Kun tartibi maktabda jamoa orasida o`z bilimi, iqtidori, qobiliyati va yaratuvchanligi bilan o`rnak kursatkan hamda maktab va tumanda tashkil etilgan tanlovlarda
Download 26.14 Kb.
|
Pedkengash qarori
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI
So`x tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 30-sonli maktabning sonli Pedagogika kengashi bayonnomasidan KO`CHIRMA 2022-yil dekabr Maktab Majlislar zali Rais: Maktab direktori S.Murodov Kotib: O`TIBDO` M.Xidirov Qatnashdi: Maktabning 27 nafar pedagogi Qatnashmadi: 2 nafar, 2 nafari sababli KUN TARTIBI Maktabda jamoa orasida o`z bilimi, iqtidori, qobiliyati va yaratuvchanligi bilan o`rnak kursatkan hamda maktab va tumanda tashkil etilgan tanlovlarda o`quvchilari yuqori natijalarga erishayotkan Nuridinov Nuridin Mimonzoda Matematika fani o`qituvchisining ishlarini ommalashtirish to`g`risida. ESHTILDI: Masala yuzasidan o`quv-tarbiya ishlari bo`yich direktor o`rinbosari M Xidirov so`zga chiqib, ijodkor, talabchan, izlanuvchan, jamoatchi o`qituvchilarning ilg`or ishlarini maktab miqyosida ommalashtirish hamda tuman va viloyat bosqichlariga tavsiya etishni aytib o`tdi. Shuningdek, o`qituvchilar o`rgangan ilg`or tajribalarini darslarida qo`llaydigan, natijaviyligi sinalganligi ta`kidladi. O`qituvchilarning darsda va sinfdan tashqari barcha birgalikda hamohang ishlaydigan jonkuyar va zamonaviy o`qituvchi ekanligi hamda hamkasblar fikr yuritdi. Metodik kengash raisi tomonidan tumanda o`qituvchilar o`tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishi va o`quvchilarning faol ishtirok etishi uchun o`z zimmasiga yuklatilgan barcha topshiriqlarni namunali bajarayotkanligi yuzasidan asoslar taqdim etdi. M.Xidirov o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Fanlararo integratsiya bugungi ta`limning asosini tashkil etmoqda. O`zaro bog`liqlik ta`lim jarayonida o`quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga erishish vositasigina emas, balki aniq pedagogik vazifalarni shakllantirish, malakalar, munosabatlar asosida fan tizimlarini belgilashda muhim omillardan biridir. Birinchi toifali tojik tili va adabiyoti fani o`qituvchisi D.Kimsanboyev o`quv fanlari dasturi va darsliklarda uzviylik va uzluksizlikning ta`minlanishi o`quvchilarning fan asoslarini puxta o`rganishlarida alohida ahamiyat kasb etsa, fanlararo aloqadorlik fanlarning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Fanlararo bog`liqlik ta`lim sifatini oshirishga, darslarni qiziqarli, vazmunli, tshunarli va noan`anaviy bo`lishiga xizmat qiladi, deb ta`kidladi. Yig`ilishda maktab rahbariyati va jamoasi tomonidan beriladigan fikrlar e`tiborga olinib, tajribali o`qituvchilarning ish tajribalarini maktabda ommalashtirish va tuman metodik kengashiga taqdim etish masalasi bir ovozdan ma`qullandi Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida pedagogic kengash yig`ilishi QAROR QILADI: 1.Maktab O`TIBDO` M.Xidirov tajribali o`qituvchilarning ilg`or ishlari yuzasidan bildiradigan fikr-mulohazalari ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2.So`x tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 30-sonli umumta`lim maktabi matematika fani o`qituvchisi Nuridinov Nuridin Mimonzodaning ilg`or tajribalari maktab miqyosida ommalashtirilsin. 3. Ushbu qarorga muvofiq maktab miqyosida ommalashtirilgan ilg`or ishi tajribali o`qituvchilarning metodik mahsulotlari electron (.pdf) shaklda qaror rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir oy muddatda ommalashtirish platformasiga joylansin. Pedagogik kengash raisi: S.Murodov Kotib: M.Xidirov Download 26.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling