Mavzu: Gloss konyektura va interpolyatsiya


Download 2.57 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi2.57 Kb.
#1565882
Bog'liq
“Devoni hikmat” da shariat va tariqat ahkomlari-fayllar.org


“Devoni hikmat” da shariat va tariqat ahkomlari

Mavzu: Gloss konyektura va interpolyatsiya

Reja:


  • Manbalarning janriy o`ziga xosliklari.

  • Gloss, konyektura va interpolyatsiyalar haqida.

Qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, konkretlashtiruvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, Qur’oni karim oyatlari yoki hadislardan shu munosabat bilan keltirilgan misollar matnshunoslikda gloss deb ataladi. Ular asosiy matndan alohida bo‘lib, umumiy mazmunni to‘ldirishga xizmat qiladi.


Zamonaviy matnshunoslikda izohlar nomi ostida keltiriladigan barcha ma’lumotlar glossga taalluqlidir. Qadimiy manbalarda ularni sahifadagi asosiy matn hoshiyasida yozish rasm bo‘lgan. Ammo qo‘lyozmadan nusxa ko‘chirish jarayonlarida ayrim xattotlar hoshiyadagi bitiklarni asosiy matnga qo‘shib yuborgan holatlar ham uchraydi. Bunday o‘zboshimcha tahrir interpolyasiya deyiladi. Interpolyasiyani asosiy matndan ajrata olish matnshunos oldida turgan murakkab vazifalardandir.
Gloss – qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, aniqlik kirituvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, oyat va hadislarning hoshiyadagi tafsirlari.
Gloss

Konyektura

Konektura - matn kontekstidan kelib chiqib, matndagi xato yozilgan orinlar yoki oqib bolmas darajada ochib ketgan soz va jumlalarni matn mantigidan kelib chiqib tiklash. Konektura beixtiyor yoki etiborsizlik oqibatida yol qoyilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qollanadi.


Interpolyatsiya

Interpolyatsiya – hoshiyadagi bitiklarning asosiy matnga qo‘shib yuborilishi. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyatsiyani aniqlash mumkin. Shuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyatsiyani ajratib olish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:


  • Lixachev D.S. Tekstologiya. M.-L.: ANS. 1962.

  • Sh.Sirojiddinov, S.Umarova. Ozbek matnshunosligi qirralari. T.: Akademnashr. 2015. 122 b.

  • Zufarov T. Xat talimi. T.: Meriyus, 2010..


http://fayllar.org
Download 2.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling