi bilan bog’liq holda tahlil qilinishi mashg’ulotning amaliy xarakterini yanada oshirdi; 5.Dars jarayonida o’qituvchi fanning mohiyatini yangi zamonaviy tendensiyalar bilan bog’lab tahlil qildi o’quv materiallari tizimlashtirildi; 6.O’qituvchining pedagogik qobiliyati yaxshi rivojlangan, nutqi ravon, pedagogik mahorat va pedagogik texnika va undan ta’lim jarayonida oqilona foydalanildi; 7.Mustaqil o’zlashtirish uchun topshiriqlar berildi; S.Normatov darsni 8 ball bilan baholash mumkinligini aytib so’zini yakunladi (tahlil varaqasi ilova qilinadi).
3.Ochiq ma’ruza yuzasidan kafedra katta o’qituvchisi J.Shodiyev quyidagi fikrlarni bildirdi: 1.Darsning tashkiliy qismning to’g’ri tashkil etilgan; 2.Dars mavzusiga oid jihozlar (kompyuter, proyektor, ko’rgazmali qurollar) ta’minlangan; 3.O’qituvchi fan, xususan mavzu bo’yicha nazariy bilimlarni chuqur egallagan, mavzuni yorituvchi mahalliy va xorjiy adabiyotlardan foydalanilgan 4.Nazariy bilimlar talabalarning amaliy ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan. Talabalarning o’qish-bilish faoliyati yaxshi tashkil etilgan 5.O’qituvchi talabalarni fikrlashga unday oldi, yangi pedagogik texnologiya qonuniyatlari va didaktik jarayonga tadbiq etish maxoratiga ega 6.O’qituvchining pedagogik qobiliyatlari yaxshi rivojlangan (akademik, kommunikativ va didaktik). Ta’limni texnologik jihatdan to’g’ri loyihalashtirgan, nutqi ravon, izchil va asosli 7.Talabalarga mavzu bo’yicha mustaqil o’zlashtirishlari uchun o’quv-materiallari berilgan; 8.O’qituvchi ta’limning ilmiyligi, mantiqiyligi, g’oyaviyligi, nazariya va amaliyotni bog’lay olishi, pedagogik takt va boshqa mahoratlarni egallash bilan yutuqlarga erishgan. Kafedra o’qituvchisi J.Shodiyev ochiq darsni 8 ball bilan baholash mumkinligini aytib so’zini yakunladi(tahlil varaqasi ilova qilinadi).


YIG’ILISH QARORI:



  1. Kafedra o’qituvchisi U.Vaxobov tomonidan o’tkazilgan ochiq dars kuzatuviga kirgan prof-o’qituvchilarning (uch nafari) ma’lumotlari axborot uchun qabul qilinsin.

  2. U.Vaxobov tomonidan olib borilgan ochiq ma’ruza mashg’uloti (o’rtacha 8 ball) ijobiy deb baholansin.

Uslubiy kengash raisi (PhD) B.Toshboyev


Kotib: N. Musinov
Download 17.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling