Kundalik matbuotdagi matnsgunoslik mavzusidagi bahs munozaralar


Turkiy tildagi asarlarni kirill yoki lotin alifbosiga tabdil qilishdan oldin ham ularning muallif tomonidan ilk bor yaratilgan yozuvdagi ilmiy-tanqidiy matnlarini hozirlash katta ahamiyatga ega


Download 104.04 Kb.
bet2/2
Sana14.01.2023
Hajmi104.04 Kb.
#1093530
1   2
Bog'liq
matbuotdagi matnsgunoslik mavzusidagi bahs munozaralar

Turkiy tildagi asarlarni kirill yoki lotin alifbosiga tabdil qilishdan oldin ham ularning muallif tomonidan ilk bor yaratilgan yozuvdagi ilmiy-tanqidiy matnlarini hozirlash katta ahamiyatga ega.

Quyida biz Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy-tanqidiy matnlari tayyorlangach, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda chop etilib, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati bilan shugʻullanuvchi jahondagi koʻplab ilmiy markazlar mutaxassislari tomonidan iliq kutib olingan bir necha moʻtabar manbalar nashriga toʻxtalib oʻtamiz

  • Quyida biz Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy-tanqidiy matnlari tayyorlangach, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda chop etilib, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati bilan shugʻullanuvchi jahondagi koʻplab ilmiy markazlar mutaxassislari tomonidan iliq kutib olingan bir necha moʻtabar manbalar nashriga toʻxtalib oʻtamiz

Maʼlumki, “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyimil futuvvat” (“Ulugʻlik xushboʻyliklarini taratuvchi sevikli shabadalar”) Alisher Navoiyning nasrdagi eng yirik asaridir. Undan 770 dan ortiq tasavvuf shayxlari haqida maʼlumotlar oʻrin olgan boʻlib, muallifning diniy-falsafiy qarashlari hamda Navoiygacha bunchalik keng koʻlamda tasvirlanmagan turk mashoyixlari faoliyatiga oid behad qimmatli manbadir. Shuningdek, Navoiyning otasiga oid baʼzi biografik qaydlar ham asarning qimmatini yanada oshiradi.

  • Maʼlumki, “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyimil futuvvat” (“Ulugʻlik xushboʻyliklarini taratuvchi sevikli shabadalar”) Alisher Navoiyning nasrdagi eng yirik asaridir. Undan 770 dan ortiq tasavvuf shayxlari haqida maʼlumotlar oʻrin olgan boʻlib, muallifning diniy-falsafiy qarashlari hamda Navoiygacha bunchalik keng koʻlamda tasvirlanmagan turk mashoyixlari faoliyatiga oid behad qimmatli manbadir. Shuningdek, Navoiyning otasiga oid baʼzi biografik qaydlar ham asarning qimmatini yanada oshiradi.

OʻzR FA Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi Hamidxon Islomiy “Nasoyim ul-muhabbat”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash ustida uzoq yillar izlanishlar olib bordi. Domla “Nasoyim”ning Turkiya, Rossiya, Fransiya va Oʻzbekistondagi eng qadimgi, baʼzilari Alisher Navoiy hayotligi davrida koʻchirilgan moʻtabar nusxalar asosidagi matnini tiklab, nusxalar orasidagi muhim tafovutlarni satrosti izohlarida qayd etdi. Matn uchun zarur koʻrsatkichlar ham tuzilganki, bu tadqiqotchi va oʻquvchilarga asardan oʻzlari izlayotgan maʼlumotlarni tezda topib olish imkonini yaratadi.

  • OʻzR FA Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi Hamidxon Islomiy “Nasoyim ul-muhabbat”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash ustida uzoq yillar izlanishlar olib bordi. Domla “Nasoyim”ning Turkiya, Rossiya, Fransiya va Oʻzbekistondagi eng qadimgi, baʼzilari Alisher Navoiy hayotligi davrida koʻchirilgan moʻtabar nusxalar asosidagi matnini tiklab, nusxalar orasidagi muhim tafovutlarni satrosti izohlarida qayd etdi. Matn uchun zarur koʻrsatkichlar ham tuzilganki, bu tadqiqotchi va oʻquvchilarga asardan oʻzlari izlayotgan maʼlumotlarni tezda topib olish imkonini yaratadi.
  • Afsuski, “Nasoyim ul-muhabbat”ning Alisher Navoiy asarlarining soʻnggi yillarda chop etilgan oʻn jildlik asarlar toʻplamidan oʻrin olgan nashrlari ham xatolardan xoli emas. Institutimizda tayyorlanib chop etilgan ilmiy-tanqidiy matn, nihoyat, bu ulugʻ asarning kirill va lotin alifbolaridagi qoniqarli nashrini amalga oshirishga yordam bersa, ajab emas.

Download 104.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling