Buxoro davlat universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ta’lim yo’nalishi


Download 48.77 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi48.77 Kb.
#1643281
Bog'liq
So\'fi Olloyor asarlarining matnshunoslikdagi o\'rni


Buxoro davlat universiteti


Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ta’lim yo’nalishi
I bosqich magistri Vaxobova Shoxidaning
“Matnshunoslik nazariyasi” fanidan bajargan mustaqil ishi

So’fi Olloyor asarlarining matnshunoslikda tutgan o’rni


Reja:
1.So’fi Olloyor asarlarining mundarijasi
2.So‘fi Olloyor asarlarining yetib kelish tarixi
3. “Sabot ul-ojizin”asari qo’lyozma va toshbosma nusxalari bilan ishlashda matnshunoslik qirralarining namoyon bo’lishi
So‘fi Olloyorning hijriy hisobda oltmish uch yil umr ko‘rgani (hij.1073-1136; mil.1663-1724) manbaviy asosga ega. Adib tarjimai holi sanalari shunga ko‘ra  shakllantirilgan. «Tuhfatul ahbob»da yozilishicha, So‘fi Olloyor taxmi- nan 1696-yildan keyin Hoji Muhammad Habibulloh va Xalifa Navro‘z Keshiy xizmatiga kelib, mujaddidiy -naqshbandiya suluki ta’limotini o‘rgangan. U Xalifa Navro‘z ko‘rsatmasiga ko‘ra, Kesh madrasalaridan birida ta’lim oladi.1699- yilga qadar «Maslakul muttaqin» asarini yozib tugatadi. Shu yili ustozi Hoji Muhammad Habibulloh vafot etadi. Endi ayrim manbalarda Xalifa Navro‘z Keshiy, Xoja Lutfulloh, Boborahim Mashrab, Xalifa Jonmu- hammad kabi tarixiy shaxslarning So‘fi Olloyor bilan bog‘liq munosabati aks eta boshlaydi. Muallif «Maxzanul mute’in», «Murodul orifin», «Sabotul ojizin» kabi asarlarini 1700-1724 yillar oralig‘ida yozgan. Shu davrlarda Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Buxoro, Kesh, Nasaf, Qoratikan kabi shahar va mavzelarda yashagan. Umrining oxirgi damlarini esa Vaxshivor qishlog‘ida o‘tkazib, 1724- yili olamdan o‘tgan.
Soʻfiy Olloyor oʻzbek mumtoz adabiyotida tasavvuf adabiyoti anʼanalarini izchil davom ettirib, oʻziga xos maktab yaratgan adib, shoir va mutafakkirdir. Soʻfiy Olloyor dastlab Shayxlar qishlogʻidagi masjid qoshidagi maktabda, soʻng Buxorodagi madrasalarda taʼlim olgan. Madrasani tugatgandan keyin Joʻybor shayxlari qoʻlida tahsil koʻrgan. Soʻng Soʻfi Olloyor maʼlum bir muddat Buxoroda Abdulazizxon saroyida soliq yigʻuvchi boʻlib ishlagan. Lekin tabiatan rahmdil, koʻngilchan Soʻfi Olloyor bu ishda koʻp ishlamadi. Boylik orttirmadi. Ilm olishga, tasavvufni chuqur oʻrganishga, badiiy ijodga qattiq kirishib ketadi. Tinmay ijod etadi. Bunga ham qanoat qilmay oʻzidan bir pogʻona yuqori turgan mashhur mutasavvuf shayx Habibullohga shogird tushadi. Oʻn yildan keyin shayxlik martabasiga koʻtariladi.
Mutasavvuf shoir bu davr ichida “Maslak ul-muttaqiyin”, “Sabot ul-ojizin”, “Murod ul-orifin”, “Siroj ul-ojizin”, “Mahzan ul-mute’in”, “Najot ut-tolibin” kabi diniy-falsafiy asarlar yaratdi. Soʻfi Olloyorning bu asarlarida Qurʼoni karim oyatlari, Hadisi sharif hikmatlari va tasavvuf gʻoyalari ajib bir tarzda uzviy bogʻlanib ketgan. Faylasuf shoir ojizlarga, yoʻldan ozganlarga hidoyat va najot yoʻlini koʻrsatib beradi. Toliblarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi. Insof-u adolatni, halollik va toʻgʻrilikni, oriflik, oshiqlik, xilvat va uzlatni toʻlib toshib kuylaydi, nafs va xudbinlikni qattiq tanqid qiladi. Dunyo lazzatlaridan voz kechib, oʻzni Haqning inon-ixtiyoriga topshirish falsafasini ilgari suradi..
Soʻfi Olloyor oʻzbek adabiyoti tarixida tasavvuf taʼlimotini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan shoirdir. U oʻz sheʼrlarida soʻfiylikning axloqiy masalalarini keng targʻib qildi. Odam faqat shu yoʻl bilan haqiqat va komillikka erishadi, degan falsafani olgʻa surdi. Soʻfi Olloyor asarlarini fors, arab tillarini puxta bilgan holda sodda oʻzbek tilida yozdi. Shuning uchun shoir asarlari xalq ommasi orasida keng tarqalgandir. Shoir asarlari Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yoʻli bilan bir qancha marta bosilib chiqqan.
Olloyorning “Maslakul-muttaqiyn” (“Taqvodorlar maslagi”), “Sabotul-ojizin”, “Maxzanul-mute’in” (“Mute’lar xazinasi”), “Murodul-orifin” asarlari mavjud. “Bayozi alamkash”da yetmishdan ortiq she’ri bor. So’fi Olloyorning mashhur asari “Sabotul-ojizin” bo’lib, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda chop etilgan. Bir necha marta sharhlar yozilgan. Asar dastlab fors-tojik tilida yozilgan. Keyinchalik So’fi Olloyorning o’zi uni o’zbek tiliga she’riy uslubda tarjima qilgan. Hajmi 12.000 baytdan ortiq “Sabotul-ojizin” asarining tuzilishi ham o’ziga xos.
“Maslakul-muttaqiyn” asari naqshbandiya tariqati mujadiddiya qo’li (tarmog’i)ning nazariy manbasi hisoblanadi. Unda suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan.
Jahon matnshunosligi va adabiy manbashunosligida So‘fi Olloyor adabiy merosi, xususan, «Sabotul ojizin» asari matnini o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: So‘fi Olloyor biografiyasi, asarlarining tarkibiy tuzilishi haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilgan, jahon fondlarida mavjud qo‘lyozma va toshbosma nusxalari asosida «Sabotul ojizin»ning tabdil variantlari yaratilgan (Istanbul Üniversitesi (Turkiya), University of Peshavar (Pokiston), Boshqird davlat pedagogika universiteti (Rossiya), umuminsoniy intellektda Sharq tafakkur tarzi, xususan, tasavvufni ta’limot va falsafa maqomida o‘rganish, tasavvuf ta’limoti asoslari, tasavvufning tarmoqlanish sabablari ochib berilgan; psixologik omillar bilan bog‘liq bu holat adabiy matnlarga munosabat va talqin masalasida yangicha nazariy-metodologik yondashuvlar tizimini belgilagan (University of Washington Rress (AQSH), University of Amsterdam (Niderlandiya), Toronto School of Theology (Kanada), Istanbul Üniversitesi (Turkiya), Qozoq milliy universiteti (Qozog‘iston), mumtoz adabiy manbalar tadqiqida editsion metodning afzalliklari, ishonchli matnni tiklashda germenevtikaning ahamiyati, ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlashda ilmiy ko‘rsatkichlarning o‘rni aniqlangan (Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (Rossiya), Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi tarixi instituti (Ozarbayjon) Samarqand davlat universiteti); mumtoz adabiy manbalarga oid tadqiqotlarningishonchli ilmiy-tanqidiy matn asosidaqilinganda fundamental tadqiqot darajasiga yetishi asoslangan (Istanbul Üniversitesi (Turkiya), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi).
Dunyo matnshunosligi va adabiy manbashunosligida muayyan adabiy manbani kompleks o‘rganish bo‘yicha qator, jumladan, quyidagi ustivor yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: tasavvuf tariqatlari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash; muallif shaxsi va uning asariga taalluqli masalalarni ijtimoiy omillar bilan bog‘liqlikda ochib berish; muayyan mumtoz adabiy manbaning ilmiy-tanqidiy matnini to‘la ilmiy ko‘rsatkichlar asosida tavsiflangan.
Jahon adabiyotshunosligi va matnshunosligida So‘fi Olloyor shaxsi va uning «Sabotul ojizin» asari bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar tasavvuf adabiyotini o‘rganish kontekstida olib borilgan. Tasavvuf ta’limoti bilan shug‘ullanuvchi olimlar So‘fi Olloyorni XVII-XVIII asr Movarounnahr tasavvuf adabiyotining bir vakili sifatida taniydi. Jumladan, «Sabotul ojizin» asari va uning sharhi bilan bog‘liq tadqiqotlar2, tasavvuf ta’limoti va an’analari o‘rganilgan ilmiy maqolalarda3 ayni xususiyatlar bayon etilgan.
«Sabotul ojizin»ning o‘rganilish tarixini shartli ikki davrga: XIX–XX asrlarda qilingan ishlarni qamrovchi ilk davr va mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlarni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy davrga ajratish mumkin. Ilk davr tadqiqotlari «Sabotul ojizin» matnining ayrim qismlariga izoh va to‘la sharhlar shaklidadir. Matnning qo‘lyozma nusxalarni ko‘paytirish jarayonida ayrim so‘zlar, ba’zan baytlar hoshiyada izohlab ketilgan. Bu hol XIX asr toshbosma nusxalarida ko‘proq kuzatiladi
Shuningdek, bu davrda «Sabotul ojizin»ning ilk to‘la sharhlari – «Risolai Aziza», «Irshodul o’izin», «Hidoyatut tolibin» kitob holida nashr qilingan. Zamonaviy davr tadqiqotlari matnni qo‘lyozma va toshbosma
nusxalar asosida turli hajmdagi muqaddimalar bilan nashr qilish, sharhlash, shuningdek, adabiyotshunoslik, tilshunoslik yo‘nalishida tahlil qilish orqali amalga oshirilgan.
So‘nggi yillarda bu borada keng, ko‘lamli ishlar qilindi:«Sabotul ojizin» asari asliyat asosida eski o‘zbek imlosidan tabdil qilinib, bir necha marta nashrdan chiqdi.4 Asarning «Risolayi Aziza» va «Hidoyatut tolibin» nomli sharhlari, fors tilida bitilgan «Maslakul muttaqin» asari tarjimasi chop etildi,5 adabiyotshunoslik va tilshunoslikda So‘fi Olloyor ijodi bilan bog‘liq tadqiqotlar yuzaga keldi.
Mazkur ishlar So‘fi Olloyor ijodi haqida muayyan tasavvur paydo qiladi, ammo adib shaxsini, uning ilmiy-adabiy merosini butun mohiyati bilan anglash uchun yetarli emas. Ularda ijodkorning tarjimai holiga oid ishlarda izchillik, aniqlik, yaxlitlikdan ko‘ra birinchi uchragan, tekshirilmagan, ko‘pincha taxminlarga asoslangan, o‘zaro bog‘lanmagan, tarqoq xabarlar bayoni ko‘zga tashlanadi.
«Sabotul ojizin»ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash jarayonida to‘plangan ilmiy tajribalarga suyanib, O‘zRFASHI fondida saqlanayotgan, turli davrlarda ko‘chirilgan 94 ta qo‘lyozma, 61 ta toshbosma va shaxsiy kutubxonalarda mavjud matnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida asarning dastlabki ishonchli matni kitobxonlarga taqdim qilingan;
tadqiqot natijalari asosida «Sabotul ojizin» germenevtikasining tadrijiy tarixi davom ettirilib, to‘la ilmiy ko‘rsatkichlar va mukammal izohli lug‘at bilan ta’minlangan yangi zamonaviy sharh – «Ravoyihur rayhon» (60 b.t.)ning birinchi kitobi ilmiy istifodaga kiritilgan
«Sabotul ojizin»ning matn tarixini tiklash, ilmiy-tanqidiy matnning ishonchliligini ta’minlashga yordam beradigan xususiyatlar o‘rganilib, manbalarda turlicha qayd etilgan muallif adabiy merosi yuzasidan ilmiy xulosalar keltirilgan, har bir asarning maqsadi aniqlangan, to‘la tarkibiy tuzilishi tavsiflangan. «Murodul orifin»da So‘fi Olloyor asarlari qanday ketma-ketlikda yaratilgani aytilib: «Do‘stlar maslahati bilan «Maslakul muttaqin», so‘ng «Sabotul ojizin», so‘ngra «Maxzanul mute’in» yozilganidan keyin din muhiblari e’tiqodga muvofiq, tasavvuf va hidoyat yo‘li haqida bir kitob yozishimni iltimos qildilar», –deydi. Demak, «Murodul orifin» adibning oxirgi, to‘rtinchi kitobidir.7
Adibning boshqa asarlari qo‘lyozmalari fanda ma’lum bo‘lgani holda «Maxzanul mute’in» haqida yaqin-yaqingacha8 «nusxasi topilmagan» degan ma’lumot bilan cheklanilgan. Dissertatsiyada birinchi marta bu asar mufassal izohlangan. «Maxzanul mute’in»da aqoid va fiqhning 30 ga yaqin mavzulari 40 dan ortiq manbalardagi ayni mavzuga qiyosan o‘rganilgan, yechimlar o‘zaro taqqoslangan. Ma’lumki, bu jarayon ko‘proq ilmiy tafakkur izmida kechadi. Mazkur jarayonda So‘fi Olloyor bilim zaxirasi «Maxzanul mute’in» misolida tizimga solingan. Natijada asar muallif uchun tahsiliy ahamiyat kasb etgan. Forscha «Murodul orifin» axloqiy komillik targ‘ibiga oid tasavvuf kitobidir. «Sabotul ojizin» esa mazmun va tuzilishiga ko‘ra aqoid kitobi bo‘lib, unda aqida masalalari bilan birga sof insoniy fitrat va axloqiy fazilatlar go‘zal hikmatlar, ibratli hikoyatlar orqali vasf etilgan. Hazaji musaddasi maxzuf mafoilun mafoilun faulun (v– – –v– – –v– –) da bitilgan 1680 baytlik bu asar har biri alohida mavzu bilan ajralib turuvchi 81 ta manzumadan tashkil topgan. Asar tarkibiy tuzilishini ayrim tashqi va ichki belgilaridan kelib chiqib, shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: 1) aqida ilmiga oid mavzular bayoni; 2) hikoyatlar; 3) munojotlar; 4) nasihatlar.
«Sabotul ojizin»ning o‘rganilish tarixi shartli ravishda ilk davr (XIX–XX asrlar) va zamonaviy davr (mustaqillik yillari)ga ajratilgan. Ilk davr tadqiqotlari «Sabotul ojizin» matnining ayrim qismlariga izoh va to‘la sharhlar («Risolai Aziza»,«Irshodul o’izin»,«Hidoyatut tolibin») tarzidadir. Ikkinchi bob to‘la sharhlar tadqiqiga bag‘ishlangani uchun mazkur faslda har uchala sharhning tarkibiy tuzilishidagi o‘xshash va farqli jihatlari muxtasar bayon qilingan, bu o‘xshashlik va farqlarning sabablari, ularning qonuniy asoslari navbatdagi boblarda tadqiq qilinishiga zamin hozirlangan. Zamonaviy davr tadqiqotlari matnni qo‘lyozma va toshbosma nusxalar asosida turli hajmdagi muqaddimalar bilan nashr qilish, sharhlash va adabiyotshunoslik, tilshunoslik, matnshunoslik yo‘nalishida o‘rganish orqali amalga oshirilgan. Zamonaviy davr tadqiqotlarining ko‘lami ancha keng bo‘lgani uchun ushbu faslda ularning deyarli har biriga mavzu nuqtai nazaridan munosabat bildirilgan. «Саботул ожизин»нинг тадқиқотга жалб этилган қўлёзма ва тошбосма нусхалари жами бир юз етмиштани ташкил этиб, шулардан бештаси шарҳлар учун танланган матнлардир. 170 та нусхадан 47 тасининг йили номаълум, 128 та нусханинг аниқ ва тахминий даври белгиланган. 128 та қўлёзма ва тошбосма китобдан 12 таси – XVIII асрга, 72 таси – XIX асрга, 44 таси – XX асрга тааллуқли. Asarning O‘zRFASHI va jahon fondlaridagi, shuningdek, shaxsiy kutubxonalardagi 200 ga yaqin qo‘lyozma va toshbosma nusxalari tadqiqotning umumiy murojaat manbalari sanalib, ularda matn tarixi bilan bog‘liq anchagina ma’lumotlar saqlangan. Ushbu ma’lumotlarning muayyan tizimdagi tasnifiga asoslangan matn tadqiqi bir necha bosqichda kechadigan «qiyoslash va saralash» usulidan boshlanadi:
1. «Sabotul ojizin» nusxalari paleografik tekshiruv natijalari asosida sanalar bo‘yicha uch qismga ajratildi (XVIII asr; XIX asr; XX asr).
2. Har uchala guruh qo‘lyozmalarining xati solishtirildi.
3. Sanalar bo‘yicha ajratilgan har bir qo‘lyozma matni to‘liqligiga ko‘ra qiyoslandi.
4. O‘zaro qiyos natijasida saralangan nusxalarning «matn butunligi» aniqlandi.
Ishonchli matnni tiklash silsilasi o‘zaro bog‘langan uch halqadan tashkil topgan. Birinchi halqadagi uch manba – A1074, S2, HT asos nusxalar deb nomlanib, matn asosini tashkil etgan. Asos nusxalarning avvalgi ikkitasi hozirgi kunda eng qadimiy hisoblangan qo‘lyozmalardir. Ikkinchi halqadagi uch manba – A1074, 2061, IO20 faol nusxalar degan nom bilan matndagi muhim tafovutlarni ko‘rsatishga xizmat qilgan. Uchinchi halqadagi olti manba – V4149, S1420, V317, S161, S1, RA21 yordamchi nusxalar deb atalib, zarur o‘rinlarda ikkinchi darajali farqlarni aks ettirgan. Tanlangan manbalarning aksari husnixat bilan yozilgani, saqlanish holati sifatli ekaniga qaramay, matn to‘liqligi borasida farqlanadi. Qiyoslash jarayonida tanlangan nusxalarning boshqa nusxa matnlarida uchramagan yangi baytlari aniqlandi. Matbaachilik taraqqiyoti qo‘lyozma manbalarni nashr qilish qonun-qoidalarini ishlab chiqish va buning uchun matnshunoslik ilmining tarkibiy qismi editsion tadqiq tizimidan xabardor bo‘lish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Matnshunos o‘zi o‘rganayotgan qo‘lyozmaning turli nusxalarini qo‘lga kiritar ekan, uning oldida «qaysi nusxa nashr qilishga loyiq» degan savol tug‘iladi: qadimiyrog‘imi yo zamonaviyrog‘i, to‘lig‘imi yoki noqisi, xushxatimi yo badxatrog‘i? Bu savollarga javob topish nazariy jihatdan oson ko‘rinsa-da, ularning amaliy tatbiqi yengil kechmaydi
Har doim ham qadimiyroq nusxa zamonaviyrog‘idan yoki to‘lig‘i noqisidan yetakchi bo‘lolmaydi, balki buning aksi bo‘lishi mumkin.
Eng serzahmat jarayon matn tahqiqidir. Tahqiq jarayoni matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashdan iborat. Bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi olim sharqda muhaqqiq deyilgan. Manbashunoslar Abdussator Abdulhaq Halujiy25 va Bashshor Avvod Ma’ruf26ning xabar berishicha, qo‘lyozma asarlar tahqiqi bo‘yicha soha olimlarining fikri xilma-xil: 1) muhaqqiq uchun muhimi, bir nechta nusxani o‘rganish bilan chegaralanish, ular ichidan bitta nusxani tanlab, o‘rtadagi farqlarni ko‘rsatib nashr qilish; 2) muhaqqiqning vazifasi tahqiqda muqobil nusxalar bilan chegaralanib qolish emas, balki qaysi nusxa matni qaysisidan kelib chiqqanini aniqlash va shu yo‘l bilan asliyatni tiklashdir; 3) tahqiq jarayoniga imkon qadar ko‘proq nusxalarni jalb qilish lozim. «Matn aniqligi» (ضبط المتن )ni shart qilib qo‘ygan bu olimlar fikricha, g‘oyat darajada aniqlikka erishish uchun, zarurat bo‘lsa, matnni isloh qilish, izohlovchi qo‘shimchalar bilan mazmunni ochish, har bir holatga ta’rif berish kerak.
Bu qarashlar yangi savollar tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Tuzatishlar, qo‘shimchalar, izohlar kattalashib, hajmi kitob matnidan ham oshib ketsa, matnga aloqador fikrlar hoshiyada (matn ostida) zikr qilingani yaxshimi yoki asl matndan ajratilib, alohida, mustaqil qism sifatida berilganimi? Shuningdek, matnning nuqson va xatolarini tuzatib taqdim etgan yaxshimi yo matnni qanday bo‘lsa, shundayligicha berib, xato yoxud to‘g‘ri variantlarni hoshiyada ko‘rsatgan afzalmi?
Matnning nuqson va xatolarini tuzatib taqdim etish yoki matnni qanday bo‘lsa shundayligicha berib, xato yoxud to‘g‘ri variantlarni hoshiyada ko‘rsatish masalasida ilmiy-tanqidiy matn tayanch qo‘lyozmaning izmiga imkon qadar bo‘ysundirilgani ma’qulroq. O‘rni kelganda tayanch nusxaga ham tanqidiy nazar bilan yondashiladi. Bunday holda mazmun taqozo etgan boshqa nusxalar tayanch nusxadan afzal sanaladi. Soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan ilmiy nashrlarda muallif hayotligida ko‘chirilgan qadimiy nusxaning ishonchliligi asoslansa, matnni qanday bo‘lsa, shundayligicha berib, xato yoxud to‘g‘riligi taxmin qilinayotgan variantlarni hoshiyada ko‘rsatgan afzal. Ommaviy nashrlarni esa tuzatilgan matn asosida, matnga turli ilmiy ko‘rsatkichlarni qorishtirmasdan, agar lug‘at va izohlarga hojat bo‘lsa, ularni kitob oxiriga ilova qilish yo‘li bilan chop qilish maqsadga muvofiq.
Ishonchli ilmiy-tanqidiy matn ommaviy nashr uchun ham, filologik tadqiqotlar uchun ham keng imkoniyatlar va boy ma’lumotlar beruvchi birlamchi manba. Mumtoz matnlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xoh ommaviy, xoh ilmiy yo‘nalishda bo‘lsin, birlamchi manbani chetlab o‘tar ekan, erishilgan natijalar muvaqqat xarakterga ega bo‘lib qoladi. Buning oldini olish uchun mumtoz adabiy manbalar yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlar qat’iy fundament – ilmiy-tanqidiy matnga asoslanishi shart.
ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashning barcha manbalar uchun bir xil umumiy qonuniyatlari bilan birga, har bir manba tadqiqida yuzaga chiqadigan spetsifik xususiyatlari ham mavjud. Umumiy qonuniyatlar ko‘p nusxali matnlarni o‘zaro qiyoslab saralash, saralangan nusxalarni o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra guruhlash, guruhlardagi yetakchi qo‘lyozmalar asosida tayanch yoki asos nusxani tanlash bilan belgilansa, spetsifik xususiyatlar muayyan adabiy manba yo‘nalishi va tabiatidan kelib chiqib, uning ilmiy apparatini shakllantirish bilan bog‘liq.
Shu ma’noda «Sabotul ojizin» ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash ham bu borada orttirilgan tajribalarning davomi o‘laroq, o‘zining umumiy va xususiy jihatlariga ega. Asos nusxalarni belgilash bilan bog‘liq umumiy qonuniyatlar dissertatsiyada batafsil bayon qilingan, asar ilmiy-tanqidiy matnining o‘ziga xos xususiyatlari matnga ilova qilingan ilmiy apparatda aks etgan. Matnshunoslikda ilmiy apparat tushunchasi matn tarkibini detallashtirib, har bir qismni ilmiy ko‘rsatkichlar orqali izohlashni anglatadi. Ishning nazariy qismiga ilova tarzida keltirilayotgan ilmiy apparat jarayonning ilmiy ko‘lami haqida bir butun tasavvur uyg‘otadi, tadqiqotning yakuniy ko‘rgazmali maketi vazifasini o‘taydi.
«Sabotul ojizin»ning ilmiy-tanqidiy matni va unga tuzilgan to‘la ilmiy ko‘rsatkich» deb nomlanib, to‘rt bo‘limdan tarkib topgan. Birinchi bo‘limda ilmiy-tanqidiy matn qoidaga ko‘ra, avval asliyat yozuvida – nasta’liq xatida, so‘ng joriy imloda taqdim etilgan. Asos, faol, yordamchi nusxalardan iborat har uchala halqaga kiruvchi qo‘lyozmalardagi farqlar matn ostidagi havolada
ko‘rsatib borilgan. Ilmiy-tanqidiy matn turli davrga oid bir nechta nusxaga asoslangani uchun matn islohi jarayoni faqat yetakchi qo‘lyozmadan mexanik ravishda nusxa ko‘chirish yo‘li bilan emas, balki qiyosiy-mantiqiy dalillash orqali kechgan. Ammo mantiqiy dalillash metodi matnshunoslik tadqiqida qanchalik zarur hisoblanmasin, qo‘lyozmada aks etgan real tarixiy matnga nisbatan ikkilamchi xarakterdadir. Ham mazmun, ham badiiy mantiq talab qilayotgan so‘z matnshunosga nechog‘li muvofiq ko‘rinmasin, qadimiy nusxa matnidan farqlanar ekan, natija ilmiylikdan yiroqlashadi. Ilmiy-tanqidiy matnning ishonchliligi ayni jarayonda o‘ziga ma’qul bitta qo‘lyozma, bitta nusxa, bitta matn atrofida o‘ralashib qolmay, ta’sirlardan yuqori turib, farqlarga ob’ektiv nazar bilan qarashga bog‘liq. Matnshunos har tomonlama asoslangan ilmiy-tanqidiy matnni tiklar ekan, bu bilan u go‘yo muallif matnini taqdim qiladi. Matnshunos olim N.Jabborovning fikricha, «Matnning muallif ishtirokisiz amalga oshirilgan har qanday tahriri esa asar mohiyatiga zarar yetkazishi jihatidan maqsadga muvofiq emas
Download 48.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling