Kunlardan bir kun inson fel-atvorlari bir-birlari bilan kelisholmay qolishdi


Download 9.1 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi9.1 Kb.
#206713
Bog'liq
Kunlardan bir kun inson fel


Kunlardan bir kun inson fel-atvorlari bir-birlari bilan kelisholmay qolishdi. Va buning oqibatida insonning ichida g’alayon boshlandi, uning hayot tarzi izdan chiqdi. Shunda aqllilik bu holni tuzatish uchun barcha fel-atvorlarni yig’ib, shunday taklif bildirdi. “Biz o’zimiz uchun boshliq tayinlashimiz lozim. Buning uchun kurash musobaqasi o’tkazamiz va g’olib chiqqan fel-atvor hammamiz ustidan hokim bo’ladi”. Bu taklif barchaga maqul keldi. Shundan so’ng ular ikki guruhga Oq kiyimlilar va Qora kiyimlilarga bo’linib musobaqalashmoqchi bo’lishdi. Bunga ko’ra Botirlik, Rostgo’ylik, Yuvvoshlik, Donolik, Halollik kabi yaxshi fellar oq kiyimlilar jamoasiga, Ablaxlik, Yolg’onchilik, Qing’irlik, Badnafslik kabi yomon fellar qora kiyimlilar jamoasiga birlashdilar.

Oq kiyimlilar o’zlariga Yaxshilikni, qora kiyimlilar esa Yomonlikni murabbiy qilib tayinlashdi. Ikki jamoa baxsini olib boorish uchun Adolatlilik hakam qilib tayinlandi.



Musobaqaning avvalida oq kiyimlilar qo’li baland kelayotgan edi. Lekin qora kiyimlilarning yengilmas polvoni Badnafslik davraga tushgandan so’ng oq kiyimlilar yutqaza boshladi. Xatto Botirlik ham yengildi. Va ular jamoasida birgina ishtirokchi halollik qoldi. Halollik bilan Badnafslik uzoq kurashdi. Axiri Holollik g’olib bo’ldi. U qora kiyimlilarning qolgan polvonlarini ham yengdi. So’ng uni hokim qilib tayinlashdi. U o’z yoniga Adolatlilik, Yaxshilik, Botirlik kabi yaxshi fel-atvorlarni olib, uzoq yillar inson jismini chiroyli tarzda boshqardi.

Qissadan hissa shuki- boshliqlik lavozimiga o’tirgan har bir odam avvalo halol bo’lsin. Yo’qsa nafsning hiylalariga bardosh berolmaydi.
Download 9.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling