Kundalik matbuotdagi matnsgunoslik mavzusidagi bahs munozaralar


Download 104.04 Kb.
bet1/2
Sana14.01.2023
Hajmi104.04 Kb.
#1093530
  1   2
Bog'liq
matbuotdagi matnsgunoslik mavzusidagi bahs munozaralar

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili 196-guruh talabasi Bazarbayeva Mahbubaning Matnshunoslik fanidan Mustaqil ishi

Kundalik matbuotdagi matnsgunoslik mavzusidagi bahs munozaralar

  • Bugungi kunda matnshunoslik, ayniqsa, Oʻzbekiston uchun dolzarb ahamiyatga ega. Chunki oʻlkamiz tarixi va madaniyatiga oid yuzlab bebaho asarlar hali nashr etilmasdan qoʻlyozma holida saqlanmoqda. Shularni hisobga olib, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida matnshunoslik yetakchi ilmiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

Qoʻlyozmalar xazinasida saqlanayotgan qimmatli asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini nashrga tayyorlashga jiddiy eʼtibor qaratildi. Sir emas, bir necha nusxada yetib kelgan asar qoʻlyozmalari orasida ancha-muncha tafovutlar boʻlishi tabiiydir. Asarning turli nusxalari muqoyasa qilinib yaratilgan ilmiy matnigina tarjima va tadqiqotlar uchun ancha ishonchli boʻladi.

Qolaversa, turli mavzuda izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar tarjima emas, balki asl matnga tayanishsa, ularning tadqiqotlari koʻproq tosh bosadigan boʻladi. Asl matnda muhim atama va unvonlar asar yozilgan davrda qanday ishlatilgan boʻlsa, shunday yoziladi. Tarjimada ular oʻzgarishga uchrashi va boshqa baʼzi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Milliy fanimizning xalqaro obroʻsi bilan bogʻliq yana bir jihat borki, bizning tariximiz va madaniyatimizga oid asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlari Arab mamlakatlari (movarounnahrlik ulamolar kitoblari), Eron (fors tilidagi bir qancha tarixiy va adabiy manbalar), Amerika (Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarining Yuriy Bregel tarafidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni), Yaponiya (Muhammad Hakimxonning “Muntaxab ut-tavorix” asarining Yayoi Kavaxara, “Boburnoma”ning Eyji Mano tarafidan nashr etilgan ilmiy-tanqidiy matnlari) va boshqa mamlakatlar olimlari tomonidan nashr etilayotganida oʻzbek manbashunos-matnshunoslari bu ishda nainki ishtirok etish, balki faol kirishib, bu sohada yetakchilikni oʻz qoʻllariga olishga burchlidirlar.

  • Milliy fanimizning xalqaro obroʻsi bilan bogʻliq yana bir jihat borki, bizning tariximiz va madaniyatimizga oid asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlari Arab mamlakatlari (movarounnahrlik ulamolar kitoblari), Eron (fors tilidagi bir qancha tarixiy va adabiy manbalar), Amerika (Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarining Yuriy Bregel tarafidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni), Yaponiya (Muhammad Hakimxonning “Muntaxab ut-tavorix” asarining Yayoi Kavaxara, “Boburnoma”ning Eyji Mano tarafidan nashr etilgan ilmiy-tanqidiy matnlari) va boshqa mamlakatlar olimlari tomonidan nashr etilayotganida oʻzbek manbashunos-matnshunoslari bu ishda nainki ishtirok etish, balki faol kirishib, bu sohada yetakchilikni oʻz qoʻllariga olishga burchlidirlar.

Download 104.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling