Kup kanalli uzatish tizimining umumiy tuzilish sxemasi


Download 117.44 Kb.
bet2/2
Sana29.03.2023
Hajmi117.44 Kb.
#1307654
1   2
Bog'liq
maruza-4

Kanallar o’rtasidagi o’zaro o’tuvchi xalaqitlar Uzatishda kanal signallarini Mi shakllantirish kurilmalari va qabul qilishda kanal signallarini Fi ajratish
kurilmalarining ideal tarzda ishlamasligi oqibatida ko’p
kanalli uzatish tizimlarining qabul qiluvchi qismida kanallar o’rtasida o’ziga xos o’zaro o’tuvchi xalaqit yoki o’zaro
xalaqit vujudga keladi. Guruxli (ko’p kanalli) signalni uzatish
qurilmalaridagi chiziqli yoki nochiziqli buzilishlar bunday
xalaqitlarning sababchisi bo’lishi mumkin.
Kanal signallarini Mi shakllantirish qurilmalarining
ideal tarzda ishlamasligi, Skanal signallarining taqribiy
shakillanishiga olib keladi. Uzatish traktlaridagi buzilishlar va
mulьtiplikativ xalaqitlar kanal signallarining shaklini ham
o’zgartiradi, eltuvchi signallarning ortogonallik sharti buziladi.
Natijada qabul qilish qurilmasining kirishiga kelib tushuvchi
kanal signallari ajratish shartlarini taqribiy qanoatlantiradi
xolos. Fi ajratish qurilmasini ideal tarzda ishlamasligi
signallarni ajratish algoritmining aniq amalga oshirishga
imkon bermaydi. Bularning hammasi kanallararo yoki o’zaro o’tuvchi
xalaqitlarning paydo bo’lish sababchisi hisoblanadi.
Ko’p kanalli uzatish tizimining sifatini o’zaro o’tuvchi
xalaqitlar nukgai nazaridan ta’sir qiluvchi va ta’sirga duchor
bo’lgan kanallar o’rtasidagi o’zaro o’tuvchi so’nish deb ataluvchi
so’nish kattaligi bilan tavsiflash mumkin.
O’zaro o’tuvchi ta’sirlarni baholash uchun 3-rasmni ko’rib
chiqaylik, bu yerda quyidagi belgilashlar qabul qilingan: G- ta’sir
qiluvchi -kanalning kirishiga ulangan o’lchash signali generatori;
Zko—ta’sirga duchor bo’lgan -kanal kirishidagi yuklama
qarshiligi; Ziyu-kanal chiqishidagi yuklama qarshiligi;
Zkyu - k - kanal chiqishidagi yuklama qarshiligi; Wi-ta’sir qiluvchi kanal chiqishidagi signal quvvati; Wki -ta’sirga duchor bo’lgan kanal
chiqishidagi signal quvvati. Yuqorida aytib o’tilgan sabablar
tufayli vujudga kelgan o’zaro o’tuvchi xalaqitlarning so’nishi
kuyidagiga teng bo’ladi:
Aik = 10 . (2.1)
Aik so’nishni kanalning o’zaro o’tuvchi xalaqitlardan
himoyalanganligi ham deyiladi. Bu kattalikni bilish o’zaro o’tuvchi
xalaqitning   quvvat kattaligini quyidagi formula orqali
aniqlash imkonini beradi:
 =  , mVt. (2.2)

3-rasm. Uzaro o’tuvchi xalaqitlarning so’nishini aniqlashga oid.
Ko’p kanalli uzatish tizimlarini tashkil qilishda hal
qilinadigan asosiy masalalardan biri kanallar o’rtasidagi o’zaro
o’tuvchi xalaqitlar kattaliklarining ularning joiz kattaliklaridan oshib ketmaslik shartlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu kattaliklar har bir aniq holatda signallarning
ko’rinishiga, uzatish tizimining maqsadi va aloqa sifatiga qo’yilgan talablarga qarab aniqlanadi. Guruxli yoki ko’p kanalli
signal uzatish traktining berilgan ma’lum tavsiflarida
eltuvchilar turi va o’zaro o’tuvchi xalaqitlardan himoyalanganlikning maksimal qiymatini ta’minlovchi ularning ajratish va axborot parametrlarini tanlash masalasi qo’yilgan bo’lishi mumkin.
Ko’p kanalli uzatish tizimlari tashkil qilinayotganda
kanallarni har xil modulyatsiya turlari asosida vaqt bo’yicha va
chastotaviy ajratish ko’proq tarqalgan.
Download 117.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling