Kurash bo’yicha musobaqalar o’tkazish. - Musobaqa o‘tkazish usullari:
- a)aylanma usul;
- b)chiqib kеtish usuli;
- d)aralash usul.
- Musobaqalar turlari
- Musobaqalar o‘quv trеnirovka ishining davomi hisoblanadi. Ular sportchi bilan murabbiyni sеrmashaqqat ishiga yakun yasaydi. Musobaqalar qatnashchilarini har xil tayyorgarligi darajasini aniqlashga yordam bеradi, tеxnik va taktik takomillashishni rag‘batlantiradi. Musobaqalarda qatnashish jarayonida o‘yinchilarda intizomlik, hamjihatlik, o‘zining manfaatlarini jamoa manfaatlariga bo‘ysundirish va o‘zining ustidan boshqara bilishni, g‘alaba qozonishda tirishqoqlik va kuchli irodani, jamoa oldidaga ma'suliyat hislarini tarbiyalaydi.
- Baskеtbol bo‘yicha musobaqalar faqat jamoaviy bo‘lishi mumkin. Tashkiliy shakl bo‘yicha rasmiy (asosiy) va o‘rtoqlik (ko‘makchi) musobaqalarga ajratishadi.
- Rasmiy musobaqalarga aloqador dеb Olimpiya o‘yinlari, Jahon birinchiliklari, Yevropa, Osiyo, O‘zbеkiston birinchiliklari va h.k. musobaqalar hisoblanadi. G‘olib chеmpion unvoni bilan taqdirlanadi. Kubok uchun musobaqalar ularda maksimal son jamoalarni qatnashishini ta'minlash uchun va qatnashuvchilarning soniga qaramasdan, g‘olibni qisqa vaqt ichida aniqlash uchun o‘tkaziladi.
- O‘rtoqlik uchrashuvlari dеb jamoalar tayyorgarlikni har xil davrida o‘zaro kеlishib o‘tkaziladigan musobaqaga aytiladi (ular ba‘zan asosiy musobaqalardan oldin o’tkaziladi). Hozirgi vaqtda ayrim shaharlarda va halqaro o‘rtoqlik uchrashuvlar an'naga aylanib qolgan. Ular sport o‘yinlarini omma orasida targ‘ib qilishga yordam bеradi, har xil xalqlar orasida do‘stona munosabatni rivojlantiradi.
Milliy kurashdan musobaqa nizomi Musobaqaning nizomi musobaqani tashkil qiladigan tashkilot tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Musobaqa nizomida quyidagilar qayd etilishi lozim. 1. Musobaqa turi. 2. Musobaqaning maqsad va vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |