Kurakli konveyr yigish
Xavfsizlik choralarini takomillashtirish
Download 85.64 Kb.
|
shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘p noxush hodisalar ishchilar tomonidan mexanizmlar bilan ishlash vaqtida xavfni yuz berishini tuqri baholamaganligidan yoki ular tomonidan xavfsizlik qoidalarini buzganligi oqibatida yuz beradi.
1. Xavfsizlik choralarini takomillashtirish
2. Maxsus talablar Foydali qazilmani qazib olishga tayyorlash, qazib olish jarayonlarini yuqori darajada mexanizatsiyalash, yangi tehnik alarni qo‘llash hozirgi qazib olish masshtablarida uzluksiz ravishda xavfsizlik choralarini takomillashtirishni talab qiladi. Ishlash jarayonida sodir bo‘ladigan jarohatlarning xarakterli ko‘rinishlari konveyer tasmalarini ishlab turganda qo‘l yoki instrument bilan tartibga solishda; tormozlanmagan rotorni ta'mirlashda; metal konstruksiyalarni balanddan tushib ketganda; elektr uskunalarida ishlash chog‘ida; tasmalarni vulkanizatsiyalashda; kabellarni nazorat qilganda sodir bo‘lgan jarohatlar hisoblanadi. Ko‘p noxush hodisalar ishchilar tomonidan mexanizmlar bilan ishlash vaqtida xavfni yuz berishini tuqri baholamaganligidan yoki ular tomonidan xavfsizlik qoidalarini buzganligi oqibatida yuz beradi. Xavfsizlik qoidalariga ko‘ra razrez, karyer va kon ma'muriyati boshliqlari ishchilariga mutaxassisligi bo‘yicha ulardan tilxat olib mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha qo‘llanma (instruksiya) berishlari kerak. Korxonalarga ishga kiruvchilar tibbiy vazirlik ko‘rsatmasiga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va ishga tushmasdan oldin ishlab chiqarishdan ajralgan holda uch kun davomida xavfsizlik tehnik asi bo‘yicha maxsus o'quvni o‘tashlari kerak. Oldin kon korxonada ishlagan yoki boshqa kon korxonadan o‘tgan shaxslar yoki ikki kunlik kursda o‘qishlari kerak. O‘qishning oxirida zarar ko‘rgan kishilarga birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rganishlari hamda tasdiqlangan dasturga ko‘ra komissiyaga imtihon topshirishlari kerak. Komissiyaga shu korxona rahbari yoki uni muovini raislik qiladi. Ishlab chiqarishga yangi texnologiya va mehnat uslublari, shuningdek, qo‘yilgan talablarga o‘zgartirish kiritilganda yoki yangiqoidalar va ko‘rsatmalar kiritilganda hamma ishchilar xavfsizlik tehnikasi bo‘yicha korxonaning rahbari tomonidan tasdiqlangan hajm bo‘yicha qo‘shimcha instruksia o‘tishlari lozim. Korxonada bitta ishdan ikkinchi ishga bir smenadan ko‘p bo‘lmagan muddatga o‘tkazilganda shu ishchi yangi ishchi joyida qo‘shimcha xafvsizlik tehnikasi bo‘yicha instruksia o‘tadilar oldindan o‘quv kursini o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish man etiladi. Karyer va razrezda ishlovchi hamma ishchilar bir yilda kamida ikki marta xafvsizlik tehnik asidan, promsanitariya, changga qarshi kurash, yong‘inning oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha qaytadan instruksia o‘tishlari kerak. Kon va transport mashinalarni boshqarish va elektr uskunalariga tehnik xizmat ko‘rsatish uchun maxsus o‘qish kursini tamomlagan, boshqarish guvohnomasini olgan va xavfsizlik tehnik asi bo‘yicha kvalifikatsion guruppasi bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi. Download 85.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling