Kuntartibi mustaqillikka erishish ostonasida


Prezident Shavkat Mirziyoev «Yangi O‘zbekiston» qanday bo‘lishi haqida gapirdi «Bizning maqsadimiz aniq va ravshan


Download 37.37 Kb.
bet3/8
Sana26.01.2023
Hajmi37.37 Kb.
#1124721
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bayonnoma 1 (3)

Prezident Shavkat Mirziyoev «Yangi O‘zbekiston» qanday bo‘lishi haqida gapirdi «Bizning maqsadimiz aniq va ravshan.
Yangi O‘zbekiston:
➖ har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;
➖ odamlar o‘z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan;
➖ hamma uchun adolatni so‘zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bo‘lgan;
➖ tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan Davlat, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi», — dedi davlat rahbari.
Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan nutqida Shavkat Mirziyoev 2026 yilgacha eng avvalo e’tibor qaratiladigan 5 ta asosiy sohani sanab o‘tdi:
1️⃣ Birinchidan - ta’lim.
2️⃣ Ikkinchisi — sud.
3️⃣ Uchinchisi — tadbirkorlik.
4️⃣ To‘rtinchisi — sog‘liqni saqlash.
5️⃣ Beshinchisi — aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash.

  1. Ajdodlar jasorati yoshlarga ibrat. (“Chinakam mardlik va Vatanga cheksiz sadoqatning yorqin timsoli” – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida)

“Jaloliddin Manguberdi el-yurt istiqloli uchun kurashgan, shu yo‘lda aziz jonini qurbon qilgan ajdodlarimizning buyuk namoyandasidir. Ona yurtga muhabbat va sadoqat, or-nomus va shon-sharaf bobida Jaloliddin Manguberdiga teng keladigan ulug‘ shaxslar dunyoda kamdan-kam uchraydi”
Shavkat Mirziyoev
Fidoyi olim va adiblarning ilmiy-ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, Jaloliddin Manguberdining qahramonlik tarixini to‘laqonli yoritib beradigan ilmiy ensiklopediya yaratish muhim vazifa ekani qayd etildi.
Chaqmoqdek qisqa umri mobaynida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat, yuksak harbiy salohiyatni namoyon etib yashagan Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak, arziydi. Ishonaman, oradan yillar, asrlar o‘tadi, Sulton Jaloliddin hamisha yurtimizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, unga farzandlik mehri, iymon-e’tiqod bilan xizmat qilishning o‘chmas timsoli bo‘lib qoladi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoev.
Bayonnoma rasmiylashtiruvchi: M. Xidirova

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 619-20guruhi talabalarining Mustaqillik darsi


B A Y O N N O M A S I

5.09.2022y Jizzax shaxri


Qatnashdilar: M. Xidirova
619-20 guruh talabalari

K U N T A R T I B I




  1. Download 37.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling