Kup kanalli uzatish tizimining umumiy tuzilish sxemasi
Download 117.44 Kb.
|
1 2
Bog'liqmaruza-4
Kanallar o’rtasidagi o’zaro o’tuvchi xalaqitlar Uzatishda kanal signallarini Mi shakllantirish kurilmalari va qabul qilishda kanal signallarini Fi ajratish
kurilmalarining ideal tarzda ishlamasligi oqibatida ko’p kanalli uzatish tizimlarining qabul qiluvchi qismida kanallar o’rtasida o’ziga xos o’zaro o’tuvchi xalaqit yoki o’zaro xalaqit vujudga keladi. Guruxli (ko’p kanalli) signalni uzatish qurilmalaridagi chiziqli yoki nochiziqli buzilishlar bunday xalaqitlarning sababchisi bo’lishi mumkin. Kanal signallarini Mi shakllantirish qurilmalarining ideal tarzda ishlamasligi, Si kanal signallarining taqribiy shakillanishiga olib keladi. Uzatish traktlaridagi buzilishlar va mulьtiplikativ xalaqitlar kanal signallarining shaklini ham o’zgartiradi, eltuvchi signallarning ortogonallik sharti buziladi. Natijada qabul qilish qurilmasining kirishiga kelib tushuvchi kanal signallari ajratish shartlarini taqribiy qanoatlantiradi xolos. Fi ajratish qurilmasini ideal tarzda ishlamasligi signallarni ajratish algoritmining aniq amalga oshirishga imkon bermaydi. Bularning hammasi kanallararo yoki o’zaro o’tuvchi xalaqitlarning paydo bo’lish sababchisi hisoblanadi. Ko’p kanalli uzatish tizimining sifatini o’zaro o’tuvchi xalaqitlar nukgai nazaridan ta’sir qiluvchi va ta’sirga duchor bo’lgan kanallar o’rtasidagi o’zaro o’tuvchi so’nish deb ataluvchi so’nish kattaligi bilan tavsiflash mumkin. O’zaro o’tuvchi ta’sirlarni baholash uchun 3-rasmni ko’rib chiqaylik, bu yerda quyidagi belgilashlar qabul qilingan: G- ta’sir qiluvchi i -kanalning kirishiga ulangan o’lchash signali generatori; Zko—ta’sirga duchor bo’lgan k -kanal kirishidagi yuklama qarshiligi; Ziyu- i -kanal chiqishidagi yuklama qarshiligi; Zkyu - k - kanal chiqishidagi yuklama qarshiligi; Wi-ta’sir qiluvchi kanal chiqishidagi signal quvvati; Wki -ta’sirga duchor bo’lgan kanal chiqishidagi signal quvvati. Yuqorida aytib o’tilgan sabablar tufayli vujudga kelgan o’zaro o’tuvchi xalaqitlarning so’nishi kuyidagiga teng bo’ladi: Aik = 10 . (2.1) Aik so’nishni kanalning o’zaro o’tuvchi xalaqitlardan himoyalanganligi ham deyiladi. Bu kattalikni bilish o’zaro o’tuvchi xalaqitning quvvat kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash imkonini beradi: = , mVt. (2.2) 3-rasm. Uzaro o’tuvchi xalaqitlarning so’nishini aniqlashga oid. Ko’p kanalli uzatish tizimlarini tashkil qilishda hal qilinadigan asosiy masalalardan biri kanallar o’rtasidagi o’zaro o’tuvchi xalaqitlar kattaliklarining ularning joiz kattaliklaridan oshib ketmaslik shartlarini ta’minlashdan iboratdir. Ushbu kattaliklar har bir aniq holatda signallarning ko’rinishiga, uzatish tizimining maqsadi va aloqa sifatiga qo’yilgan talablarga qarab aniqlanadi. Guruxli yoki ko’p kanalli signal uzatish traktining berilgan ma’lum tavsiflarida eltuvchilar turi va o’zaro o’tuvchi xalaqitlardan himoyalanganlikning maksimal qiymatini ta’minlovchi ularning ajratish va axborot parametrlarini tanlash masalasi qo’yilgan bo’lishi mumkin. Ko’p kanalli uzatish tizimlari tashkil qilinayotganda kanallarni har xil modulyatsiya turlari asosida vaqt bo’yicha va chastotaviy ajratish ko’proq tarqalgan. Download 117.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling